Aqsh va yaponiyada xodimlarni boshqarish markazlarining rivojlanish tendensiyalari


Ishchilarni rag’batlantirishda Yaponiya modelida


Download 46.15 Kb.
bet6/18
Sana17.06.2023
Hajmi46.15 Kb.
#1541298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Rivojlangan mamlakatlarda inson resurslarini boshqarish markazlarinin g rivojlanish tendentsiyalari

Ishchilarni rag’batlantirishda Yaponiya modelida qulay moliyaviy holatlarda mukofotlar bir yilda ikki marta to'lanadi, ijtimoiy fondlardan to'lovlar va imtiyozlar beriladi. Amerika modelida esa Amerikaning yirik korparatsiyasi prezidentining daromadi Yaponiya firmasi prezidentinikidan o'rtacha uch marta ko'p bo'lsa ham ishchilarni rag’batlantirishga yaponiyadagiga nisbatan sezilarli kam e’tibor beriladi.


  1. AQSH va Yaponiyada xodimlarni boshqarishning asosiy tamoyillari.

Ishlab chiqarishni va xodimlarni boshqarish so’nggi o’n yilliklarda kasbiy faoliyatining bir shakliga, boshqaruvchi xodimlar esa, ishchi kuchining muhim bo’g’iniga aylandi. Bu ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan, kadrlar salohiyatidan to’liqroq foydalanish yo’li bilan boshqarish samaradorligini oshirish, keskin raqobat kurashi kuchaygan davrda muhim ahamiyatga egaligi bilan tushuntiriladi. Malakali ishchi kuchi bilan ta‘minlanganlik, motivatsiya darajasi, xodimlardan foydalanish samaradorligi kabilar raqobatbardoshlikning asosiy omillariga aylandi. Boshqarish va xodimlar mehnati samaradorligini oshirish kadrlarga, xususan, boshqaruvchi xodimlarga yangicha yondashishni taqozo etadi. Xodimlar bilan ishlashga yangicha yondashishning kompleks xarakteri rejalashtirish elementlaridan kengroq foydalanish, individual ish yuritish shakllaridan foydalanish bilan ifodalanadi. Korporatsiyaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining muhim sharti – xodimlar bilan ishlashga ajratiladigan mablag’larini oshirish hisoblanadi. Hozirgi vaqtda kadrlar bilan ishlash yangi shaklining nazariy asosi bo’lgan ―inson resurslari konsepsiyasi ishlab chiqilgan. U xodimlarni tanlash, uzluksiz o’qitib borish va ishchining sifatlarini, potensial imkoniyatlarini, qobiliyatlarini aniqlash va doimo rivojlantirib borishga sarflanadigan kapital qo’yilmalarni iqtisodiy maqsadga muvofiqligini e‘tirof etishga asoslanadi. Bu konsepsiyaning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:


 zamonaviy sharoitda inson omili rolini baholashda iqtisodiy mezonlardan foydalanish;
 firma doirasida boshqarish;
 xodimlar bilan ishlash tizimini qayta qurish.



  1. Download 46.15 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling