Davlat tili haqida


Download 96 Kb.
bet4/6
Sana05.01.2022
Hajmi96 Kb.
#211426
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
til bayrami 42-mtt

1-boshlovchi: “Yosh tilshunoslar” to‘garagi a’zolari ijrosida xalq qo‘shiqlari va temalaridan namunalar tinglang.

2-boshlovchi: Baxtimizga yurtimiz tinch bo‘lsin!

Tilimiz sofligi abadiy bo‘lsin!

Omon bo‘lsin el-u yurt, osmon,

Omon bo‘lsin turguncha zamon!



1-boshlovchi: Alla! O‘zbek xalqining qadim-qadimdan e’zozlanib, ardoqlanib kuylanib kelinayotgan, tarjimon talab qilmaydigan, millat, tilidan qat’iy nazar, birdek ezgulikka, yaxshilikka chorlovchi – ma’naviy malham.

2-boshlovchi: Alla sehri – orzu-umidlar, quvonch-u tashvishlar majmuasidir. Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida “…jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi”, - deya ta’kidlagan edilar.

Darhaqiqat, onalarimizning allasi har qanday toshni ham eritishga qodir. Chunki bu – dil nolasi! Chunki bu – tilning beqiyos kuchi!

Davraga milliy libosdagi qizlar yarim doira shaklida joylashadilar. O‘rtaga beshik qo‘yib, bir bola qiz beshik tebratib alla aytadi. Davradagi qizlar esa jo‘r bo‘ladilar.

Bola qizlar: Alla aytay, jonim bolam,

Orom olgin, alla.

Yurtimizning sher yigiti,

Yorug‘ yulduzi, alla…

Katta bo‘lib Vataningga

Sodiq bo‘lgin-a, alla…




Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling