Strategik rejalashtirish bo’limi rahbarligi ostida “inson resurslari” strategiyasining maqsad va tamoyillari ishlab chiqiladi. Tahliliy ishda olimlar va maslahatchilar ishtirok etadi, strategik va bashorat ma’lumotlaridan foydalaniladi, tadbirkorlik bo’yicha mutaxassislar, futurologlarning tahliliy xulosalari, raqobatchilarning tajribalari o’rganiladi. Bularning asosida ma’ruza tayyorlanadi, unda uzoq muddatli global tendentsiyalar, iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar doirasida korporatsiyaning kadrlar sohasidagi strategiyasi qanday bo’lishi lozimligi ko’rsatiladi. Strategik rejalashtirish bo’limi vakillari birinchi navbatda, milliy mehnat bozori dinamikasini hisobga oladilar. AQShda mehnatga layoqatli aholining iqtisodiy faolligi turli kasbiy kategoriyalarga ko’ra farqlanadi. Fan-texnika sohasidagi kadrlarning iqtisodiy faolligi yuqori bo’lib, ular orasida ishsizlar soni juda kam. Ularning mamlakat ichidagi va mamlakatlararo migratsiyasi nisbatan yuqori. 90-yillarda olim va injenerlarning ish o’rinlari ortishi kutilmoqda. Shu bilan birga ba’zi kategoriyadagi ishchilar etishmasligi ham mavjud. 1989 yilda AQSh mehnat bozorida elektrchi muhandis, kimyogar muhandis, kompyuterchi muhandis, elektro muhandisi, kompyuter fanlari olimi tanqisligi kuzatilgan. Mehnat bozoridagi bu o’zgarish “GM” manfaatlariga ta’sir qilmay qolmasligi ravshan ko’rinib turibdi.
Strategik xizmat demografik tendentsiyalarni va motivatsiya tizimidagi o’zgarishlarni hisobga oladi. 2000-yilga kelib AQShda mehnatga layoqatli aholining o’sish miqdori kamayadi (jami ishlovchilarga nisbatan 70 y. - 3,9 %, 2000 y – 1 %) va o’rtacha yosh ortadi (35dan 39 yoshga). Shu bilan birga aholining 65 %ini ayollar tashkil etadi. 16-34 yosh va 55 yoshdan katta ishchilar ulushi qisqaradi. Maktab va kollej bitiruvchilari o’tmishdoshlariga nisbatan ishga osonroq joylashadigan bo’ladilar. “GM” korporatsiyasi personalining 3 dan 1 qismini ayollar tashkil etadi va ularni ma’lum muammolar kutmoqda. Korporatsiyaga ishga kirayotgan ayollar yaxshi mansab erishishga umid bog’lashadi, ammo bu boradagi prognozlar yaxshi emas. Buning natijasida qo’shimcha psixologik bosim va oilada stressning tug’ilishi kutilmoqda.
Jami ishchi kuchi miqdorida ayollar salmog’ining ortishi kutilayotgan paytda, “asosiy” hisoblanmish erkak ishchilarda qo’shimcha muammolar tug’iladi. “GM” doimo yuqori malakali, ma’lumotli kadrlarni jalb qilishga harakat qiladi. Lekin firma rahbarlarining fikricha, ularning raqobatchilari 32 yoshgacha bo’lgan qobiliyatli ishchilarni jalb qilishda muvafaqqiyatli ish olib borishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |