Davlat test markazi repititsion test topshiruvchilar uchun savollar kitobi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5334899000006939833
KEL O’QI TALABA BO’L !!!
OMAD YOR BO’LSIN !!! TELEGRAMM MANZIL @SHAMSHOD_ILM MASKANI D) Bu yerga bugunoq yetib kelishing kerak. 20. Qaysi baytda mutlaq qofiya qo'llangan? A) Bu gulshan ichra yo’qdur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot. B) Shabistonida tug‘di bir yangi oy, Yangi oy demaki, mehri olamoroy. C) Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘, Kimi bulbuldurur so‘zda, kimi zog‘. D) Ey orazi shamsi qamarim, netti, ne bo‘ldi, Vey, tishlari duri guharim, netti, ne bo‘ldi? 21. “Ho’, ena! Aslo g’am yema! Shu o’g’illaringning menda haqi ko’p. Sening tuzingni men ko’p yeganman . Katta o’g’ling meni ko’p parvarish qilar edi. Endi shuning arvohi uchun ertaga maydonga kiraman…..” “Ravshan” dostonidagi ushbu so’zlar qaysi qahramonga tegishli? A) Tersak kal B) Jaynoq kal C) Ersak kal D) Aynoq kal 22. «Orzu chashmasi», «Quyosh maskani» kabi ajoyib dostonlar muallifi... A) Shuhrat B) Muhammad Yusuf C) E.Vohidov D) To'ra Sulaymon 23. Quyidagi mazmundagi hikmatli so’zlar qaysi asardan olingan? “Zarur vaqtda berilgan eski chopon va bo’z to’n –saxovat ; bemahal hadya qilingan zarbof chopon—yaramaslikdir”. A) “Zarbulmasal”, Gulxaniy B) “Hayrat ul-abror “, Alisher Navoiy C) “Naqliya so’zlar” , Abay D) “Mahbub ul-qulub”, Alisher Navoiy 24. Qaysi ijodkor she’rlarining birida o’zini “kuyib o’rtangan elning xoki , nazm elining cho’loki, xonning boshini olmoqqa pokidurman” deya ta’riflaydi ? A) Turdi B) Muqumiy C) Avaz O’tar D) Zavqiy 25. Bobur “ Boburnoma” asarida Alisher Navoiyning olti masnaviy kitobi borligi haqida yozib, beshtasining “Xamsa” tarkibida ekanligini aytadi. Bobur Alisher Navoiyning yana bitta masnaviysi sifatida qaysi asari nomini aytib o’tgan ? A) “Mahbub ul-qulub” B) “Hayrat ul-abror” C) “Muhokamat ul- lug’atayn” D) “Lison ut- tayr” 26. «Millatni uyg‘otish - uyg‘onganlarning vazifasi. Mana siz: ancha eslik, hushyor, ziyrak odam ko‘rinasiz. Ish bilasiz ekan. Davlatingiz bor ekan. Faqat birgina aybingiz shuki, zamon ahvolidan xabardor emassiz. Gazet o‘qimaysiz.» Jadid kattalaridan birining tilidan aytilgan millatni uyg‘otish haqidagi ushbu fikrlar qaysi asardan olingan? A) «O‘tkan kunlar» B) «Dunyoning ishlari» C) «Shum bola» D) «Kecha va kunduz» 27. “Kecha va kunduz “ romanidan olingan quyidagi parchada kim haqida so’z boryabdi? “……u kishi berib o’rganmaganlar , olib o’rganganlar .” O’rgangan ko’ngil o’rtansa qo’ymas”, —deydi. U kishini berishga o’rgatish qiyin! U kishi shuncha badavlat bo’la turib, eshikdan gadoy kirsa, qo’liga qaraydi A) Noyib to’ra B) Miryoqub C) Eshon bobo D) Akbarali mingboshi 28. Quyidagi qaysi javobda Ogahiy hayotiga oid ma’lumot keltirilgan? A) Amir Umarxon saroyida sipohilik qilgani (askar bo’lgani) haqidagi ma’lumotlar bor. Shunga qaramay u ancha kambag’allikda, nochor yashagan. B) Qashqardagi Rusiya musulmon idorasida kotib bo’lib ishlaydi. U ilmi nujum, tabobat bilan ham shug‘ullangan. C) Miroblik ishlari bilan safarda yurganda, tasodif tufayli oyog‘i qattiq shikastlanadi va hali yigit chog'idanoq to‘shakka mixlanib qoladi. D) U o’zbek adiblari orasida birinchilardan bo'lib Rossiyaning ikki yirik shaharlari Peterburg va Moskvada bo’lib kelgan. 29. Nozuklik ichra belicha yo’q tori gisuyi, O’z haddini bilib belidin o’lturur quyi. Baytda qanday she’riy san’atlar qo’llangan? A) tashbeh, tashxis, tajnis B) mubolag’a, tarse’, tazod C) mubolag’a, tashxis,husu ta’lil D) tazod, iyhom, istiora 30. Qaysi javobda Oybekning “Dilbar davr qizi” asari bilan bir xil janrdagi asari nomi berilgan? A) “Baxtigul va Sog’indiq” B) “Bolalik” C) “Mahmud Torobiy” D) “Nur qidirib” Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling