“Davlat tili haqida”gi Qonunning matni. Til haqida ma’lumot


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI Davlat tili haqida (yangi tahriri)


Download 1.6 Mb.
bet3/6
Sana16.01.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1096071
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-мавзу.Davlat tili haqida

О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI Davlat tili haqida (yangi tahriri)

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 21 dekabrdagi 168-I-sonli qarorining 2-bandiga muvofiq mazkur Qonunning 9 va 10-moddalari 2005 yilning 1 sentabridan e’tiboran kuchga kirdi


1-modda.
О‘zbekiston Respublikasining davlat tili о‘zbek tilidir.
2-modda.
О‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning о‘z ona tilini qо‘llashdan iborat konstitusiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
3-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
О‘zbek tilining О‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab beriladi.
(3-moddaning birinchi qismi О‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi О‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tilning Qoraqalpog‘iston Respublikasida amal qilishiga bog‘liq masalalar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
(3-moddaning ikkinchi qismi О‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi О‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog‘liq udumlarni ado etishda qо‘llanishini tartibga solmaydi.
Fuqarolar millatlararo muomala tilini о‘z xohishlariga kо‘ra tanlash huquqiga egadirlar.
О‘zbekiston Respublikasida davlat tilini о‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bо‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Fuqarolarga davlat tilini о‘qitish bepul amalga oshiriladi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling