1. Bandlikning kafolatchanligi va ishonchlilik holatini yaratish. Bu kafolatlar mehnat resurslarining barqarorligiga olib keladi. Barqarorlik boshqaruvchilar va ishchi xodimlar o'rtasidagi muvozanatni yaxshilaydi. Yaponlar fikricha bu narsa kompaniya faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Bandlik kafolatini Yaponiyada umrbod ishlasa sistemasini ta'minlaydi.
2. Birdamlik va oqibatlilik. Agar hamma boshqaruvchilar va ishchi xodimlar korxona ma'lumotlarida foydalanilsa, uning maqsadini aniq bilsa u holda korxonada birdamlik va ishlab chiqarish samaradorligi yuqorilashadi. Shuning uchun ham yapon kompaniyalarida har bir ishchi xodimga korxonaning aniq maqsadi tushuntiriladi va ularga ma'muriyat tomonidan har xil yordam ko'rsatiladi.
3. Axborotga asoslangan boshqaruv. Axborotlarni jamlash va ularni sistematik tarzda ishlab chiqarishga joriy qilish, ish jarayonini, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. Mustaqillik tufayli O'zbekiston tarixida yangi davr boshlandi. Shuning uchun ham yoshlarimizning ma'lumot va kasbkor tayyorgarlik darajasi XXI asrga mos ravishda zamon bilan hamnafas bo’lishlari kerak. Bunda boshqaruv sistemasi, ayniqsa yangi kirib kelayotgan fanlar menejment, marketing va shu kabi boshqa fanlarni chuqur o'rganishlari kerak deb o'ylayman. Buning uchun rivojlangan mamlakatlarning boshqaruv sistemasini boshqaruvchilar tomonidan har oy oxirida foyda va zararlarni, ishlab chiqarish hajmini, sifat va boshqa hisoblanadi va ularni ko'rib chiqiladi.
4. Sifatga mo'ljallangan boshqaruv. Kompaniya prezidentlari va yetakchilari ko'pincha sifat nazorati haqida gapirishadi. Boshqaruvchining maqrurligi uning sifat nazoratini qay tarzda amalga oshirilgani bilan bog’liq. Shuning uchun ham yapon boshqaruvchilari sifatini nazorat qilishiga katta e'tibor qaratishadi. Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu xususiyat yapon menejmentining eng muhim xususiyati bo'lib, aynan shu xususiyatning amaldagi ifodasini yapon mahsulotlarining dunyo miqyosida eng sifatli mahsulotlar sifatida nom qozonganligida ko'rishimiz mumkin. Umuman olganda, yapon menejmentida sifat mezoni muhim ahamiyatga ega bo'lganligi bois, ushbu xususiyatni yapon kompaniyalarida sifatni qo'llab-quvvatlovchi bo'linmalar, ya'ni sifat to'garaklari faoliyati misolida yoritib bermoqchimiz.
Yaponiya kompaniyalarida mashhur kayzen, ya'ni muntazam takomillashib borish strategiyasi va jarayonining muhim qismi sifatida sifat to'garaklari faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib, ular lean-production, ya'ni kamchiliklarsiz va yo'qotishlarsiz natijaga erishish tizimining asosiy ijrochilaridan biri sifatida harakatlanishadi. Yaponiyada sifatni boshqarish nazariyasi va amaliyoti asoschisi Isikava Kaoru fikricha, rahbarlar quyidagi tamoyillarga ko'ra sifat to'garaklarini tashkil qilishlari lozim:
• to'garaklarning ixtiyoriy ravishda tashkil qilinishi;
• xodimlarning o'z-o'zlarini rivojlantirishlari va malakasini oshirishlari;
• guruhlar faoliyatini rivojlantirish;
• sifatni boshqaruv usullarini qo'llash;
• ish joyi bilan uzviy bog’liqlik;
• ishbilarmonlik va uzluksiz faoliyat;
• to'garak a'zolari o'rtasidagi o'zaro uzviy hamkorlik natijasida ularning bilim va malakasini kengaytirishi;
• novatorlik va ijodiy izlanish muhitini shakllantirish;
• ish natijalarida barchaning barobar qatnashishi;
• mahsulot sifatini oshirishning muhimligini anglagan holda bu boradagi vazifalarni ma'suliyat bilan bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |