Давлат таълим стандартлари тўҒрисида
Davlat talim standartlarini ishlab chiqishga
Download 188 Kb.
|
Davlat ta\'lim standarti. O\'quv fan blolklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Davlat talim standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish tartibi.
5. Davlat talim standartlarini ishlab chiqishga qoyiladigan talablar
Quyidagilar DTS ishlab chiqishga qoyiladigan asosiy talablar hisoblanadi: 1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturlari maqsadlari, vazifalari va qoidalari sozsiz amalga oshirilishiga qaratilganlik; 2. Talim va kasb-hunar dasturlarida milliy mustaqillik, demokratiya, boy milliy madaniy ananalar, xalqning intellektual imkoniyatlari va umuminsoniy qadriyatlar tamoyillarini hisobga olish; 3.. Talim oluvchilarda chuqur bilim, mustaqil fikrlash, yuksak kasbiy malaka shakllanishini taminlash; 4. Xalqaro tajriba, texnika, texnologiyalar, fan rivojlanishi darajasi, kadrlar tayyorlashga nisbatan amaliyot tomonidan qoyiladigan talablarni hisobga olgan holda talim standartlarining ilmiy asoslanishi; 5. Talim turlari va bosqichlari boyicha standartlarning kelishilganligi va izchilligi, shaxsning har tomonlama rivojlanishini hisobga olgan holda, ularning mujassamlanishini taminlash; 6. Oquv yuklamasi maqbulligiga qaratilganlik, talim oluvchilarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga bogliq ravishda talimning tabaqalashtirish imkoniyatlarini hisobga olish; 7. Talim oluvchilar va bitiruvchilarni tayyorlash, talim faoliyatining sifatini baholash mezonlari va tartibotini belgilash; 8. Standartning texnologikligi-uning bajarilishini nazorat qilish va uning meyorlari va talablari buzilishining oldini olish imkoniyati ; 9. Standartlarga tajribada tekshiruvdan otgan talim faoliyatining ilgor meyorlarni kiritish; 10. Davlat talim standartlari Ozbekiston Respublikasi davlat standartlash tizimi qoidalari talablarini qoniqtirishi kerak. 6. Davlat talim standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish tartibi. 1. DTS ni ishlab chiqish tanlov shartlarida yoki talim boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan elon qilingan innovatsiya loyihalari asosida amalga oshirilishini ; 2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasi DTS loyihasi ekspertiza qilinishini va eksperimental tekshirishni otkazishni tashkil etadi, ularning natijalari boyicha xulosani rasmiylashtiradi; 3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasining xulosasi asosida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi; 4. DTS ular tasdiqlangan sanadan boshlab amalga kiritiladi va talim boshqaruvi vakolatli organlari va talim muassasalari ijro etishi uchun qabul qilinadi; 5. Tasdiqlangan DTSga muvofiq, talim muassasalariga ega bolgan vazirliklar va idoralar talim va kasb-hunar dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalda ozlashtirilishini royobga chiqaradi; 6. Talim oluvchilarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga bogliq ravishda oquv uyushmasini tabaqalashtirish, DTS tomonidan belgilangan meyorlardan ortiqcha talim mazmunini belgilash, talim boshqaruvchi vakolatli organlari va ijro etuvchi mahalliy organlarining vakolatiga kiradi; DTSga ozgartirishlar kiritish respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muvofiq talim darajasi va kadrlar tayyorlashga nisbatan qoyiladi va talablar ozgarishi davomida DTSni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Orta-maxsus, kasb-hunar talimini standartlashtirish tamoyillari OMKXT standartlarini ishlab chiqishda quyidagilarni taminlash zarur: talimning uzluksizligi va uzviyligi; mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi, fan-texnika va texnologiyalarning istiqbolli rivojlanishi, jamiyat talablari va ularning zamonaviy holatini hisobga olish; talim, fan va ishlab chiqarishning mujassamligi; matnlar bayonining aniqligi va yagona qiymatliligi; fan, texnika hamda texnologiyaning zamonaviy yutuqlariga, respublikadagi va chet ellardagi ilgor tajribalarga mos kelishi; OMKXT maqsad va vazifalarining amalga oshirilishi. Standartlashtirish - Mavjud yoki bolajak masalalarga nisbatan umumiy va kop marta foydalaniladigan qoidalarni belgilash orqali malum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yonaltirilgan faoliyat ; STANDART - konsensus asosida ishlab chiqilgan va faoliyatning har xil turlariga yoki ularning natijalariga tegishli bolgan umumiy va takror foydalaniladigan qoidalar, umumiy prinsiplar yoki tavsiflari belgilangan va malum sohada eng maqbul darajali tartiblashtirishga yonaltirilgan, tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan hujjat ; Kasb-hunar talimi standarti - meyoriy hujjat bolib, tegishli malakadagi mutaxassislar tayyorlash sifatini, kasbiy va umumtalim tayyorgarlik darajalarini ketma-ketlikda amalga oshirishning talablari, qoidalari va tamoyillarini ornatadi. Kasb-hunar talimi standartlarini ishlab chiqishda quyidagi ekspertlar ishtirok etishi zarur : OMKXT instituti ilmiy xodimlari; OMKXT oquv muassasalari oqituvchilari; Ish beruvchilar vakillari, ishlab chiqarish (ijtimoiy hamkorlar); OMKXT tarmoq standarti quyidagi komponentlardan tashkil topadi: 1) Qollanish sohasi. 2) Meyoriy ilovalar. 3) Tariflar. 4) Standartning maqsad va vazifalari. 5) Kasbiy tavsifnoma. 6) Kasbiy tayyorgarlik mazmunining majburiy minimumi. 7) Namunali oquv rejasi. 8) Standart talablarining bajarilishini nazorat qilish. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 sentyabr № 400-sonli qarori Download 188 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling