Aqsh va yaponiyada xodimlarni boshqarish markazlarining rivojlanish tendensiyalari


Download 46.15 Kb.
bet1/18
Sana17.06.2023
Hajmi46.15 Kb.
#1541298
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Rivojlangan mamlakatlarda inson resurslarini boshqarish markazlarinin g rivojlanish tendentsiyalari

Mavzu: Rivojlangan mamlakatlarda inson resurslarini boshqarish markazlarining rivojlanish tendentsiyalari.


AQSH VA YAPONIYADA XODIMLARNI BOSHQARISH MARKAZLARINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI.
Reja:

  1. Xorij tajribalarida xodimlarni boshqarishning asosiy tamoyillari.

  2. AQSH va Yaponiyada xodimlarni boshqarishning asosiy tamoyillari.

3. Yirik korporatsiya misolida kadrlar xizmati faoliyatini tashkil etish.
4. Yaponiyada inson resurslarini boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari.
5. Yapon menejmenti modelining o’ziga xos xususiyatlari.
6. Yaponiyada kadrlar tayyorlash tizimining xususiyatlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



  1. Xorij tajribalarida xodimlarni boshqarishning asosiy tamoyillari.

Inson resurslarini boshqarishni boshqarish siyosati, «bozor» yondashuvi, yirik korporatsiyalar, ishchilarni rag’batlantirish, asosiy tamoyillar, yaponcha boshqaruv, ish vaqtida o’qitish, yollash va kadrlar siyosati, shuningdek, bugungi kunda barchamiz uchun dunyoning rivojlangan mamlakatlarida boshqaruvning tashkil etilishi masalalari juda katta qiziqish uyg’otishi tabiiy bir hol. Chunki, jahon bozorida raqobatbardosh va innovatsion ahamiyatga ega bo'lgan sifatli mahsulot va xizmatlarning yaratishda rivojlangan mamlakatlar va ulardagi kompaniyalarning hissasi kattadir. Bunday mahsulot va xizmatlarning yaratilishi, ularning keng iste'molchilar doirasiga kirib borishi, shuningdek o'zining tezkor va sifatli qarorlari bilan nafaqat xodimlari, balki mijozlari orasida ham yetakchi mavqe egallab borayotgan xalqaro va global kompaniyalarning rivojlanib borishiga eng muhim va bebaho hisoblangan inson kapitalining ishtiroki bilan erishilmoqda.
Inson resurslarini boshqarishning asosiy maqsadi ham inson kapitalidan samarali foydalanish, ya'ni zamonaviy boshqaruv tili bilan aytganda inson resurslarini motivatsiya qilish orqali kompaniya oldiga qo'yilgan strategik maqsadlarga erishishni ta'minlashdir. Buning uchun inson resurslari menejmenti kompaniyaga xodimlarni tanlab olish jarayonidan boshlab ularni karera tizimi bo'yicha rag’batlantirish jarayonigacha bo'lgan barcha muhim bosqichlardagi menejment vositalarini safarbar etadi.

Download 46.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling