Aqsh va yaponiyada xodimlarni boshqarish markazlarining rivojlanish tendensiyalari


Yapon menejmenti modelining o’ziga xos xususiyatlari


Download 46.15 Kb.
bet10/18
Sana17.06.2023
Hajmi46.15 Kb.
#1541298
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Rivojlangan mamlakatlarda inson resurslarini boshqarish markazlarinin g rivojlanish tendentsiyalari

5. Yapon menejmenti modelining o’ziga xos xususiyatlari.
Yaponiya menejmenti modelining o'ziga xos xususiyatlari:
Yaponiya menejmenti ham, boshqa har qanday mamlakatdagi kabi o'zining tarixiy xususiyatlari, madaniyati, jamiyat psixologiyasi va boshqa ko'plab o'ziga xos xususiyatlarni aks ettiradi. U boshqa menejment modellari singari mamlakatdagi ijtimoiy– iqtisodiy hayot tarzi bilan bevosita bog’liq. Shuni ta'kidlash joizki, boshqaruvning yaponcha usullari Yevropacha va Amerikacha usullardan ancha farqlanadi. Bunda yaponlar amerikaliklar va g’arbiy evropaliklarga qaraganda ancha samarali boshqaruv modeliga ega degan fikrdan imkon qadar uzoqqa turish kerak. Yana ham aniqroq aytadigan bo'lsak, yapon menejmenti bilan amerika va evropa menejmenti modellari o'rtasidagi asosiy farqning kuzatilishiga ularning madaniyat, tarix va ma'naviyat masalalariga o'ziga xos yondashuvlarga ega ekanliklarining natijasi sifatida qarash mumkin.
Jamoaviylik ruhini qo'llab-quvvatlashga asoslangan yapon menejmenti shaxsga ta'sir etishning deyarli barcha ahloqiy – ruhiy dastaklaridan foydalanadi. Masalan, biror-bir shaxsning o'zi faoliyat ko'rsatayotgan jamoa oldidagi qarzdorlik tuyg’usi yapon mentalitetida deyarli uyat (sharm-hayo) tuyg’usiga aynan o'xshash tushuncha sifatida qabul qilinadi. Yaponiya soliq tizimining progressiv-fiskal mexanizmi yaponlarning boylik orttirish nuqtai – nazaridan tabaqalanishini minimal darajaga kelishini ta'minlash bilan birga jamoaviylik tuyg’usidan maksimal darajada foydalanish imkoniyatini ham yuzaga keltiradi. Xo'sh, boshqaruvning yaponcha usuli evropa va amerikaning ko'pchilik mamlakatlarida foydalaniladigan menejment usullaridan nimasi bilan farq qiladi? Birinchi navbatda o'zining yo'naltirilganligi bilan: Yaponiyada boshqaruvning asosiy predmeti bo'lib mehnat resurslari hisoblanadi. Yapon boshqaruvchisining o'z oldiga qo'yadigan maqsadi, asosan ishchi-xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish hisobiga korxona samaradorligini oshirishga erishishdir. Yevropa va Amerika menejmentida esa asosiy maqsad bundan farqli o'laroq daromadni maksimallashtirishga ya'ni eng kam kuch sarflab, eng ko'p foyda olishga qaratiladi.
Menejment bo'yicha yapon mutaxassisi Xidoki Yosixara fikricha Yaponiya menejmenti modeli quyidagi 6 ta o'ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi:

Download 46.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling