Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruvchisining ilmiy saviyasi va boshqaruv usullari mundarija
Download 122.5 Kb.
|
1 Soygul kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
Mavzu:Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruvchisining ilmiy saviyasi va boshqaruv usullari MUNDARIJA: .Kirish
Asosiy qism 1.Mudira tomonidan Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish tamoyillari. 2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruvchisining boshqaruv usullari. 3. Mudiraning tashkiliy ,ma'muriy,pedagogik jarayonlarga rahbarligi 4. Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruvchisining ilmiy saviyasini oshirish usullari Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KIRISH O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Maktabgacha ta'lim tashkiloti - murakkab tarmoq bo'lib, mudiraning undagi roli, faoliyati ko'p qirralidir. Mudira - maktabgacha ta'lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli hal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni ta'minlaydi. O'z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o'z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksakonglilik va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o'ziga va qo'l ostidagilarga talabchanlik - bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir. Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi. Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining bo'lishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bevosita rahbarlik qilish O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri: davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish hamda ta'lim- tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta'minlaydi;davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti nomidan faoliyat ko'rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi; davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi; davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarini mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarini moddiy va ma'naviy rag'batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llaydi; o'z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi; davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limiga kiritadidavlat maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy- texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o'quv-metodik qo'llanmalar va multimediali vositalar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etadi;davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining moliya-xo'jalik faoliyatiga javob beradi.Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'limning innovatsion shakllarim rivojiantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko'rsatadi. Pedagogik kengash a'zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida belgilanadi. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratildi. Buning yorqin dalili sifatida Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan qaror va farmonlar , ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini tubdan yangilash va rekonstruksiya qilish, Milliy dasturlarini amalga oshirilishi, ta’lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalari joriy etish sohasidagi qabul qilingan Qonun va qarorlarning keltirishimiz mumkin. Bugungi kunda ta’limning asosiy konsepsiyalaridan biri - bu bilim oluvchining mustaqil fikrlay olishini, ijodiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishini, o’z sohasi bo’yicha yangiliklardan boxabar bo’lishini ta’minlash, o’z navbatida innovatsion faoliyat uchun layoqatli kadrlar tayyorlash hisoblanadi. Ushbu vazifani amalga oshirishda bugungi kunda keng tarqalgan ta’limning usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Download 122.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling