Davlat tili haqidagi qonunning hayotiy ahamiyati
Download 0.54 Mb.
|
DAVLAT TILI HAQIDAGI QONUNNING HAYOTIY AHAMIYATI
DAVLAT TILI HAQIDAGI QONUNNING HAYOTIY AHAMIYATIDavlat tili — muayyan mamlakatda qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til. Odatda, koʻp millatli mamlakatlarda, mas, Hindiston, Kanada, Shveysariyada qaysi til yoki tillar rasmiy ekanligi konstitutsiyalarida belgilab qoʻyilgan. Davlatlarning koʻpchiligida rasmiy til bilan davlat tili aynan bir xildir. Faqat ayrim mamlakatlardagina rasmiy til davlat tili maqomidan farqlanadi. Mas, Shveysariyada konstitutsiyaga binoan nemis, fransuz, italyan tillari — rasmiy til; nemis, fransuz, italyan va retoroman tillari — D.t. sanaladi.Oʻzbekistonda shoʻrolar hukmronligi paytida D.t. haqida umuman gapirish ham mumkin boʻlmagan, aksincha oʻzbek tilining ijtimoiy hayotda qoʻllanilishi tobora cheklanib qolgandi. Jamiyatni qayta qurish maʼnaviy poklanishni boshlab berdi. Uning natijasi oʻlaroq "Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi qonun qabul qilindi (1989-yil 21 okt.).Bu qonun oʻzbek xalqi milliy ongining rivojlanishida, mamlakat mustaqilligi mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishida muhim rol oʻynadi. Mazkur qonun qoidalari Oʻzbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyildi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga binoan Oʻzbekistonda D.t.— oʻzbek tilidir. Qoraqalpogʻistonda bunday maqom qoraqalpoq tiliga ham berilgan. Mamlakatda yuz berayotgan real jarayonlar va imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni bosqichma bosqich amalga oshirib borish vazifasi til islohoti bilan bogʻliq masalalarga zarur tuzatishlar kiritish ehtiyojini tugʻdirdi, respublika hali sobiq Ittifoq tarkibida boʻlgan va madaniy-maʼnaviy sohada oʻziga xoslikni mustahkamlashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan D.t. haqidagi qonunning koʻpgina moddalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni taqozo etdi. Natijada 1995-yil 22 dek.da Oʻzbekiston Respublikasining D.t. haqidagi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Oʻzbek tilining Oʻzbekiston Respublikasi hududida D.t. sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu qonun va b. qonunlar bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida D.t.ni oʻrganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit yaratiladi hamda millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularning rivojlanishi taʼminlanadi. D.t.ni oʻqitish bepul amalga oshiriladi (4-modda).Mamlakatda demokratik, baynalmilal tamoyillarga rioya qilinib, har bir millat va elatning erkin rivojlanishi, ularning til mustaqilligi va tengligi taʼminlangan. Taʼlimtarbiya ishlari oʻzbek tilidan tashqari tojik, rus, qozoq, koreys, turkman, qirgʻiz tillarida ham amalga oshiriladi. Milliy markazlarning faoliyati uchun yetarli imkoniyat yaratilgan. Shaxsga millati, irqi, tili, urf-odat va anʼanalariga qarab biror imtiyoz berish yoki shu vajdan huquqlarini cheklash javobgarlikka sabab boʻladi.D.t.ga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning oʻzaro muomala, tarbiya va taʼlim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar (24-modda).Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir. Sotsializmni, millatlararo munosabatlarni takomillashtirish, xalqlarning milliy va baynalmilal o‘zligini anglashning o‘sishi milliy tillarni har tomonlama rivojlantirishni taqozo etadi. Ushbu Qonun o‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasining butun xududida (maydonida) davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslarini belgilab beradi. Qoraqalpog‘iston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi o‘z zaminida tilga oid barcha masalalarni hal qilish huquqiga egadir. O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi barcha grajdanlar, qaysi til ularning ona tili ekanligidan qat’i nazar, tengdirlar. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublikada yashovchi boshqa millat va elatlarning o‘z ona tillarini qo‘llashdan iborat konstitutsion huquqlariga monelik qilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi grajdanlarning respublika davlat tilini, SSSR xalqlari tillarini hamda chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu Qonun norasmiy muomalada, harbiy qismlarda va diniy marosimlarda qo‘llanadigan tillarga tatbiq etilmaydi. Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir. Sotsializmni, millatlararo munosabatlarni takomillashtirish, xalqlarning milliy va baynalmilal o‘zligini anglashning o‘sishi milliy tillarni har tomonlama rivojlantirishni taqozo etadi. 11-modda. O‘zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida, xalq deputatlari shahar, qishloq va qo‘rg‘on Sovetlari ijroiya komitetlarida notarial ishlar respublika davlat tilida yuritiladi. Murojaat etuvchi kishi talabiga ko‘ra, rasmiylashtirilayotgan hujjatlar matni davlat notarius tomonidan yoki notarial ishni bajarayotgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan rus tiliga yoki imkoniyat doirasida unga maqbul tilga tarjima qilib beriladi.12-modda. O‘zbekiston Respublikasida grajdanlik holatini qayd etuvchi hujjatlar hamda turli shahodatnomalar respublika davlat tilida yoziladi, millatlararo muomala tilida tarjimasi takrorlanadi.E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling