Ijtimoiy-siyosiy bibliografiya
Ijtimoiy-siyosiy mazmundagi bibliografik manbalarni asosiy tizimi
Download 32.52 Kb.
|
1 2
Bog'liqIJTIMOIY
3.Ijtimoiy-siyosiy mazmundagi bibliografik manbalarni asosiy tizimi.
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasi faoliyatining vositasi va so‘nggi natijasi ijtimoiy-siyosiy mazmundagi axborot bo‘lib hisoblanadi. Bu ish hujjatlarni yozma yoki og‘zaki yo‘llari orqali hisobga olish bilan birga olib boriladi. Bunday axborotlar boshqa tur axborotlar orasida tarkibiy qismi va tabiati bo‘yicha eng murakkab bibliografik qo‘llanmalarda aks etgan axborotdir. Ijtimoiy fanlar, g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlar, o‘quv va ishlab chiqarish faoliyati mustaqil bilim olishlarini bibliografik ta’minlashda bibliografik qo‘llanmalar markaziy o‘rinni egallaydi. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar barcha tarmoq bibliografik -qo‘llanmalarga ham kiritiladi, ammo ijtimoiy-siyosiy mavzuga oid bibliografik qo‘llanmalar bunday adabiyotlar haqidagi ma’lumotni uzlyuksiz ravishda har tomonlama to‘liq aks ettiradi. Bunday ko‘rsatkichlarni tuzish tasnifi turli xususiyatlariga qarab ajratiladi. Maqsadi va kitobxonlarga mo‘ljallanishi bo‘yicha bunday bibliografiya ilmiy-yordamchi, kasbiy-ishlab chiqarish, tavsiya qo‘llanmalariga bo‘linadi. Ilmiy yordamchi bibliografiya: ilmiy xodimlar, oliy o‘quv yurtlari talaba va o‘qituvchilari, targ‘ibotchilarga, davlat, yoshlar ittifoqi, kasaba uyushma rahbar xodimlari, xo‘jalik rahbarlariga mo‘ljallangan bo‘ladi. Kasbiy ishlab chiqarish bibliografiyasi yuqori malakali amaliy ish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga mo‘ljallanadi. Tavsiya bibliografik qo‘llanmalar o‘quv jaryonini olib borishga, ma’ruza va boshqa jamoat ishlarini olib borishga va shuningdek ommaviy axborot ishini va mustaqil bilim olishga yordam berish maqsadida tuziladi. Yoshlar uchun mo‘ljallangan tavsiya bibliografik qo‘llanmalar alohida bo‘limni tashkil etadi. Faol maqsadiga ko‘ra bular kundalik, retrospektiv va perespektiv bibliografiyaga bo‘linadi. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasi orasida retrospektiv bibliografik qo‘llanmalar salmoqli o‘rin egallaydi, chunki bunday bibliografiyaga jamiyatshunos olimlar talabi ko‘proqdir. Bibliografiyalash ob’ektining mazmuniga qarab sohalararo, umumtarmoqli mavzuli (soha ichidagi), muammo-mavzuli (sohalararo), personal (bir shaxsga bag‘ishlangan) mamlakatshunoslik va o‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalarga ajratiladi. Bibliografik qo‘llanmalarni tuzish paytida ularning ob’ekti sifatida kitoblar bilan bir qatorda nashr etilmagan, ekran va tovush axborot vositalarining namoyondalari ham kiritiladi. (Kino, magnitafon yozuvlari, grammplastinka va boshq.) Bular bilan bir qatorda mavzuni to‘laroq ochib berishga yordam beruvchi bibliografik qo‘llanmalar ham kiritiladi. Bibliografiyalash ob’ektiga qarab ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasi quyidagi guruhlarga bo‘linadi: yirik faylasuf, iqtisodchi, davlat arboblarining ko‘rsatkichlar (obzorlari, ro‘yhatlari). Davlat hujjatlari ko‘rsatkichlari: Davlatning ko‘zga ko‘ringan arboblari asarlarining ko‘rsatkichlari: Tarixiy manbalar ko‘rsatkichlari: Spravka adabiyotlari ko‘rsatkichlari: Ijtimoiy fanlar bo‘yicha dissertatsiyalar ko‘rsatkichlari: Deponirovanie qilingan qo‘l yozmalar ko‘rsatkichlari: Ko‘rgazmali qurollar, ekran va tovush axborot vositalarining ko‘rsatkichlari. Bular bibliografik ko‘rsatkichlar shaklida yoki kitoblar yon bag‘rida, jurnallar, gazetalar ichida bibliografik material sifatida nashr etilishi mumkin. Bu ko‘rsatkichlar biror kutubxonaning fondi bilan bog‘liq bo‘lishi shart emas. Ular ma’lum fondni to‘ldirish yoki to‘lmasligi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. qimmatbaho kitoblar yig‘indilari, vaqtli matbuot, (kutubxonalarga kelgan yangi ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar ro‘yxatlari va shuningdek, nashriyot va kitob savdo bibliografik qo‘llanmalari bulardan istisnodir). Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar haqidagi ma’lumotlarni kutubxona, ilmiy axborot muassasalari, kitob palatalari, arxivlar, kitob savdo tashkilotlarining katalog va katotekalaridan olinadi. Bizning mamlakatimizda chiqariladigan bibliografik qo‘llanmalarda Vatan adabiyoti va shuningdek chet el adabiyoti ham keng aks ettiriladi: ko‘pgina ko‘rsatkichlar bir, ikki va bir necha tillardagi adabiyotlarni yoritib beradi. Jamiyatni ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasi oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari ularni xarakteri, mazmuni, mavzusi-davlatning strategiyasi va taktikasiga javob bera oladigan bo‘lishga, hayotimizning ichki va tashqi dolzarb masalalarini yorita oladigan, ijtimoiy fanlarni rivojlantirgan mehnatkash xalq va yosh avlodni vatanparvarlik ruxida, milliy istiqlol va milliy mafkuraviy tarbiyalash ishiga javob bera olishdadir. Bibliografik qo‘llanmalar tizimi shulardan kelib chiqib tashkil topadi. Lekin bunday rivojlanish, nazariy va uslubiy o‘zaro munosabatlardan kelib chiqadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, ilmiy – axborot va tavsiya bibliografiyasining rivojlanishi bir hil bo‘lmaydi. Ilmiy-yordamchi bibliografiya rivojlanish jarayonida o‘zidan oldin mavjud bo‘lgan ko‘rsatkichlar orqali boyidi. Oldin chiqqan ilmiy – axborot bibliografiyalari odatda eskirmaydi, balki ma’lum vaqt o‘tishi bilan ularni qimmati oshadi. Shuning uchun ham kutubxonalar o‘zlarining spravka - bibliografik apparatlarida ko‘prok oldin chiqqan (10-20y. ilgari chiqqan) ko‘rsatkichlarni kiritadilar. Bu ko‘rsatkichlar asosan olimlar tomonidan foydalaniladi. Eski ko‘rsatkichlarda aks ettirilgan ko‘pgina adabiyotlar yangi ko‘rsatkichlarda bo‘lmasligi mumkin. Olimlar nazariga tushgan oldin nashr etilgan ko‘rsatkichlar vaqt o‘tishi bilan to‘ldirilib qayta nashr etiladi. Bir-birini to‘ldirib boruvchi yangi bibliografik ko‘rsatkichlar tizimini tuzishda mavjud bo‘lgan ko‘rsatkichlarda ishlatiladigan uslubiy printsiplardan keng foydalaniladi. Ijtimoiy-siyosiy mazmundagi tavsiya bibliografik qo‘llanmalar tizimi doimo yangilanish xususiyatiga ega. Bularni tez-tez yangilanib turishiga joriy davlat hujjatlarini qablul qilinishi, yirik siyosiy va xo‘jalik kompaniyalari o‘tkazilishi, xalqaro hayotdagi muhim voqealar va tarixiy voqealarni nishonlanishi kabilar asosiy sabab bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasi mazmuni, funktsiyasi, joylashgan joyi, tipi, tashqi ko‘rinishi va boshqalarga qarab shakllanadi. Uning muvaffaqiyatli maqsadga erishishi bibliografik qo‘llanmalarni tuzishda unga faqat kompleks yondashgandagina amalga oshirilishi mumkin, chunki sistemaning barcha elementlari bir-birlari bilan uzviy bog‘likdir. Bu esa bibliografik ishlarni jiddiy koordinatsiyalashga bog‘lik bo‘ladi. Faqat shu masalalarga rioya qilingan paytdagina bibliografik qo‘llanmalarni mazmuni va uslubiy akspektlarini asosiy bo‘linmalari va ayrim elementlar birligiga erishish mumkin. Shu asosida ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasining namunaviy «Modeli»ni yaratish mumkindir. Binobarin, shu yo‘l bilangina bibliografik faoliyatini ya’nada ko‘proq avtomatlashtirish yo‘liga o‘tishga erishildi. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar haqida to‘laroq axborot olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar haqidagi ba’zi yetarli bo‘lmagan ma’lumotlarni boshqa tarmoq bibliografiyalardan va shuningdek universal bibliografik manbalardan ham olish mumkin. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar haqidagi ma’lumotlarni bibliografik qo‘llanmalardan tashqari, analitik-sintetik obzorlardan, tarixshunoslik taqrizlardan, va manbaashunoslik ishlaridan vaqtli matbuot asarlarining tarixiga oid kitoblardan ham olish mumkin. Ijtimoiy-siyosiy mazmundagi bibliografik axborotni-salmoqli qismi kutubxonalarning kutubxona-bibliografik va ilmiy axborot faoliyati natijasida yaratiladi va tarqatiladi. Ijtimoiy-siyosiy mazmundagi bibliografik axborotni olib borish ishida va mehnatkashlar, o‘quvchilar va yoshlarni bibliografik ta’minlashda yetakchi rolni mamlakatimizning universal va mahsus kutubxonalari, hujjat resurslari markazlari olib boradilar. 1970 yillardan beri ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy-axborot organlari ham shu bilan shug‘ullana boshladi. Kutubxonalar aholining barcha tabaqalariga kutubxona hizmatini ko‘rsatadilar. Ular ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni joriy axborotini olib boradilar, ma’lumot bibliografik faoliyatni markazi bo‘lib hisoblanadilar, ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir eng yaxshi Vatan va chet el adabiyotlarini tavsiya bibliografik metodlaridan foydalanib targ‘ibot qiladilar. Ilmiy axborot organlari olimlar, oliy o‘quv yurti o‘qituvchilari, rahbar xodimlar, mutahassislar va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlarni ish sohalariga qarab tegishli bibliografik axborot bilan ta’minlab boradilar. Ularni o‘ziga hos xususiyatlaridan biri kitobxonlarni ijtimoiy-siyosiy mazmundagi barcha nashr etilgan va nashr etilmagan manbalar bilan analitik-sintetik obzor va referatlar orqali tanishtirishadi. Butunittifoq va xalqaro tarmoqli avtomatlashtirilgan tizimlarni tashkil etilishi bibliografik ehtiyojlarni to‘liq va tezkor ta’minotiga imkon yaratadi. Mahsus tarmoqli va universal nashriyotlar oldindan habar beruvchi bibliografik – axborot ishlarini olib boradilar. Buning uchun ular chiqishga mo‘ljallangan adabiyotlar ro‘yhatini o‘quv rejalarini vaqti-vaqti bilan nashriyot kataloglarini nashr etib turadilar. Kitob savdo shoxobchalari ham o‘z vaqtida yangi chiqqan yoki fondida mavjud bo‘lgan oldingi nashrlar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilib boradilar. Ommaviy axborot va targ‘ibot organlari bo‘lib hisoblangan radio, televidenie, vaqtli matbuot kompyuter saytlari bibliografik axborotning effektiv kanallaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasini rivojlantirishdagi mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib, bir qator oliy o‘quv yurtlari va o‘rta mahsus o‘quv yurtlari kerakli kadrlarni, turli soha mutaxassislarini tayyorlab boradi. Shamsiev Sh.M. Bibliografik nazariya va bibliografik amaliyot // Betgerxonlik-2005 “Kutubxonachi kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish”:Davra suhbati materiallari to‘plami/ Tahrir kengashi A.O.Umarov va boshq.-Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy k-nasi nashriyoti,2006.-B.51-59. Shamsiev Sh.M. Axborot madaniyatida bibliografiyaning o‘rni//Fan, ta`lim,madaniyatbiznessohalarida internet va kutubxona- axborot resurslaridan foydalash=Internet i bibliotechno –informatsionnыx resursы v nauke, obrazovatii, kulьture i biznese “ Centrai Asia-20008”konferensiya materiallari Farg`ona.-2008.- Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2008.- B.67-69 Turopov M.M., Shamsiev Sh. M.O‘zbekistonda kundalik davlat hisobot registratsiya bibliografiyasi: O‘quv qo‘llanma.-Toshkent: ToshDU,1984.- 32 b Shamsiev Sh.M.Ijtimoiy fanlar bibliografiyasi:O‘quv qo‘llanma/ Mas’ul muharrir B.Sayfullaev; Taqrizchi Davlatov S.X.- Toshkent, 2003.- 96 b. Shamsiev Sh.M.Ijtimoiy-gumanitar fanlar bibliografiyasi: Darslik / Mas’ul muharrir M.B.Bekmurodov;Taqrizchilar S.X. Davlatov, M.M. Turopov.-Toshkent, 2003.- 136 b. Shamsiev Sh.M.Ijtimoiy-gumanitar fanlar bibliografiyasi: Darslik / Mas’ul muharrir M.B.Bekmurodov;Taqrizchilar S.X. Davlatov, M.M .Turopov.-Toshkent,2007.- 136 b Download 32.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling