Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari
Download 313.75 Kb.
|
Matematika Dts
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 natural, butun va ratsional sonlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi; foizlar, proporsiyalar va kasrlarga oid sodda amaliy masalalarni yecha oladi; ifodalarning yig‘indisi, ko‘paytmasi, butun ko‘rsatkichli darajalar, sodda radikallar, sodda trigonometrik ifodalarni o‘z ichiga olgan formulalar bo‘yicha aniq va taqribiy arifmetik hisob-kitoblar hamda ayniy almashtirishlarni bajarib, amalda qo‘llay oladi; sodda ketma-ketliklar (jumladan, arifmetik va geometrik progressiyalar) va funksiyalarni taniy oladi hamda tahlil qila oladi; tekislikda figuralarning xossalari, geometrik almashtirishlar, vektor va koordinatalar usullaridan foydalanib, masalalarni yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi; sodda fazoviy jismlarni va ularning tarkibiy qismlarini tasavvur qiladi, sharhlay oladi, sirtlarining yuzalari va hajmlarini tayyor formulalardan foydalanib hisoblay oladi; sodda kombinatorik masalalarni yecha oladi; amaliy vaziyatlarda hodisalarning ro‘y berish-bermaslik imkoniyatlarini hisoblay oladi va baholay oladi. A2+ sonlarning bo‘linish munosabatiga, Dirixle va matematik induksiya prinsiplariga, juft-toqlikka oid nostandart masalalarni yecha oladi; ayniyatlarga, ko‘phadlarga, tenglamalar va tengsizliklarga oid nostandart masalalarni yecha oladi; uchburchaklar haqidagi klassik teoremalardan va murakkab bo‘lmagan yassi figuralar xossalaridan foydalanib, geometrik masalalarni yecha oladi; graflarga, to‘plamlar, obyektlarning takrorsiz kombinatsiyalariga oid masalalarni yecha oladi; sodda amaliy vaziyatlarda ro‘y beradigan hodisalarning ehtimolliklarini topa oladi, ro‘y berish-bermaslik imkoniyatlari bo‘yicha taqqoslay oladi; turli manbalardan ma’lumotlarni izlab topadi, dastlabki ishlov bera oladi; bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi. Download 313.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling