Aqsh va yaponiyada xodimlarni boshqarish markazlarining rivojlanish tendensiyalari


Yaponiyaning umr davomida ish bilan ta'minlash tizimi ijobiy va salbiy jihatlarga ham ega


Download 46.15 Kb.
bet14/18
Sana17.06.2023
Hajmi46.15 Kb.
#1541298
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Rivojlangan mamlakatlarda inson resurslarini boshqarish markazlarinin g rivojlanish tendentsiyalari

Yaponiyaning umr davomida ish bilan ta'minlash tizimi ijobiy va salbiy jihatlarga ham ega.
Ijobiy jihati
shundaki bu tizim ishchilarning barqaror bandligini ta'minlaydi, ishchi xodimlarning qo'nimsizligini kamaytiradi, ish unumdorligini oshirishga sabab bo'ladi ijtimoiy maqsadlarga tulovlarning yuqori ulushini ta'minlaydi.
Salbiy jihatlariga ishchilarning haddan tashqari ish vaqtidan tashqari ham ish bilan band qilish, ishga qabul qilishning haddan tashqari qattiq sinovlari va talablari, xodimlarning ko'pchiligiga nisbatan nohaqlik, ya'ni ularni, tabaqalashtirish va hokazo. Tadbirkorlar bu tizimning kamchiligini doimiy ishga qabul qilingan xodimni ishdan bo'shatib bo'lmasligida ham ko'radilar. 55-60 yoshgacha ishchi xodimlarni ishdan bo'shatish mumkin emas. Bu yoshdan so'ng nafaqa yoshi boshlanadi.
Boshqaruvning tashkiliy strukturalari.
Yapon korporatsiyalarida boshqaruv strukturasi asosan chiziqli funktsional tamoyilga mos ravishda shakllantiriladi. Shu bilan birgalikda yapon boshqaruv tizimlarida turli boshqaruv darajalarida gorizontal aloqalarni ta'minlovchi organlarning roli yuqoridir. Turli pog’onadagi rahbarlar yig’ilishlari, ixtisoslashgan firmalarning komitetlari chizikli funktsional strukturalardan foydalanadilar. Kompaniyalarning eng yuqori boshqaruv pog’onasida shtabli strukturadan foydalanadilar. Yapon korporatsiyalarining ko'pchiligi maqsadli dasturli boshqaruv usulidan qo’llanadilar. Shtab xizmatlari investitsion loyihalarga mablag’lar ajratish, ilmiy tadqiqot va loyihaviy ishlanmalarni mutaxassislar ekspertizasidan o'tkazish kabi muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishda talab etiladi. Boshqaruv shtabidagi yirik mutaxassislar, ekspertlar, top menejerlar, moliyaviy tahlilchilar, marketologlar va boshkalar yirik korporatsiyalarning strategik rivojlanish yunalishlarini belgilashda konsensus usuli bilan qaror qabul qiladilar.
Yapon kompaniyalari va firmalarining barcha boshqaruv strukturalarida muhim tashkiliy element bo'lib, guruh hisoblanadi. Boshqaruv tizimida guruhlarni rag’batlantirish va ular ma'suliyati juda muhim hisoblanadi. Guruhlarning o'z ish uchastkalaridagi ma'suliyati va javobgarlik xis tuygusi mahsulot sifatini boshqarishda muhim omil bo'lib, sifatni boshqarish ikki darajada amalga oshiriladi. Birinchi darajada – firmaning umumiy sifat nazorati amalga oshirilib, unda barcha bugindagi funktsional bo'limlar va xizmat ko'rsatuvchi bo'limlarning ish faoliyati ustidan umumkorporativ sifat menejmenti olib boriladi. Ikkinchi darajada – sifat to'garaklari faoliyati orqali ishlab chiqarish muammolari, mahsulotlarni takomillashtirish bo'yicha ratsionalizatorlik takliflari va shu kabi innovatsiyalar tavsiya etiladi ishlab chiqarishga joriy etiladi.

Download 46.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling