Davlat test markazi repetitsion test topshiruvchilar uchun test topshiriqlari


Download 340.79 Kb.
bet4/4
Sana08.02.2023
Hajmi340.79 Kb.
#1168880
1   2   3   4
Bog'liq
DTM-5 Blok

Ichki sekretsiya
bezi

Gormon

Funksiyasi

1

Qalqonoldi bezi

Parat- gormon

Kalsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi

2

Buyrak usti
bezining po‘stloq qavati

Androgen

Erkaklarda jinsiy bezlar funksiyasini kuchaytiradi

3

Qalqonsimon bez

Tiroksin

Reabsorbsiyani kuchaytiradi

4

Ayrisimon bez

Timozin

Bolalarda jinsiy bezlar funksiyasini susaytiradi

5

Gipofizning orqa

Anti-

Reabsorbsiyani




bo‘lagi

diuretik

pasaytiradi

6

Epifiz

Melatonin

Pigment almashinuvini boshqaradi

A) 1, 4, 6 B) 3, 4, 6


C) 4, 5, 6 D) 1, 2, 5

51. Qaysi javobda ildizdagi kurtaklardan yangi novdalar hosil qilib ko‘payadigan o‘simliklar keltirilgan?


A)qoraqat, terak, jiyda, ituzum B)lola, nargis, gladiolus, g‘umay
C) shirinmiya, yantoq, olvoli, na’matak
D)g‘umay, ajriq, salomalaykum, funariya

52. Odamda retsessiv irsiy kasallik – o‘roqsimon anemiya uchraydi. Gemoglobin molekulasida aminokislotalardan birining o‘rin almashib qolishi eritrotsit shaklining o‘zgarishiga olib keladi. Shu bilan bir vaqtda yurak-qon tomir, nerv, ovqat hazm qilish, ayirish sistemalarida chuqur o‘zgarishlar yuzaga chiqadi. Mazkur kasallik bo‘yicha gomozigota organizm bolalikda nobud bo‘ladi.


Yuqorida qanday jarayon ifodalangan?
A)dizruptiv tanlanish B)harakatlantiruvchi tanlanish C)stabillashtiruvchi tanlanish D)turlararo kurash

53. G‘o‘zaga abiotik (I) va biotik (II) omillarning ta’siri to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang.


1) vertitsill ta’sirida bargning to‘kilishi;
2) serhosil AN-402 navining yaratilishi;
3) fotosintez jarayonining amalga oshishi;
4) yorug‘lik yetishmaganda xlorofillning yemirilishi;
5) uchki kurtak olib tashlanganda hosil shoxlarining ko‘payishi;
6) changlatuvchi hasharotlar ta’sirida hosilning ko‘payishi.
A) I - 3, 4; II - 1, 6
B) I - 1, 4; II - 2, 5
C) I - 3, 5; II - 2, 6
D) I - 2, 5; II - 3, 4

54. Qaysi javobda aminokislotalarning o‘zaro peptid bog‘ orqali birikishidan hosil bo‘lgan moddalar ko‘rsatilgan?


1) transpozon; 2) DNK polimeraza; 3) interferon; 4) pBR 322;
5) revertaza; 6) EcoRI; 7) t-RNK
A) 2, 3, 4 B) 3, 5, 7
C) 1, 4, 7 D) 2, 5, 6
55. Quyidagi hayvonlarning yurak faoliyatiga tegishli ma’lumotlar to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang. a) jirafa; b) ko‘k kaptar
A)a − o‘ng bo‘lmachadagi qonda kislorodning konsentratsiyasi karbonat angidridga nisbatan past bo‘ladi; b − chap qorinchadagi qonda karbonat angidridning konsentratsiyasi kislorodga nisbatan past bo‘ladi
B)a − chap bo‘lmachadagi qonda kislorodning konsentratsiyasi karbonat angidridga nisbatan past bo‘ladi; b − o‘ng qorinchadagi qonda karbonat angidridning konsentratsiyasi kislorodga nisbatan past bo‘ladi
C)a − o‘ng bo‘lmachadagi qonda kislorodning konsentratsiyasi karbonat angidridga nisbatan past bo‘ladi; b − o‘ng qorinchadagi qonda karbonat angidridning konsentratsiyasi kislorodga nisbatan past bo‘ladi
D)a − chap bo‘lmachadagi qonda kislorodning konsentratsiyasi karbonat angidridga nisbatan past bo‘ladi; b − chap qorinchadagi qonda karbonat angidridning konsentratsiyasi kislorodga nisbatan past bo‘ladi

56. Gidrosfera tarkibiga kiruvchi hayvonlar ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


1) lansetnik; 2) nereida;
3) ko‘rsichqon; 4) beluga;
5) yumronqoziq; 6) kasatka;
7) zaxkash
A) 4, 6 B) 4, 5 C) 2, 7 D) 1, 3

57. Olimlarning biologiya fanining rivojiga qo‘shgan hissalari va aniqlagan kashfiyotlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


1) N.Jinder - transduksiya jarayoni; 2) K.Ber -odam oliy nerv faoliyatining tiplari; 3) E.Gekkel - xromosoma nazariyasi; 4) Boyer -sun’iy ravishda rekombinant DNK olish
A) 1, 2 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 1, 4

58. DNK fragmentining birinchi zanjiridagi T nukleotidlari soni ikkinchi zanjirdagi C nukleotidlari soniga teng, lekin ikkinchi zanjirdagi G nukleotidlari sonidan esa 2 marta kam. Ikkinchi zanjirdagi T nukleotidlari soni birinchi zanjirdagi T nukleotidlari sonidan 3 taga ko‘p. Agar ushbu DNK tarkibida 396 ta vodorod bog‘lari mavjud bo‘lsa, shu DNK asosida sintezlangan polipeptid zanjiri tarkibidagi aminokislotalarlar sonini aniqlang.


A) 51 B) 153 C) 100 D) 50

59. Erkakning otasi gemofiliya bilan kasal, onasining ajdodlarida esa gemofiliya uchramagan. Shu erkak somatik hujayrasining mitoz sikli G1 davrida H (I), h (II) allellari sonini aniqlang.


A) I-1; II-0
B) I-0; II-2
C) I-0; II-1
D) I-2; II-0

60. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang.


1) tug‘ma rang ajratolmaslik faqat erkakalarda uchraydi;
2) ko‘rish markazining faqat kolbasimon hujayralardan iborat o‘rta qismi aniq ko‘rish markazi deyiladi;
3) kamalak parda o‘rtasidagi teshik qorachiq deyiladi;
4) qorachiq va gavhar oralig‘ida shaffof shishasimon tana joylashgan.
A) 2, 3 B) 1, 4 C) 2, 4 D) 1, 3



KIMYO
61. Quyidagi reaksiyalar zanjiridagi X1 va X4 moddalar tarkibida vodorod atomlarining mavjudligi, shuningdek X2 modda uglevodorod ekanligi ma’lum bo‘lsa, X2 va X3 moddalarning nisbiy molekular massalari yig‘indisini aniqlang.
C6H12O6 X1 X2 X3 X4
A)127
B)102
C)137
D)74

62. Qaysi moddalar bir-biri bilan ta’sirlashib faqat o‘rta tuz eritmasini hosil qiladi?


A)litiy oksidi va bromit kislota B)kalsiy oksidi va arsenat kislota
C) seziy oksidi va sulfit kislota D) bariy oksidi va pirofosfat kislota
63. 0,3 mol uglevod yonganda hosil bo‘lgan mahsulotlarning miqdori grafikda tasvirlangan. Dastlabki uglevodni toping.

A)riboza B)glukoza C)saxaroza D)fruktoza

64. Metilamin yetarli miqdordagi kislorodda yondirildi. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan suv bug‘lari kondensatlangach, qolgan gazlar aralashmasidagi CO2 ning mol ulushini aniqlang.


A)4/5
B)2/3
C)8/9
D)6/7

65. X ◦C da to‘yingan MeSO4 tuzining 0,32 kg eritmasi Y ◦C gacha qizdirildi. Hosil bo‘lgan eritmani to‘yintirish uchun 15/19 mol tuz qo‘shildi. Noma’lum tuzni aniqlang (S(X ◦C)=60; S(Y ◦C)=120).


A)FeSO4 B)ZnSO4 C)MgSO4 D)CuSO4

66. Siklopropan yonganda sarflangan kislorodning hajmi hosil bo‘lgan karbonat angidridning hajmidan necha marta katta?


A)1
B)2
C)3
D)1,5

67. Aluminiy va temirdan iborat aralashmaning 0,3 moli mo‘l miqdordagi xlorid kislotada to‘liq eritilishi natijasida 8,96 litr (n.sh.) gaz ajralgan bo‘lsa, dastlabki aralashma massasini (g) aniqlang.


A)11
B)13,9
C)12,5
D)13

68. Quyidagi tajribada qanday kimyoviy reaksiya turi aks ettirilgan?



A)birikish B)almashinish C)parchalanish D)o‘rin olish

69. Metilsiklopropan va izobutendan iborat 8 l (n.sh.) aralashma hamda mo‘l miqdorda olingan kislorod reaksiyasidan hosil bo‘lgan suv bug‘lari kondensatlandi. Qolgan gazlar aralashmasi 44 l (n.sh.) hajmini tashkil etsa, reaksiya uchun olingan kislorodning hajmini (l, n.sh.) toping.


A)32
B)12
C)60
D)30

70. Etanol (H+ ishtirokida) degidratlanganda hosil bo‘lgan aralashma kaliy permanganat ta’sirida neytral muhitda oksidlandi. Bunda 0,4 mol amfoter oksid hosil bo‘ldi. Degidratlanishdan olingan oddiy efir konsentrlangan yodid kislota ta’sirida 9,2 g spirt hosil qilsa, dastlabki etanol massasini (g) aniqlang.


A)23
B)0,2
C)46
D)69

71. 1 litr azot (II)-oksid va 5 litr havo aralashtirildi. Azot (II)-oksid azot (IV)-oksidga to‘liq aylangandan keyin azot (IV)-oksid, kislorod va azot gazlarining hajmlarini (litr) mos ravishda toping. Havo tarkibida azot va kislorod 4:1 mol nisbatda bo‘lgan deb hisoblang. (Hajmlar bir xil sharoitda o‘lchangan.)


A)1; 0,5; 4
B)1; 1; 4
C) 1,5; 0,5; 4
D)1; 1,5; 3

72. Karbamid formulasini aniqlang.


A)Al4C3
B)CO(NH2)2
C)K2CO3
D)CS2

73. 1) C + H2SO4 → CO2 + SO2 + A


2) As2S3 + HNO3 → H3AsO4 + SO2 + NO2 + A
Ushbu reaksiyalarda oltingugurt (IV) oksidlaridan 22,4 litrdan (n.sh.) hosil bo‘lgan bo‘lsa, oksidlovchilar massalarining (g) farqini toping.
A)182
B)280
C)364
D)560

74. Teng miqdorda (mol) olingan etilenglikol va glitserin tarkibidagi uglerod atomlari sonlari nisbatini toping.


A)4:1
B)3:1
C)2:3
D)1:1

75. 0,01 mol noma’lum alken to‘liq yondirildi. Ajralgan gaz 0,2 kg 0,74 % li kalsiy gidroksid eritmasiga yuttirildi. Bunda 1 g cho‘kma ajraldi. Alkenni aniqlang.


A)propen B)penten C)buten D)eten

76. Quyidagi qator bo‘yicha moddalarning bog‘ qutbliligi qanday o‘zgaradi? a) kamayadi; b) ortadi.


HBr HI HF 3 HCl
A)1 - b; 2 - a; 3 - b B)1 - a; 2 - b; 3 - a
C)1 - b; 2 - b; 3 - a D)1 - a; 2 - a; 3 – b
77. Oltingugurt bug‘ining vodorodga nisbatan zichligi 128 ga teng bo‘lsa, uning formulasini toping.
A)S8
B)S4
C)S2
D)S6

78. X(g) ↔ Y(g) + Z(g) reaksiya tenglamasi bo‘yicha muvozanat holatidagi X moddaning konsentratsiyasi 4 mol/l bo‘lsa, X moddaning dastlabki konsentratsiyasini (mol/l) aniqlang. (KM=4)


A)10
B)6
C)8
D)5

79. NaCl ning 10 ◦C dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 40 ga teng. Shu temperaturada 300 g suvga necha gramm NaCl qo‘shilsa, to‘yingan eritma hosil bo‘ladi?


A)150
B)40
C)120
D)90

80. Quyidagi reaksiyalar asosida dixloralkan molekulasidagi atomlar sonini aniqlang.


X + H2O A
dixloralkan + suv → A + HCl
A + H2 → CH3CH(OH)CH3
A)5
B)14
C)8
D)11

81. Sn2+ ionining elektron konfiguratsiyasini aniqlang?


A)5s25p4 B)4d105s2
C)4d105s25p2 D)5s1

82. 68 g vodorod sulfid va 17 g fosfindan iborat aralashmaning miqdorini (mol) aniqlang.


A)3,5
B)2,5
C)4
D)2

83. Ammoniy gidropirofosfat tuzining ekvivalentini aniqlang.


A)229/3
B)229/2
C)229/5
D)229/6

84. Tarkibida 40 % NaOH bo‘lgan eritmaga 0,1 kg suv qo‘shilganda eritma konsentratsiyasi 10 % ga kamaydi.Boshlang‘ich eritmadagi suv massasini (g) aniqlang.


A)360
B)180
C)220
D)280

85. Qishloq xo‘jaligida zootsidlar qanday maqsadda ishlatiladi?


A)begona o‘tlarga qarshi B)zararli hashoratlarga qarshi
C)zararli kemiruvchilarga qarshi D)kasallik tarqatuvchi zamburug‘larga qarshi

86. Eritmadagi kalsiy ionlarini fosfat tarzida to‘liq cho‘ktirish uchun kalsiy xlorid natriy fosfat tuzidan 1 g ko‘p sarflangan bo‘lsa, sarflangan natriy fosfat miqdorini (mol) aniqlang.


A)0,8
B)0,4
C)0,3
D)0,2

87. 0,2 mol natriy fosfat tutgan eritmadagi natriy ionlarining konsentratsiyasi 1,2 mol/l bo‘lsa, eritma hajmini (l) aniqlang ( =0,8).


A)0,2
B)0,4
C)0,5
D)0,1

88. Natriy gidrokarbonat namunasi qizdirilganda uning bir qismi parchalandi. Bunda 5,6 l (n.sh.) karbonat angidrid va 68,5 g suvsiz qattiq qoldiq hosil bo‘ldi. Qoldiq kerakli miqdorda olingan 20 % li xlorid kislota eritmasida eritildi. Oxirgi eritmadagi natriy xloridning massasini (g) toping.


A)29,25
B)52,65
C)14,625
D)58,5

89. Sxemaning quyi yacheykalariga mos keluvchi qiymatlar (a, b, c) to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini toping.



A)a=2; b=13; c=256 B)a=5; b=16; c=474
C)a=1; b=20; c=474 D)a=2; b=20; c=256

90. Jadvaldagi a va b cho‘kmalarning rangini toping.



A)a-sariq; b-binafsha B) a-qizil; b-oq
C) a-oq pag‘a; b-sarg‘ish D)a-pushti; b-ko‘k

Download 340.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling