Yaponiya dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri bo'lish bilan birga butun dunyoda mashhur yapon menejment modelining tashabbuskori sifatida ham tanilgandir. Barchada yapon menejmenti modeli qiziqish uyg’otish bilan birga uning inson resurslari menejmentiga oid yondashuvlari yanada ko'proq qiziqish uyg’otishi tabiiy. Chunki, ushbu mamlakat kompaniyalarida mehnat qilayotgan xodimlarning o'z ish vazifalari va burchlariga yuqori darajada mas'uliyat bilan yondashishlari, yuklatilgan topshiriqni o'z vaqtida va sifat bilan bajarishga maksimal darajada intilishlari, yapon menejmentida amal qilayotgan mashhur kayzen strategiyasining samarali amalga oshirilishida o'zlarining munosib hissalarini qo'shishga intilishlari, eng asosiysi ish jarayonida ish etikasiga yuqori darajada rioya qilishlari va adolatlilik tamoyilini o'zlari uchun muhim deb bilishlari kabi xususiyatlari chindan ham ushbu mamlakatdagi inson resurslari boshqarish tajribasiga bo'lgan qiziqishni oshiradi.
Bugungi kunda zamonaviy menejmentning juda ko'plab modellari mavjud bo'lib, bular orasidan yapon va amerika menejmenti modellari dunyo miqyosida keng tan olingan yondashuvlar hisoblanadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, 20 asrning 30-yillaridan boshlab ushbu mamlakatlarning kompaniyalari boshqaruvchilari o'rtasida o'zaro tajriba ayirboshlash jarayoni amal qilib, bu jarayon hozirga qadar davom etib kelmoqda. Garchi 20 asrning 30-60 yillarida Amerika menejment modeli yapon menejmenti uchun namuna bo'lib kelgan bo'lsa, 70 yillardan tortib 90 yillarning oxirigacha buning aksi bo'lib keldi. Hozirgi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiya tarmoqlari va innovatsion xizmatlarning keng miqyosda tarqalayotganligi ikkala modelni o'zaro yaqinlashuviga sabab bo'lmoqda. Lekin bunday yaqinlashuv kompleks tarzda va jadal sur'atlarda bo'lmayotganligining asosiy sababi barchamizni qiziqtirishi tabiiy. Shu bois bunga sabab bo'layotgan modellar o'rtasidagi asosiy farqlarni quyidagi jadval yordamida keltirib o'tamiz:
1 –jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |