“Davlat tili haqida”gi Qonunning matni. Til haqida ma’lumot
-modda. Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi. 17-modda
Download 1.6 Mb.
|
2-мавзу.Davlat tili haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
16-modda.
Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi. 17-modda. Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi. 18-modda. Pochta-telegraf jо‘natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga kо‘ra — boshqa tilda amalga oshiriladi. 19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlarining matnlari davlat tilida bо‘ladi. О‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qо‘shma korxonalarning, shuningdek milliy madaniyat jamiyatlari va markazlarining muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi. 20-modda. Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa kо‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin. 21-modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yо‘riqnomalar, etiketkalar bilan ta’minlanadi. Oldingi tahrirga qarang. 22-modda. Geografik obyektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi. (22-modda О‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 oktabrdagi О‘RQ-304-sonli Qonuni tahririda — О‘R QHT, 2011 y., 41-son, 449-modda) 23-modda. О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning о‘zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bо‘lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi. 24-modda. Oldingi tahrirga qarang. О‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning о‘zaro muomala, tarbiya va ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga tо‘sqinlik qiluvchi shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bо‘ladilar. Nazorat uchun savollar:
Vazifa:
Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling