Ijtimoiy-siyosiy bibliografiya


Download 32.52 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2023
Hajmi32.52 Kb.
#1144884
  1   2
Bog'liq
IJTIMOIY


IJTIMOIY-SIYOSIY BIBLIOGRAFIYA.

1. Ijtimoiy-siyosiy bibliografiyaning o‘ziga xos xususiyatlari.


2.Ijtimoiy-siyosiy mazmundagi bibliografik manbalarni asosiy tizimi.
.
Ijtimoiy-siyosiy bibliografiyaning o‘ziga xos xususiyatlari.
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasi bibliografik bilimlarni muhim tarkibiy qismi bo‘lib xisoblanadi. Uning asosiy maqsadi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy mazmundagi bibliografik axborotga bo‘lgan talablarini har tamonlama qondirish, shu bilan birgalikda ijtimoiy-siyosiy bibliografiyani tashkil qilish, tarqatish va undan foydalanish. Bunday xususiyat ijtimoiy fanlarning rivojlanishi va jamiyatshunoslik buyicha hujjatlar tizimini ta’minlashdir.
Ijtimoiy fanlar yuzasidan qilingan bibliografik ishlar jamiyatda muhim davlat ahamiyatiga ega. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasi ilmiy tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli rivojlanishida va xalqning dunyo qarashi o‘zgarishida asosiy qurol bo‘lib xizmat qiladi.
Olimlarimiz tomonidan qilingan bir qator ishlarda butun mamlakat bo‘ylab sotsial-iqtisodiy adabiyotning bibliografiyasini tashkil etish masalasi va shuningdek iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan chet el adabiyoti bibliografiyasini tashkil etish masalasi ko‘tarilmoqda.
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasini yanada yaxshi yo‘lga qo‘yish va uslubiy darajasini oshirishga Prezidentimizning ko‘rsatmalari muhim rol o‘ynadi. Ijtimoiy fanlar bo‘yicha bibilografik faoliyatning asosida ilmiylik printsipi yotadi. Bu printsip bibliografiyaning asosiy printsiplaridan bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasida o‘zining yorqin ifodasini topadi.
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bilan birga boshqa hujjatlarni aks ettiruvchi sotsial-axborot ishi bilan shug‘ullanuvchi bibliografiya faoliyati asosida chuqur idealogik mazmun yotadi. Bu g‘oya adabiyotlarni tanlashda, ularni tasniflashda hujjatlarni, bibliografik qo‘llanmalarni mavzusi bo‘yicha ajratishda, bibliografik targ‘ibotning forma va usullarini qo‘llashda zamon taqozo etgan siyosat borasida yondoshishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarning ahloqiy, tarbiyaviy printsiplari bilan birga uning ilmiyligi, demokratligi mavjuddir. Ahloqiy printsipni tarbiyaviyligi, ilmiyligi ijtimoiy siyosiy adabiyotlar bibliografiyasini ijtimoiy fanlar bilan birga bog‘lab olib borishdadir.
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni demokratik xarakteri bu bibliografiyani jamiyatning barcha sinf va sotsial tabaqalari orasida tarqatilishida va bibliografiyani mexnatkashlarni sotsial sharoiti, kasbiiy, milliy, xususiyatlari, yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olib borishida ifodalanadi. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan xarakteri bu bibliografiyani davlatning ichki va tashqi siyosati asosida olib borilishida ifodalanadi. Davlat reja asosida bibliografik ishni yo‘lga qo‘yadi, uni koordinatsiyalashtiradi va bibliografik axborot ishlarini sifatini oshirishda yordam beradi.
Jamiyatshunoslik borasida ijtimoiy hayot va bibliografik faoliyat o‘rtasida dialektik o‘zaro munosabat mavjuddir. Shuning uchun ham ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasi jamiyat taraqqiyotiga qarab rivojlanadi yoki turg‘unlikka uchraydi.
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasining funksiyalari quyidagilar:
1.Ilmiy yordamchi funksiya. 2. Idealogik funksiya. 3. Ahloqiy funksiya. 4. Tashkiliy - boshqaruv funksiya. 5.Kasbiy ishlab chiqarish funksiyalaridir.
Bu funksiyalar bibliografik faoliyat jarayonida bir-birlari bilan bog‘lanib ketadi. Bunday holat ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasini ikkita yirik bo‘limlarga bo‘linishi va shu tariqada ko‘rib chiqishni talab etadi: a) ilmiy-yordamchi, b) tavsiya bibliografiyasi.
Ilmiy yordamchi bibliografiyada idealogik, tashkiliy boshqaruv, ma’lum miqdorda malakali ishlab chiqarish funktsiyalari aks etadi. Shunday qilib ilmiy yordamchi bibliografiya axborot talablarini qondirib borib ular ilmiy-tekshirish, idealogik, boshqaruv faoliyati va ijtimoiy ishlab chiqarish amaliy faoliyatini bu axborot bilan ta’minlab boradi.
Tavsiya bibliografiyalarda ahloqiy va idealogik funktsiyalar birga olib borilib, bunda shuningdek kasbiy ishlab chiqaruv funktsiyasi ham qisman aks etadi.
Ijtimoiy-siyosiy tavsiya bibliografiyasi mehnatkashlarni umumta’lim darajasini, siyosiy madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, iqtisodiy bilimlar doirasini kengaytirish, malakali bilimlarni takomillashtirish va boshqa xususiyatlarni tarbiyalashda xizmat kiladi. Ilmiy yordamchi va tavsiya bibliografiyalarini bir-birlaridan tashkiliy strukturasi bo‘yicha, bibliografik faoliyatlarining forma va usullari bilan, bibliografiyaning aniq ob’ekti va bibliografik xizmat qilishi bilan farq qiladi.
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasida falsafa bibliografiyasi, siyosatshunoslik, siyosiy tarix, iqtisod, umumtarix, davlat va huquq, siyosiy fanlar, xalqaro munosabat va mamlakatshunoslik, ahloqshunoslik, harbiy ish kabi bibliografik turlari tashkil topdi va rivojlandi.

Download 32.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling