5-bola: Til – qilichdan o‘tkir.
6-bola: Tiling bilan dilingni bir tut.
7-bola: Tilni bilsang, diliga yo‘l topasan.
8-bola: Til topilsa, dushman ham do‘st bo‘lar.
9-bola: Til – dil tilmochi.
10-bola: Tildan chiqqani – dildan chiqqani.
2-boshlovchi: “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligiga 21-oktabrda 26 yil to‘ladi. Davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda, o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi.
1-boshlovchi: 1-Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida: “…o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi”, - deyilgan. Darhaqiqat, ona tili – millatning ruhidir.
2-boshlovchi: Endi “Til bilganga ming tanga….” Bellashuvini o‘tkazamiz
Davraga bir bola chiqib, til haqida rus, ingliz yoki boshqa tillarda topishmoq aytadi. Topishmoq javobini bilgan bola esa o‘zbek tilidagi tarjimasini aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |