Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar. Ma’no ko’chish usullari Tayanch tushunchalar
Download 39.5 Kb.
|
REFERAT - Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar. Ma’no ko’chish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar. Ma’no ko’chish usullari Bajardi:__________________ Topshirdi:________________
Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar. Ma’no ko’chish usullari Tayanch tushunchalar. Har qaysi tilda sanoqli til bilishining turli xil biriku- vida cheksiz tushuncha va fikirni ifodalashga harak- at qilinadi. Ana shunday harakat tufayli tilda ilgari mavjud bo’lgan so’zda yangi-yangi ma’no yuklanadi Natijada bir ma’noli va ko’p ma’noli so’z hosil bo’ladi.Bir ma’nolilik va ko’p ma’nolilik.Leksema bir ma’noli va ko’p ma’noli bo’lishi mumkin. O’n, Qarshi. telefon, so’zi bir ma’noni bildirgani uchun bir ma’noli so’z deyiladi. Bir ma’noli so’z manosemantik so’z ham deb yuritiladi nutq. Jarayonida birdan ma’no bildiradigan so’z ko’p ma’noli so’z deyiladi.Masalan: kitob so’zi ko’p ma’noli so’z: 1)”Varaqdan tashkil topgan va muqovalangan,bosma yoki qo’lyozma holidagio’quv qurdi”.2)”Katta hajmli asarning qismi,bo’limi” yoki “qo’zichoq so’zi “qo’yning bolasi” va “aziz farzand” ma’nosiga ega. Tildagi so’zning ancha qismi ko’p ma’noli, chunki kishi o’zining kundalik hayotida yangi paydo bo’lgan tushunchaning har biri uchun alohida-alohida so’z qo’layveradigan bo’lsa, uning soni o’ta ko’payib ketib, xotirada saqlash mumkin bo’lmay qoladi. Natijada tildan foydalanish ham qiyinlashib, u sekin-asta yaroqsiz holga kelib qoladi. Har qaysi tilda sanoqli til birligining turli xil birikuvidan cheksiz tushuncha va fikrni ifodalashga harakat qilinadi. Ana shunday harakat tufayli tilda ilgari mavjud bo’lgan so’zga yangi-yangi ma’no yuklanadi. Natijada ko’p ma’noli so’z hosil bo’ladi. Masalan: tosh so’zi dastlab “suv ta’sir qilmaydigan qatiq oki murt holdagi tabiy jins” ma’nosiga ega bo’lgan: Yo’lda tosh yotibdi.Keyinchalik so’zdagi “qattiqlik” ma’no qirrasi faollashib, “g’am ham yemira olmaydigan “ ma’nosi vujudga kelgan.Tosh ekan boshim. Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo’llanuvchi so’z ko’p ma’noli yoki polisemantik so’z, ko’p ma’nolilik hodisasi esa polisemiya deyiladi. Polisemiya grekcha poli “ko’p”,semio “ma’no” so’zidan olingan bo’lib, ko’p ma’noli demakdir. Polisemiya monosemiya (grekcha mono “bir”, semio ma’no)ga zidlanadi. Qo’shimcha (hissiy va uslubiy) ma’no so’zni ko’p ma’noli qila olmaydi. Chunki u o’zi alohida tushunchani ifodalamaydi, balki tushunchaga qo’shimcha ma’no orttiradi. Ko’p ma’nolilikka birinchi anglatgan tushuncha va tasavvurdan tashqari boshqasini anglatish asos qilib olinadi. Ko’p ma’nolilikka birinchi anglatgan tushuncha va tasavvurdan tashqari boshqasini anglatish asos qilib olinadi. Ko’p ma’noli so’z qancha ma’noni bildirmasin, baribir o’sha predmet, hodisa, harakat, orasida aloqa umumiy belgi mavjud bo’lishi shart. Masalan: bel so’zi uch predmetni anglatadi, ammo ular orasidagi oxshashlikka asoslangan umumiy (“o’rta qism”) belgisi mavjudligi bir-biri bilan bog’lanib turadi. Solishtiramiz 1) Avazxon olmos po’latni beliga boylab, otning beliga mindi. 2) Ezilib ketadi tog’larning beli. Ko’p ma’noli so’zda ma’no qancha bo’lsa ham,u bir so’z hisoblanaveradi. Ko’chma ma’no nutq tarkibida boshqa so’z bilan bog’langanda nomoyon bo’lad, so’z nutq tarkibida chiqarilganda o’z ma’nosi qoladi. Masalan: tosh so’zi nutq qurshovidan ajratib olinsa, suv ta’sir qilmaydigan qattiq yoki mo’rt holdagi tabiy jins” ma’nosini anglatadi. Har qanday ko’p ma’noli so’z gapning ichida faqat bir ma’noni anglatadi. Chunki bunda so’zlovchi bir ma’noni nazarda tutadi va gapdagi qo’shni so’z ham boshqa ma’noni yuzaga chiqarmaydi. Bir ma’noli so’z tilda kam va ilmiy, biror soha, kasb-hunar atamasini, shuningdek, yangi paydo bo’lgan so’zni o’z ichiga oladi. Yangi so’z (neologizm) ham davr o’tishi bilan ko’p ma’noni anglatishi mumkin. Masalan: hokkiz so’zi neologizm bo’lib “kompyuter programmasini buzuvchisi” ma’nosiga ega.U ayni paytda umuman “buzg’unchi” ma’nosini ham anglatmoqda. Ko’p ma’noli so’zning ma’nosini bilish va undan nutq jarayonida o’rinli foydalanish nutqning ta’sirchan, ifodali bo’lishiga yordam beradi. So’z ma’nosi taraqqiyoti.Tildagi har qanday so’z paydo bo’lgan paytda bir ma’noni, keyinchalik esa ko’p ma’noni anglatgan ma’nosini ham bildiradi. Bunday holni hozirgi o’zbek tilidagi burchak, kecha,yutuq, bo’shlang’ich kabi, qator so’zda ham ko’rish mumkin. Shuningdek, qarindoshlik bildiruvchi ota,ona,xola, amaki kabi so’zning keng ma’noda hurmat ifodalovchi sifatida qo’llanishi ham ma’no kengayishiga misol bo’ladi. Shuningdek, atoqli otning turdosh otga o’tishi ma’no kengayshidir Amper-amper, kentgen-rentgen kabi. Davr o’tishi bilan ko’p ma’noni bildiruvchi so’zning ma’nosi kamaishi mumkin. Masalan: ichkari so’zi avval “biror narsa yoki binoning ichki qismi”ni ham “biror kishining xotin-qizi” ma’nosini ham bildirgan. Lekin hozir “bino yoki narsaning ichki qismini “ bildiradi xolos. Kiyik so’zi ilgari barcha yirtqich hayvonga nisbatan ishlatilgan bo’lsa, hozir faqat ohuni , pivo so’zi avval ichimlikning har qanday turini bildirgan bo’lsa, hozir esa faqat bir turini ifodalaydi. Turdosh otning atoqli otga ko’chishi ham ma’no torayishiga deb keladi: po’lat-P’olat, bolta-Bolta, kumush-Kumush, bahor-Bahor kabi. So’z bir necha ma’noni bildirar ekan, uning birinchi va keyinchalik anglatgan ma’nosini farqlash kerak. Shu nuqtai nazardan ma’noning ikki xili mavjud: o’z(bosh) ma’no ko’chma (hosila) ma’no. Ma’no ko’chishining nima asosda yuzaga kelishiga ko’ra 5 turi bor. 1.Metafora. 2.Metonimiya. 3.Sinekdoxa. 4.Vazifadoshlik. 5.Kinoya. Ko’chma ma’no hosil bo’lish usulari: Metafora.Metafora so’zi yunoncha bo’lib, metaphora “ko’chirish”,”ko’hirma” demakdir.Biror predmet belgi yoki harakatning boshqasiga tashqi o’xshashligi asosida ma’no ko’chishi metafora deyiladi. Bunda predmetning rangi,shakli,harakat-holati, xususiyati,o’rni va paytga munosabati jihatidan o’xshashligiga asoslanasi. Masalan: choynakning jumragi odamning burniga, dengizning quruqlikka suqulib kirgan joyi odamning qo’ltig’iga o’xshatiladi.Metafora ko’proq odam tana a’zosi nomiga (bosh, yuz,burin, og’iz,quloq, til,oyoq); kiyim qismiga (etak,yoqa); hayvon, parranda yoki hashoratning biror a’zosi nomi (qanot,dum) kabilarga o’xshatib hosil qilinadi. Otlanmoq ilgari “otga minib, biror joyga borish” ma’nosida ishlatilgan (albatta, ot mingalik tasavvur qilingan), xoh otda, xoh piyoda,xoh mashinada bo’lsin-“biror joyga jo’nash” ma’nosi tushiniladi. Bunda halokatning tashqi ox’shashliki mavjud . Narsa va hodisa orasidagi oxshash –lik quyidagich bo’lishi mumkun ; -shakliy o’xshashlik; odamning qulog’i-qozonning, gulog’i, qush ucholi –odam ucholi;- joylashish o’xshashligi; itning dumi-samalyotning dumi; qo’shni odam-qo’shni dala;-mazmunan o’xshashlik; tomdan yiqilmoq-imtihondan yiqilmoq, sovuq havo- sovuq xabar, qaynoq suv qaynoq liniya, achchiq ot-achchiq sosuq, tomdan tushmoq- mansabdan tushmoq, odam o’tirdi-fabrika o’tirdi, akkumulyatr o’tirdi. Metaforaga juda yaqin bir vosita o’xshatish bo’lib, ular yordamida shaxs-predmet bir-biriga yaqinlashtiriladi, qiyos qilinadi.Unda –dek,-day,go’yo, yang’lig’, singari,xuddi kabi o’xshatish vositasidan foydaliniladi. Bahor kelinchakdek yasanib keldi. Ulug’bek-misoli oftob. Nutq jarayonida metaforadan o’rinli foydalanganda so’zlovchining badiy-estetik qobiliyati nomoyon bo’ladi. Metonimiya.Metonimiya so’zi yunoncha metonimia -“yangi nom qo’yish” “nomni o’zgartirish”,”qayta nomlash”demakdir.Makon va zamondagi o’zaro bog’liqligi asosida bir narsa va hodisaning nomini ikkinchisiga ko’chirish- metonimiya. Metonimiyada biror predmet xususiyati yoki voqea-hodisaning nomini aytganda shunga o’zaro bog’liqligi asosida bir narsa va hodisaning nomini ikkinchisiga ko’chirish- metonimiya.Metonimiyada biror predmet xususiyati yoki voqea-hodisaning nomini aytganda shunga o’zaro bog’liq bo’lgan ikkinchisi anglatiladi. Bunda oxshashlik nazarda tutilmaydi.Boshqacha aytganda, ikkita bir-biriga bog’liq predmet,belgi, holatning birining nomi tejamkorlik natijasida tushuniladi. Masalan: Fuzuliyni oldim qo’limga. Majnun bo’lib yig’lab qichqirdi (H.Olimjon) gapida Fuzuliy va asar (Fuzuliyni kitobini bir betiga bog’liq bo’lib, tejash uchun kitob so’zi tushib qoldirilgan. Natijada Fuzuliy so’zi shaxs ma’nosini emas kitob so’ziga xos ma’noni anglatgan. Metonmiya turli ko’rinishda bo’ladi: 1) O’ringa munosabatiga ko’ra: bir stakan ichdim(suv),bir tarelka yedim(ovqat) qishloq uyquda 2) Vaqtga ko’ra:o’nga (yoshga) kirdim, yarim yillik (imtihon) topshirildi. 3) Muallif va asar orasidagi munosabatga ko’ra.Pushkini oqidim va h. Metonimiya asosidagi ko’chma ma’no-fikrni lo’nda va ta’sirchan bayon qilish vositasi. Sinekdoxa. Sinekdoxa yunoncha synecdoche so’zidan olingan bo’lib, “birga anglash” demakdir.Qism bilan butun munosabati asosida ma’no ko’chirish sinekdoxa usulidir. Sinekdoxa metonimiyaning bir ko’rinishi deb ham yuritiladi. Ammo undan farqli ravishda sinekdoxa miqdoriy tavsifga asoslanadi.Masalan:bosh,tuyoq,so’zi (ya’ni qism) orqali hayvon (ya’ni butun) tushuniladi.Yurak tirnoq so’zi (ya’ni qism)orqali odam (ya’ni butun)anglashiladi. Sinekdoxada butun orqali qism ham anglashilishi mumkin. Masalan :besh qo’l barobar emas gapida qo’l (ya’ni butun) so’zi orqali barmoq so’zining ma’nosi anglashilmoqda.Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko’rmagan (Oyb.) gapida qism (tuyoq) orqali butun (mol) ifodalanayotir. Vazifadoshlik.Narsa va hodisaorasidagi vazifaviy o’xshashlik asosida birining nomini ikkinchisiga ko’chirish. Vaziadoshlik asosida ma’no ko’chirish deyiladi. Vazifaviy ko’chirish ham o’xshashlikka asoslanadi. Bu jihatdan u metaforaga yaqin turadi. Farq shundaki, vazifaviy ko’chirishda tashqi ko’rinish o’xshashligi emas, balki vazifa o’xshashligi hisobga olinadi. Masalan, qush tanasining uchish uchun xizmat qiladigan a’zosi qant deb ataladi. O’xshash harakatni bajauvchi samalyot qismi ham shunday nomlanadi. Tugma yaktakning oldini tugib yopuvchi bog’ich nomi bo’lgan. Hozir bu vazifani bajaradigan odatda aylana tutqich ham tugma deyiladi. Vazifadoshlik asosida ma’no ko’chishi faqat ot turkumida uchraydi. Kinoya so’zni teskari ma’noda ishlatish kinoya deyiladi.Kinoyadagi so’z qo’shtirnoqa olinadi. “Bizni” “homiylardan”himoya qilg’il, Sizning “himoyangizga” qolmish intizor. Mustahkamlash uchun savollar: Qanday so’z bir ma’noli so’z? Qanday so’z bir ma’noli so’z? Ko’p ma’noli so’z ma’nosidagi umumiylikni tushuntiring? Metafora haqida gapiring va misol keltiring? Sinekdoxa haqida gapiring. Vazifadoshlik haqida gapiring va misol. Kinoya haqida gapiring va misol keltiring. Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar. Ma’no ko’chish usullari Bajardi:__________________ Topshirdi:________________ Download 39.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling