Aqsh va yaponiyada xodimlarni boshqarish markazlarining rivojlanish tendensiyalari


Download 46.15 Kb.
bet18/18
Sana17.06.2023
Hajmi46.15 Kb.
#1541298
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Rivojlangan mamlakatlarda inson resurslarini boshqarish markazlarinin g rivojlanish tendentsiyalari

Majburiy ta'lim.Ta'limning bu pog’onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’z ichiga oladi. 6 yillik boshlangich ta'lim va 3 yillik o’rta maktab 9 yillik majburiy ta'limni tashkil etadi va u bepuldir. Muhtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o’quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta'minlanadi. Zarur bo’lgan hollarda ularning oilalariga moddiy yordam ko’rsatiladi. Shu bilan birga Yaponiyada xususiy maktablar ham mavjud.
Yuqori o’rta maktab 10,11,12-sinflarni o’z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtki, kechki bo’limlari mavjud. O’quvchilarning 95 foizi kunduzgi maktablarda o’qiydi.
Yaponiyada o’quv yili -240, AQShda - 180 kun. Yozgi kanikul iyun oyining oxirida boshlanib, avgustda tugaydi. Darslar kuniga 7 soatdan o’tiladi.
Universitetlarga yuqori va o’rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni bitirgan o’quvchilar qabul qilinadi. U yerda 460 ta universitet bo’lib, 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipial, 31 tasi xususiydir. 1-toifadagi universitetlarda har bir o’qituvchiga 3 nafar, 2-toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba to’g’ri keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo’linadi: 1-bosqichi turar joyda o’tkaziladi, buning uchun eski yapon tili, matematika, fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, tarix buyicha test sinovlaridan o’tiladi.
Yaponiyada oliy ta'lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta'limi bilan uzviy bog’liqdir. Oliy ta'lim tizimi quyidagi turlarni o’z ichiga olodi:

1. To’liq tsikldagi universitetlar ( 4 yil).
2. Tezlashtirilgan universitetlar tsikli (2 yil).
3. Kasb ta'lim kollejlari .
4. Texnika institutlari.

Xulosa.

Yuqoridagilardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, rivojlangan davlatlar tizimida IRM alohida o'rin egallar ekan. Chunonchi, IRMni rivojlantirish strategiyasininig bosh masalasi - xodimlarni, kadrlar xizmati faoliyatini tashkil qilish, ulami rivojlanishi zaminida iqtisodiy ravnaq va katta daromadlami ko’zlash turur ekan. Ko'rib o'tilgan Yaponiya va AQSh davlatlarida inson resurslarni boshqarish, kadrlarni tayyorlash tizimlari o'zaro bir-birlariga o’xshash tomonlari va ayni paytda har bir mamlakatning o’ziga xos spetsifik xususiyatlari, elementlari mavjud ekan. Bizning vazifamiz bularni chuqur o’rganib, tahlil etib, ulardan respublikamizda kadrlarni tayyorlash va inson omilini rivojlantirishda o'rinli foydalana olishdir.


Quyidagilardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki rivojlangan mamlakatlarda inson resurslarini boshqarish tizimi alohida o'rin egallaydi. Har bir ishlab chiqarish jarayonida inson omili asosida mahsulotlar ishlab chiqariladi va shuning bilan birga maxsulot sifatiga ta'sir etuvchi asosiy omil hisoblanadi. Ko'rib o'tilgan Yaponiya va AQSh davlatlarida inson resurslarini boshqarish va ishga qabul qilish tizimlari o'zaro bir-birga o'xshash lekin Yaponiya va AQSh modellari bir-biridan tubdan farq qiladi. Bizning vazifamiz ularni chuqur o'rganib tahlil qilib barcha ishlab chiqarish sohalarida qo'llashimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Qosimova D.S., Nazarova G.G.,Salixova N.M., Ismoilova N.S., “Inson resurslsrini boshqarish”.Darslik-T.:Iqtisodiyot,2011,-213bet;

  2. M.M. AZLAROVA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH o’quv qo’llanma.

  3. TOSHKENT – IQTISODIYOT -2019.

  4. INTERNET SAYTLARI.

Download 46.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling