Aqsh va yaponiyada xodimlarni boshqarish markazlarining rivojlanish tendensiyalari


Yaponiyada kadrlar tayyorlash tizimining xususiyatlari


Download 46.15 Kb.
bet15/18
Sana17.06.2023
Hajmi46.15 Kb.
#1541298
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Rivojlangan mamlakatlarda inson resurslarini boshqarish markazlarinin g rivojlanish tendentsiyalari

6. Yaponiyada kadrlar tayyorlash tizimining xususiyatlari.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda yapon iqtisodiyotining asosiy omili kadrlar tayyorlash tizimi deyish mumkin. Uning asosiy xususiyatlari firma ichida o’qitishdir. Firma ichida o’qitish tizimining muvaffaqiyatini quyidagi sabablar bilan izohlash mumkin:
1. Yaponlarning maktabda oladigan fundamental bilimlarga asoslangan yuqori ta‘lim darajasi;
2. Zarur bo’lganda korxonalarning kadrlarni “korxona ichida tayyorlash” an‘anaviy amaliyoti.
3. Ish vaqtida o’qitish (“IVO”)ning tarbiyaviy ta‘sirini oshiruvchi kadrlarni boshqarish tizimi;
4. Firma ichida o’qitishni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati. Firma ichida o’qitishdan tashqari yapon kadrlar tayyorlash tizimiga davlat munitsipal kasbiy o’qitishi (“DMKO”) ham kiradi va u firma ichida o”qitishga yordamchilik vazifasini bajaradi. Yaponiyada maktab ta‟limi. Urushdan keyingi Yaponiya aholisining ta‘lim olishga bo’lgan ishtiyoqi shunchalik yuqori ediki, shu sababdan bu “ta‘lim portlashi” deb nomlandi. Bunga Meydzi (1868-1912 yy.) davridagi maktablar islohoti sabab bo’ldi.
1. Bir yo’nalishli maktab ta‘limi tizimi 1872-yilda “maktab ta‘limi tizimi” haqidagi farmon bilan qabul qilingandi va u feodalizm davrida mavjud bo”lgan harbiy-dvoryanlar tabaqasi uchun ―xenko va oddiy tabaqa ―terikoya maktablarini birlashtirdi. Maktablarni unifikatsiya qilish orqali bir yo’nalishli ta‘lim tizimi joriy qilindi. Bunga Meydzi davridagi islohotchi hukumat sababchi bo’ldi. Natijada oddiy yaponlar ham kelib chiqishidan qat‘iy nazar, yuqori darajada ta‘lim olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Buning natijasida bir yo’nalishli ta‘lim tizimi bilim oluvchilar orasida raqobatga va hozirgi yuqori ta‘lim olgan yapon jamiyatiga olib keldi.
2. Ta‘lim darajasini oshishi va sanoat tarkibining modernizatsiyasi. Majburiy 9 yillik ta‘limni tamomlab, yuqori o’rta maktablarga kirganlar miqdori 1960-yilda 60% bo’lgan bo’lsa, 1970-yilga kelib 80%, 2000-yilda 94%ga yetdi. Yuqori maktabni tamomlab Oliy o’quv yurtilariga va 2 yillik kollejlarga kirganlar yuqoridagi yillarga mos ravishda 10, 24 va 37% ga teng bo’ldi, 1992-yilga kelib esa 39%ga yetdi. Yuqori o’rta maktablarni tamomlab Oliy o’quv yurtiga kirganlar darajasi Yaponiyada juda yuqori. Bu ko’rsatkich Angliyada 32%, Germaniyada – 33, Fransiyada – 38, va AQShda 45%ga teng. Oliy ta‘limga qilinadigan xarajatlar Yaponiyada 0,6 %(YaMMga nisbatan), AQShda 1,25% (1989 y), Angliyada -1,2; Germaniyada -1,4%ga teng. Yaponiyada davlat sektori Oliy o’quv yurtlar 193 xarajatlarining 90 % davlat va munitsipal xukumat hisobiga bo’lsa, xususiy sektor Oliy o’quv yurtlari xarajatlarining 15%ini davlat qoplaydi. Yapon oilalarida farzandlarni o’qitishga qilinadigan xarajatlarni yaxshi kapital qo’yilmani amalga oshirish yoki bu farzanddar uchun eng yaxshi meros deb qarash an‘anasi mavjud. Shu sababli ham oila budjetidan ta‘limga katta mablag’ ajratiladi.

Download 46.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling