Demokratiya haqida tushuncha


Download 28.4 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi28.4 Kb.
#149643
Bog'liq
AQSH demokratik tizimi


AMERIKADA DEMOKRATIK TIZIM

REJA:

  1. DEMOKRATIYA HAQIDA TUSHUNCHA

  2. AQSHDA DAVLAT TUZUMI

  3. AMERIKADA DEMOKRATIK PARTIYA


DEMOKRATIYA HAQIDA TUSHUNCHA

Demokratiya („xalq hokimiyati“) — barcha insonlar tenglik asosida va jamoaviy holatda qaror qabul qilish orqali jamiyatni boshqaradigan boshqaruv tuzumi. Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda oʻrnatilgan va yuzaga chiqarilgan boʻladi. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Shuningdek, demokratiya markaziy va mahalliy vakillik muassasalari, saylash va saylanish, qonuniylik tamoyillarini, turli partiyalar, jamoat tashkilotlarining amal qilishini taqozo etadi.

Demokratiyaning mohiyatini ochib berish uchun buyuklar quyidagi fiklarni ilgari surganlar.



Ronald Reygan: “Demokratiya qurbon bo’lishga arziydi. Chunki u insonni sharaflaydigan davlat tuzumidir”

Uinston Cherchil: “Demokratiya davlat boshqaruvining eng yomon shaklidir, biroq insoniyat shu vaqtga qadar undan yaxshirog’ini yarata olgani yo’q”

Demokratiyaning tarixiga nazar tashlasak, uning ildizlari Qadimgi Yunonistonga borib taqaladi. Qadimgi Yunonistonda  «demokratiya»  atamasi  teng  huquqli  fuqarolar yig`ini,  fuqarolarning  asosiy  qismi  ma`nolarida  qo`llanilgan. 

Miloddan  avvalgi  V-IV asrlarda bu g`oya Afinada o`z mumtoz shakliga ega bo`lgan. V asrning boshidan beri,  ya`ni  davlat  lavozimlarini  egallash  uchun  mulkiy  cheklanishlar  bartaraf etilgandan so`ng afinalik barcha fuqarolar qonunlarni muhokama qilish, ularga ovoz berish va hamjamiyat siyosatni ishlab chiqish jarayonida shaxsan ishtirok etish  huquqidan  foydalanganlar.  Shuningdek,  ular  rotatsiya (almashinuv) tamoyili  asosida egallanadigan  lavozimlar,  sud  va  ma`muriy  qo`mitaga  a`zolik,  boshqaruvda qatnashish  huquqidan  ham  foydalanganlar.  Shu  paytdan  beri  ushbu  misol demokratlar  uchun  ilhom  manbai  va  tayanch  nuqtasi  hisoblanadi.

Bugungi kunga qadar demokratik boshqaruv haqida turli-tuman nazariya va yondashuvlar shakllangan. XVIII-asrdan  boshlab  AQSh  va  Yevropada  “demokratiya” keng quloch  yozganligi  tufayli, amerikalik ma`rifatparvar, davlat arbobi bo`lgan Benjamin Franklin demokratiyani  «chiqib  kelayotgan  quyosh»  deb  ta`riflagan  edi. Demokratiya tushunchasi turli davrlarda turli joylarda turli odamlar uchun o’zlarining manfaatlariga mos ravishda turli ma`nolarni anglatgan. Amerikaparastlar “adolatli boshqaruv” sifatida, Adolf Gitler kabi totalitar tuzum vakillari esa “ahmoqlar ishi” sifatida e’tirof etganlar. Rossiya  olimlari  V.P.Pugachov,  A.I.Solovevlar  bo’lsa  demokratiyani rahbarlikka  imkoniyatlari  bor  fuqarolarning  raqobatchilik  asosida  saylovchilar ishonchlarini qozonish orqali boshqarish uslubi deb ta`riflaydilar.



AQSHDA DAVLAT TUZUMI

AQSh – federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1787-yilda qabul qilingan.

Davlat va hukumat boshligʻi, qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni – prezident, uning vakolatlari juda katta. Vitse-prezident bilan birga bavosita, ikki bosqichli saylov yoʻli bilan (saylovchilar hayʼati orqali) 4 yil muddatga saylanadi.

Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va vakillar palatasidan iborat ikki palatali kongress amalga oshiradi. Senatda 100 senator bor (ular 6 yil muddatga, har shtatdan 2 tadan saylanadi va 1/3 qismi har 2 yilda yangilab turiladi). Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yilga saylanadi. Ijrochi hokimiyat organi – AQSh hukumati prezident tomonidan senatning roziligi bilan tayinlanadi; 13 vazirdan iborat boʻladi. Hukumat kongress oldida masʼul emas. Har bir shtatning oʻz konstitutsiyasi bor. Shtatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis, ijrochi hokimiyatni esa gubernator amalga oshiradi.

AQSh davlatining konstitutsiyaviy tizimiga uch siyosiy-huquqiy qoida asos qilib olingan, bu qoidalar – hokimiyatning boʻlinishi, federalizm va sudning konstitutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning boʻlinish qoidasi davlat hokimiyatining uch tarmogʻi – qonun chiqaruvchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqilligini va ular oʻrtasida vazifalarning chegaralab qoʻyilishini nazarda tutadi.



AQSHDA DEMOKRATIK PARTIYA

Demokratik partiya-Respublikachi partiya bilan birgalikda AQSHdagi ikkita eng zamonaviy siyosiy partiyalardan biri.

Amerikaning 15 ta prezidenti shu partiya a’zolari bo’lgan.

Uning norasmiy ramzi bu xo’tik (to'siqlarni yengib o'tish va chidamlilik ramzi), norasmiy rang ko'kdir. 1870-yilda xo’tik surati karikaturachi Tomas Nast tomonidan Harper's Weekly jurnalida foydalanilgan va shu tariqa demokratlar ramziga aylangan.

Demokratik partiyaga 1828-yilda asos solingan (1792-1824 yillarda faoliyat yuritgan Demokrat-respublikachilar partiyalari fraksiyalarining birlashuvi ostida). Bugungi kunda 43 milliondan ziyod a’zosi bor. AQSh Senatida 100 a’zodan 45 tasi, Kongress Vakillar Palatasining 435 a’zosidan 188 tasi, 50 ta gubernatordan 18 tasi demokrat.



Partiyaning asoschilari:

Thomas Jefferson — AQSHning 3-prezidenti (1801—1809); davlat kotibi (1790-1793), Vitse Prezident (1797—1801), Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun boʻlgan urushlar davrida demokratik yoʻnalish mafkurachisi. AQSh Mustaqillik deklaratsiyasi loyihasi muallifi.

Andrew Jackson — 1828-yili John Adamsning prezidentlik vakolati tugaganidan soʻng, Jekson takroran prezidentlik nomzodlari qatoriga qoʻshiladi va 1829-yilda AQSHning 7-prezidenti etilib saylangan. Uning prezidentlik davrida Demokratlar Partiyasiga asos solingan.

Martin van Byuren — 8-prezident bo‘lib 1837-1841 yillarda AQShga rahbarlik qilgan. Martin van Byuren esa, Amerikaning ona tili inglizcha bo‘lmagan yagona prezidentidir. Van Byuren hollandlar oilasi vakili bo‘lib, uyida doim hollandcha so‘zlashgan.

1828-1860 yillarda Demokratlar AQSh siyosiy sahnasida hukmronlik qilishdi, ba'zan hokimyat Vigslar qo’liga o’tgan.

Demokratlar kuchli ijtimoiy muhofaza va ijtimoiy dasturlar, davlatning iqtisodiyotdagi ustuvor roli, liberal g’oyalar, boylarga soliqlarni ko’tarish, universal tibbiy sug’urta, mudofaa uchun xarajatlarni qisqartirish, ayni jins vakillari o’rtasida nikoh, qurol nazoratini kuchaytirish, noqonuniy immigrantlarga fuqarolik uchun yo’l ochish, minimal ish haqini oshirish tarafdori, tashqi siyosatda inson huquqlariga alohida e’tibor beradi.

Partiya dastlab qullikni saqlab qolish tarafdori edi. uning elektorati janubning qishloq aholisi, plantatsionistlar, qullar, katoliklar, muhojirlar, nufuzli klanlar va janubiy shtatlar aholisi bo’lgan. Bunga misollar: Jeyms Polk, Franklin Pirs, Jefferson Devis, Amerika Konfederativ Shtatlari Prezidenti, 1861-1865 yillardagi “Fuqarolar Urushida AQSHga qarshi bo’lganlar.

20-asrda Demokratik partiya ikkinchi qadamni bosdi va bu davrda Vudro Vilson, Franklin Ruzvelt va Jon Kennedi kabi atoqli prezidentlarni berdi.

2006-yil AQSH Kongressi navbatdan tashqari tanlovidan boshlab, Demokratlar Respublikachilar Kongressida, Vakillar palatasida va AQSH Senatida ham uzoq vaqt hokimlik qilganiga qaramay, 2012-yilgi saylovgacha hokimyatini o’z qo’llarida saqlab qoldilar.

1960-yillar demokratlar uchun qiyin davr bo’ldi, xarizmatik rahbarlarini yo'qotdi. 1963-yil noyabrda, 1960-yilgi saylovlarda g'alaba qozongan va irqiy kamsitishlarni yo'q qilish va SSSR bilan munosabatlarni yaxshilash uchun ko'p ishlarni amalga oshira olgan AQSHning mashxur prezidenti Jon Kennedi o’ldirildi.

Uning o'rniga kelgan Lindon Jonson u kabi mashhurlikka ega emas edi. AQSHning Vetnamga bostirib kirishi ham uning mashhurligini oshirmadi. 1968-yil iyun oyida marhum prezident Kennedining ukasi Robert Kennedi o'ldirilishi, Lindon Jonson siyosatiga oppozitsiyani olib keldi. Kennedining ikkinchi akasining o'ldirilishi ziddiyatli Demokratik partiyani yanada kuchsizlantirdi. 1968-yilgi saylovda Respublakichilarga yutqazdi.

1976-yilda demokrat Jimmi Karter prezident bo'ldi, ammo uning siyosati aholi orasida unchalik mashhur bo’lmadi. Bundan tashqari, 1980-yilda unga Jon va Robert Kennedining akasi - Edvard boshchiligida, bir partiyaning a'zolari qarshi bo'lgan. Karter partiya ichidagi boshlang'ich g'alabasiga qaramay, prezidentlik saylovlarida respublikachi Ronald Reyganga yutqazdi.



2006-yildagi saylovlar Demokratik partiyaning 1994-yilda Vakillar palatasidagi yo’qotishni tikladi. Bundan tashqari, demokratlar 50 shtat gubernatorligidan 28 nafar partiya vakiliga ega bo'ladi. 2008 yilgi saylovda Demokratik nomzod Barak Obama AQSH prezidenti etib saylandi.

ADABIYOTLAR

  1. Juraev S. “Demokratiya deganda nimani tushunamiz?”. T. “O’qituvchi” 1999. 5-bet

  2. Richard Bellamy va Dario Kastiglione (2013): “Three models of democracy, political community and representation in the EU”

  3. Juraev S. “Demokratiya deganda nimani tushunamiz?”. T. “O’qituvchi” 1999. 9-bet

  4. Robert Dal`. “О демократии.”(Demokratiya haqida)  Moskva. 2000. 9-bet.

Download 28.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling