“Davlat tili haqida”gi Qonunning matni. Til haqida ma’lumot


Download 1.6 Mb.
bet4/6
Sana16.01.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1096071
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-мавзу.Davlat tili haqida

5-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
О‘zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat kо‘rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa — ularning tillarida faoliyat kо‘rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish ta’minlanadi.
(5-modda О‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 3 dekabrdagi О‘RQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020 y., 03/20/653/1592-son)
6-modda.
О‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi.
О‘zbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, о‘rta maxsus va oliy ma’lumot olishni ta’minlaydi.
7-modda.
Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda о‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.
Davlat о‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis palatalari tegishli qо‘mitalarining roziligi bilan о‘zbek tiliga joriy etiladi.
(7-moddaning uchinchi qismi О‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — О‘R QHT, 2004 y., 51-son, 514-modda)
8-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
О‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi.
(8-moddaning birinchi qismi О‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi О‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son)
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling