Aqsh va yaponiyada xodimlarni boshqarish markazlarining rivojlanish tendensiyalari


Sifatni boshqarishning yapon tizimi g’arb tizimidan quyidagilar bilan farq qiladi


Download 46.15 Kb.
bet12/18
Sana17.06.2023
Hajmi46.15 Kb.
#1541298
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Rivojlangan mamlakatlarda inson resurslarini boshqarish markazlarinin g rivojlanish tendentsiyalari

Sifatni boshqarishning yapon tizimi g’arb tizimidan quyidagilar bilan farq qiladi:
• firma darajasida sifatni boshqarishda barcha bo'g’inlarning ishtiroki;
• sifatni boshqarish usullarini ishchi xodimlarga o'rgatish va ularni muntazam ravishda tayyorlab borish.
• sifat to'garaklarining faoliyati;
• statistik usullarning qo'llanilishi.
• sifatni nazorat qilish bo'yicha umummilliy dasturlarning mavjudligi.
Yapon kompaniyalarida sifatni boshqarish bo'yicha to'garaklarning asosiy vazifalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
• korxonadagi tegishli faoliyat sohalarining takomillashishiga ta'sir ko'rsatish
• ish joylarida sog’lom, tashabbuskor va xayrixox muhitni shakllantirish
• ishchi xodimlarning qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish orqali ular salohiyati va tashabbuslaridan firma manfaatlari yo'lida foydalanish.
Yaponiya firma va kompaniyalarida sifatni boshqarish juda ko'p afzalliklarga olib keladi:
1. Sifatning qatiiy kafolatini beradi;
2. Sifatni kompleks ravishda boshqarish firmaning bir-biriga bog’liq bo'limlari faoliyatini ham rivojlantiradi va kamchiliklarga yo'l qo'yilishini oldini oladi.
3. Sifatni kompleks boshqarish mahsulotni loyihalash bo'limi va ishlab chiqarish bo'limlari faoliyatini iste'molchilar talablariga mos ravishda olib borishni ta'minlashga olib keladi.
4. Sifatni kompleks boshqarish firmalar ma'suliyatini va javobgarlik qissini oshiradi. Har qanday mahsulot, uning sotuv hajmi, ishlab chiqarish hajmi haqidagi axborotlarning aniq bo'lishi, muntazam sifat nazorati va “KUCH BILIMDA” degan shior kompleksli sifat menejmentining asosiy kuchidir.
Yapon sifat menejmentiga singdirilgan g’oya va ideallarni quyidagicha tavsiflasa bo'ladi:
1. Har qanday ishchi xodimning o'z ishida takomillashuvga erishishi, malakasining oshirilishi uning tabiiy ehtiyoji bo'lib hisoblanadi. Agarda menejer uni to'g’ri boshqarsa va rag’batlantirib tursa, u holda ishchi xodim cheksiz ravishda o'zini takomillashtirishga va bor iqtidori va salohiyatini ishlab chiqarish manfaatlariga sarflashga tayyor bo'ladi.
2. Individual vazifalarni yakka holda bajaruvchi ishchi xodimlar haqiqiy mutaxassislardir. Ayniqsa ishlab chiqarish jarayonida ba'zi murakkab detallarni tayyorlashda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni faqatgina tajribali mutaxassis bartaraf etishi mumkin.
3. Ishchi xodimlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishga sharoit yaratib berish, ular uchun rag’batlantirish vositalari bo'lib, bu ulardan yanada ko'proq faollik va tashabbusni kutish imkoniyatini yaratadi.
4. Sifat to'garaklari ishlab chiqarish va fan yutuqlarini hamkorlikda olib borilishi, mavjud ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yo'naltirilgan tadqiqot ishlarini olib borish bilan ishchi va mutaxassislarni band qiladi. Yaponiyada 1951 yildan buyon sifat menejmenti asoschisi U.E.Deming mukofoti ta'sis etilgan bo'lib, har yili g’oliblar taqdirlanadilar.
Tez o'sib borayotgan texnologiyalar va iste'molchilarning o'zgarib borayotgan ehtiyojlari kompaniya rahbarlaridan muntazam takomillashishga harakat qilishni talab qiladi. Ular har doim o'z faoliyatlarida quyidagilarga amal qilishlari kerak:
1. Eng avvalo sifat – bu qisqa muddatli daromad degani emasdir.
2. Eng muhimi iste'molchi – uning nuqtai nazaridan turib ish tutish kerak. Ishlab chiqarish jarayoninig so'nggi bosqichi iste'molchiga borib etish, uning hayotiylik davrini uzaytirish esa juda ko'p narsalarga bog’liq.
3. Har qanday menejmentning aniq axborotlar bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy matematik usullar orqali qarorlar qabul qilish ko'proq samara beradi.
4.Sifat to'garaklari Yaponiyaning barcha yirik firmalarida va 50%dan ortiq kichik firmalarda faoliyat ko'rsatadi. Sifat to'garaklarining soni 1 mln.ga yaqin bo'lib unda 10 mln.ga yaqin kishilar faoliyat ko'rsatishadi. 1960 yillarning boshlarida ilk sifat to'garaklari paydo bo'lgan edi. U paytda bunday to'garaklar “mahsulot sifati nazorati” to'garaklari deb atalgan. Oxirgi vaqtlarda bunday to'garaklar faoliyatida ikki tendentsiya ko'zga tashlanmoqda.

Download 46.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling