Davlat test markazi repititsion test topshiruvchilar uchun savollar kitobi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/30
Sana05.05.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1432600
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
2 5334899000006939833

KEL O’QI TALABA BO’L !!!
OMAD YOR BO’LSIN !!! 
TELEGRAMM MANZIL @SHAMSHOD_ILM MASKANI 
D) Bu yerga bugunoq yetib kelishing kerak. 
20. Qaysi baytda mutlaq qofiya qo'llangan? 
A) Bu gulshan ichra yo’qdur baqo guliga sabot, 
Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot. 
B) Shabistonida tug‘di bir yangi oy
Yangi oy demaki, mehri olamoroy. 
C) Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘, 
Kimi bulbuldurur so‘zda, kimi zog‘. 
D) Ey orazi shamsi qamarim, netti, ne bo‘ldi, 
Vey, tishlari duri guharim, netti, ne bo‘ldi?
21. “Ho’, ena! Aslo g’am yema! Shu o’g’illaringning menda 
haqi ko’p. Sening tuzingni men ko’p yeganman . Katta
o’g’ling meni ko’p parvarish qilar edi. Endi shuning
arvohi uchun ertaga maydonga kiraman…..” 
“Ravshan” dostonidagi ushbu so’zlar qaysi qahramonga 
tegishli? 
A) Tersak kal B) Jaynoq kal
C) Ersak kal D) Aynoq kal 
22«Orzu chashmasi», «Quyosh maskani» kabi ajoyib 
dostonlar muallifi... 
A) Shuhrat 
B) Muhammad Yusuf 
C) E.Vohidov 
D) To'ra Sulaymon 
23. Quyidagi mazmundagi hikmatli so’zlar qaysi asardan 
olingan? 
“Zarur vaqtda berilgan eski chopon va bo’z to’n –saxovat ;
bemahal hadya qilingan zarbof chopon—yaramaslikdir”
A) “Zarbulmasal”, Gulxaniy
B) “Hayrat ul-abror “, Alisher Navoiy
C) “Naqliya so’zlar” , Abay
D) “Mahbub ul-qulub”, Alisher Navoiy 
24. Qaysi ijodkor she’rlarining birida o’zini “kuyib 
o’rtangan elning xoki , nazm elining cho’loki, xonning 
boshini olmoqqa pokidurman” deya ta’riflaydi ? 
A) Turdi B) Muqumiy
C) Avaz O’tar D) Zavqiy 
25. Bobur “ Boburnoma” asarida Alisher Navoiyning olti 
masnaviy kitobi borligi haqida yozib, beshtasining “Xamsa” 
tarkibida ekanligini aytadi. Bobur Alisher Navoiyning yana
bitta masnaviysi sifatida qaysi asari nomini aytib o’tgan ? 
A) “Mahbub ul-qulub” 
B) “Hayrat ul-abror” 
C) “Muhokamat ul- lug’atayn”
D) “Lison ut- tayr” 
26«Millatni uyg‘otish - uyg‘onganlarning
vazifasi. Mana siz: ancha eslik, hushyor, ziyrak odam
ko‘rinasiz. Ish bilasiz ekan. Davlatingiz bor ekan. Faqat
birgina aybingiz shuki, zamon ahvolidan xabardor emassiz. 
Gazet o‘qimaysiz.» 
Jadid kattalaridan birining tilidan
aytilgan millatni uyg‘otish haqidagi
ushbu fikrlar qaysi asardan olingan? 
A) «O‘tkan kunlar» 
B) «Dunyoning ishlari» 
C) «Shum bola» 
D) «Kecha va kunduz»
27. “Kecha va kunduz “ romanidan olingan quyidagi
parchada kim haqida so’z boryabdi? 
“……u kishi berib o’rganmaganlar , olib o’rganganlar .” 
O’rgangan ko’ngil o’rtansa qo’ymas”, —deydi. U kishini 
berishga o’rgatish qiyin! U kishi shuncha badavlat bo’la 
turib, eshikdan gadoy kirsa, qo’liga qaraydi
A) Noyib to’ra B) Miryoqub
C) Eshon bobo D) Akbarali mingboshi
28. Quyidagi qaysi javobda Ogahiy hayotiga oid ma’lumot 
keltirilgan? 
A) Amir Umarxon saroyida sipohilik qilgani (askar
bo’lgani) haqidagi ma’lumotlar bor. Shunga qaramay u 
ancha kambag’allikda, nochor yashagan. 
B) Qashqardagi Rusiya musulmon idorasida kotib bo’lib 
ishlaydi. U ilmi nujum, tabobat bilan ham shug‘ullangan. 
C) Miroblik ishlari bilan safarda yurganda, tasodif tufayli 
oyog‘i qattiq shikastlanadi va hali yigit chog'idanoq
to‘shakka mixlanib qoladi. 
D) U o’zbek adiblari orasida birinchilardan bo'lib 
Rossiyaning ikki yirik shaharlari Peterburg va Moskvada
bo’lib kelgan. 
29Nozuklik ichra belicha yo’q tori gisuyi, 
O’z haddini bilib belidin o’lturur quyi
Baytda qanday she’riy san’atlar qo’llangan? 
A) tashbeh, tashxis, tajnis
B) mubolag’a, tarse’, tazod 
C) mubolag’a, tashxis,husu ta’lil
D) tazod, iyhom, istiora 
30. Qaysi javobda Oybekning “Dilbar davr qizi” asari bilan 
bir xil janrdagi asari nomi berilgan? 
A) “Baxtigul va Sog’indiq”
B) “Bolalik” 
C) “Mahmud Torobiy”
D) “Nur qidirib” 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling