Aqsh va yaponiyada xodimlarni boshqarish markazlarining rivojlanish tendensiyalari
Yirik korporatsiya misolida kadrlar xizmati faoliyatini tashkil etish
Download 46.15 Kb.
|
Rivojlangan mamlakatlarda inson resurslarini boshqarish markazlarinin g rivojlanish tendentsiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- GM” (AQSh) transmilliy korporatsiyasining
- “GM” TMKning kadrlar siyosati asosini ―inson resurslarini boshqarish korporativ strategiyasi tashkil etadi.
- “Inson resurslarini”
- “talabalar dasturlarini”
Yirik korporatsiya misolida kadrlar xizmati faoliyatini tashkil etish.
Zamonaviy menejmentni rivojlantirishda boshqaruvchilarni tanlashga katta e’tibor berilgan, chunki boshqaruvchi nafaqat to’g’ri qarorlar qabul qila olish, shu bilan birga boshqarayotgan jamoasida qulay iqlim yarata olish xususiyatlariga ega bo’lishi kerak. Korporativ boshqaruvni qayta qurishning hozirgi bosqichi boshqaruvchining psixologiyasi, xatti-harakati, boshqaruv tizimidagi o’rni va roliga yangicha qarash tomonlari bilan ajralib turadi. Boshqaruvchi o’zini shunday tutishi kerakki, uning qo’l ostidagilar o’zlariga hurmat borligini bilishlari va har bir vazifani, muammoni hal etishda mas’uliyatni his qilib turishlari kerak. Ishchilarning malakasi va yaxshi ishlashga bo’lgan xoxishlari unumdorlikni ta’minlashi sababli ham, keyingi vaqtlarda korporatsiyalarning xodimlarni boshqarishdagi strategiyasi mehnatni rag’batlantirishga qaratilmoqda. Ko’plab firmalar, asosan yiriklari, kadrlar malakasini oshirishga, menejerlarni tayyorlash dasturlariga katta e’tibor bermoqda. Zaxira tayyorlash, rotatsiya bilan bog’liq maxsus dasturlar tuzilmoqda. Korporatsiyalarda ishchilar salohiyatidan foadalanishda vakolatli kadrlar xizmatlari muhim rol o’ynamoqda. Kadrlarning hujjatlarini saqlovchi ofislar sifatida o’z faoliyatini boshlagan kadrlar xizmati hozirga kelib, vazifalari, ishchilarining professional bilimi, texnik ta’minoti, ishlash uslubiga ko’ra xodimlarni boshqarish tizimining asosiy bo’g’iniga aylandi. Nazarimizda yillik oboroti 14 mlrd.dollar, 57 mamlakatda o’z filiallari mavjud bo’lgan “GM” (AQSh) transmilliy korporatsiyasining (TMK) xodimlar xizmati faoliyatini tashkil etish tajribasi bilan tanishish foydadan holi bo’lmaydi. Uning shu va boshqa sohalardagi tajribasidan dunyoning ko’p joylarida foydalanadilar. “GM” amaliyotida ―inson-unumdorlik va sifat manbai g’oyasining tarqalishi natijasida kadrlar xizmati asta-sekin mehnat strategiyasini ishlab chiuvchi va amalga oshiruvchi markazga aylanib bordi. Korporatsiyaning kadrlar xizmati ishiga quyidagilar kiradi: birinchidan, yuqori malakali ishchi kuchi bilan ta‘minlash, rejalashtirish, tanlash, yollash, nafaqaga chiqarish, ishdan bo’shatish, kadrlar qo’nimsizligini tahlil qilish; ikkinchidan, ishchilar malakasini oshirish, kasbga yo’naltirish va qayta tayyorlash, attestatsiyadan o’tkazish, malaka darajasini baholash, mansab bo’yicha harakatni tashkil etish; uchinchidan, mehnatni rag’batlantirish va tashkil etishni takomillashtirish, texnika xavfsizligi va ijtimoiy to’lovlar bilan ta‘minlash. Kasaba uyushmalari bilan olib boriladigan muzokaralarni ―insoniy resurslari boshqarmasining maxsus bo’linmasi amalga oshiradi, bundan tashqari u mehnat intizomini ham nazorat qiladi. Va nihoyat, “GM” TMKning boshqaruvchilari aynan kadrlar bo’linmalarida tayyorlanadi. “GM” TMKning kadrlar siyosati asosini ―inson resurslarini boshqarish korporativ strategiyasi tashkil etadi. Bu mehnat salohiyatidan foydalanishni, uni yangilash va takomillashtirishni, motivatsiyani rivojlantirishni ifodalaydi. “GM” ning kadrlar strategiyasi mehnat bozoridagi tarkibiy o’zgarishlar, ishchi kuchining global, milliy va hududiy darajadagi xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan. Mehnat sohasidagi umumkorporativ strategiya innovatsion, texnologik va moliyaviy strategiyalar bilan uyg’unlikda olib boriladi. Kadrlar xizmati oldiga xodimlarni boshqarishning 3-5 yildan keyingi ahvoli va “GM” ning ―inson resurslari kelajagini bashorat qilish vazifasi ham qo’yiladi. “Inson resurslarini” boshqarish missiyasi haqida qabul qilingan bayonot, “GM” kadrlar xizmati uchun strategik yo’riqnoma bo”lib xizmat qiladi. Bayonotda quyidagi vazifalar ko’rsatilgan: korporativ biznesni har tomonlama qo’llab-quvvatlash; “inson resurslarining” kelajagini bashorat qilish, ularni rivojlantirish, ijodkor liderlarni rag’batlantirish; tashqi muhit o”zgarishlariga tezkorlik bilan javob berish va “GM” ning ustunliklaridan oqilona foydalanish; “inson resurslari” sohasidagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilishni ma‘sul rahbarlar zimmasiga yuklash; unumli mehnat qilish uchun sharoit yaratish, ijodkorlik va novatorlikni rag’batlantirish. Ishchilarning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish uchun “GM” qobiliyatli yoshlarni topish maqsadida, kompaniya bilan tanishtirish va yangi innovatsion dasturlarga kadrlarni jalb qilish uchun maxsus “talabalar dasturlarini” uyushtiradi. 600ga yaqin talabalar kompaniyaning turli bo’lim va idoralarida shartnoma asosida ishlaydi. O’z navbatida, “GM” o’z xodimlarini turli universitetlarga ma‘ruzachi va o’qituvchi sifatida yuborib turadi. Korxona doirasida ham menejment va boshqa fanlar bo’yicha maxsus o’quv kurslari uyushtiriladi. Download 46.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling