Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruvchisining ilmiy saviyasi va boshqaruv usullari mundarija


Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruvchisining ilmiy saviyasini oshirish usullari


Download 122.5 Kb.
bet6/7
Sana05.01.2022
Hajmi122.5 Kb.
#205906
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Soygul kurs ishi

Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruvchisining ilmiy saviyasini oshirish usullari

Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruvchisining ilmiy saviyasini oshirish usullari shundan iboratki,maktabgacha ta'lim tashkiloti nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko'rsatadi, barcha muassasa va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;

- maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;

- ishonchnomalar beradi;

- bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi;

- maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga qo'yishni amalga oshiradi, rag'batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko'radi va ular bilan tuzilgan mehnat lozimnomalarini to'xtatadi;



- o'z vakolati doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi; - maktabgacha ta’lim muassasasining ishini takomillashtirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun maktabgacha ta'limni boshqarish yuqori organiga kiritadi; - bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, o'quv-tarbiya jarayoni, moliya-xo'jalik faoliyati ahvoli, moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi ma'muriyati jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o'z-o'zini boshqaruv asosida bolalarni . tarbiyalashda yuksak natijalarga erishishga qodir bo'lgan turg'un mehnat jamoasini shakllantiradi; kadrlarni muntazam takomillashtirib borish, pedagogik va xizmat ko'rsatish, mehnat samaradorligini oshirish ruhida tarbiyalaydi, o'z jamoasi, tanlagan kasbi uchun faxrlanish hissini shakllantiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta'lim mahoratini, umumiy ta'lim va madaniy darajasini muntazam o'stirib borishga g'amxo'rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta'lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o'z vaqtida joydan-joyga ko'chirib turilishini ta'minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma'muriyat ruhiy pedagogik o'quvchining huquqiy va iqtisodiy o'quv bilan organik uyg'unlanishini ta'minlaydi; xodimlar malakasini bevosita maktabgacha ta'lim muassasasida oshirish uchun lozim-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi; mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa aralash fanlardan erishgan yutuqlar haqida axborot beradi. Ma'muriyat jamoat tashkilotlari bilan birgalikda maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini attestatsiyadan o'tkazish uchun optimal lozim-sharoitlarni ta'minlaydi, ularga o'z vaqtida zarur metodik yordam ko'rsatadi.
e) mudiraning maktabgacha ta’lim bo'limlari, ota-onalar, jamoat oldidagi hisobdorligi. Maktabgacha ta'lim muassasasining mudiri amaldagi qonunchilik doirasidagi pedagog xodimlari va ma'muriyatini, ularning kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuviga chek qo'yuvchi zarur choralar ko'radi. Shuningdek, jamoaga nisbatan ma'muriy-buyruqbozlik urinishlariga, uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo'yadi, shu masalalar bo'yicha tegishli organlarga murojaat qiladi. Mudira ishonch qog'ozisiz maktabgacha ta'lim muassasasi nomidanharakatqiladi,barchashirkatvajamoatkorkabinetlari, muassasalar va tashkilotlarida uning manfaatini himoya qiladi; kreditlar tarqatadi; lozimnomalar tuzadi, ishonch qog'ozlarini beradi, banklarda va boshqa hisoblarini ochadi; maktabgacha ta’lim muassasasi uchun zarur bo'lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korkabinetlardan, tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd pulga yoki pul o'tkazish yo'li bilan ijaraga olish va buyurtma berish huquqiga ega. Mudira maktabgacha ta'lim muassasasi huquqi doirasida buyruq chiqaradi, ko'rsatma beradi. Bu buyruq va ko'rsatmalar maktabgacha ta'lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiydir. Tarbiyachi-metodist, katta tibbiy yordam hamshirasi, xo'jalik mudirining o'z huquqlari doirasida bergan ko'rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir. Maktabgacha ta'lim muassasasining shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat: Ma'muriy guruh (mudir, tarbiyachimetodist, xo'jalik mudiri, katta tibbiy yordam hamshirasi), pedagogika, tibbiy yordam, xizmat ko'rsatish tarmoqlari xodimlari. Maktabgacha ta'lim muassasasi ma'muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli moddiy resurslarni berkitadi. Mehnat jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig'ilishidir.4
Mudira ishida qiyosiy tekshiruv ham muhim o'rin egallaydi. Uning farqlovchi xususiyati tarbiyachining pedagogik jarayonini boshqa pedagogning ish tajribasi bilan solishtirish, tahlil qilish va baholashdir. Parellel guruhlar tarbiyachilar ishlarini solishtirish mumkin. Qiyosiy tekshiruvni dasturning ayrim bo'limlarini bajarilishini tekshirishda turli tarbiyachilar bolalardagi bilim, ko'nikma va malakalar sifatini tahlil qilishda qo'llash maqsadga muvofiqdir. Solishtirma natijalari pedagoglar kengashida muhokoma materiali bo'lishi mumkin. Qiyosiy tekshiruv - guruhlarga kirish va tarbiyachilar ishlarini kuzatish, rejalarni, bolalar ishlarini va boshqa hujjatlarni, tahlil qilish shaklida o'tkazilish mumkin. Mudira - kundalik pedagogik jarayonlarni, ish, o'qishlarni va boshqalarni, bilimlar sifatini, bolalarning faoliyatlarini tarbiyachilar bilan birga tahlil qiladi, birgalikda ishning samaraliroq shakllarini izlaydi. Qiyosiy tekshirish - eng yaxshi ish tajribaning tarqalishiga, ta'lim-tarbiyaviy jarayonining va barcha guruh tarbiyachilarining umumpedagogik darajasini oshirishga yordam beradi. Nazoratning istalgan turi-agarda unga mudira jiddiy, puxta tayyorgarlik ko'rgan holdagina samarali bo'lishi mumkin. Eng avvalo, tekshirish maqsadini aniq belgilash lozim. Masalan: kichik guruhda bolalarning kun davomidagi xilmaxil faoliyatlari uchun sharoitlarni yaratilishini kuzatish; katta guruhda bolalarning o'yin va mehnatdagi o'zaro munosabatlarini kuzatish (ular inoq o'ynay oladilarmi va hamjihatlik bilan mehnat qila oladilarmi). O'rta guruhda nutq o'stirishga doir dasturning o'zlashtirilishi bolalarning nutq faolligi, nutqiy ko'nikmalar darajasini tekshiradi. Maqsadni belgilab, mudira tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi bilan "Ilk qadam” dasturi talablarini solishtirib topishadi, oldingi tekshiruv natijalari tahlilining yozuvlari bilan tanishadi, bolalarning ishlarini o'rganadi, oldindan tarbiyachi va kichkintoylar bilan suhbatlashadi. Shuningdek, metodik adabiyotlar yangiliklari, ilg'or pedagogik tajribani umumlashtirish materiallari va ilmiy tadqiqotlar materiallari bilan va nihoyat tekshirish jarayonida javob olmoqchi bo'lgan savollarni mo'ljallab tekshirishning qisqa hamda aniq rejasini ishlab chiqadi. Guruhlarga kirish mo'ljallanganligi haqida mudira pedagogni, agarda bu kirish ishida ilgari kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida amalga oshirilayotgan bo'lsa, oldindan ogohlantiriladi. Guruhga ko'proq ogohlantirishsiz kirish yoki kirish haqida ertalab ogohlantirish lozim. Bu esa tarbiyachilarda asta-sekin ishda ma'lum mas'uliyatni shakllantiradi. Biror bir bo'lim bo'yicha dastur talablarining bajarilishini tekshirish haqida tarbiyachi oldindan ogohlantiriladi. Bunday ogohlantirish pedagoglarni o'z ishlaridagi kamchiliklarni mustaqil aniqlashga, har bir bolaning rivojlanishi va dasturni o'zlashtirishini xolisona baholashga safarbar etadi. Shuni unutmaslik kerakki, guruhga bir marta, bir lahzaga kirish tarbiyachining ishi haqida xulosa chiqarish huquqini bermaydi. Agar mudira bir faoliyat turishi yoki kun tartibi jarayonini tahlil qilishni maqsad qilib qo'ygan bo'lsa, u holda faoliyatning i bu turini boshdan oxirigacha to'liq kuzatib chiqish kerak bo'ladi. Har qanday tekshiruv agarda mudira qabul qilgan ko'rsatma, tavsiya qarorlarning ijrosini tekshirib bormasa, ijobiy samara bermaydi. Ijroni muntazam nazorat qilib borish kishilarni intizomga odatlantiradi.

Muntazam nazorat - bu faqat ilgari ay tilgan ko'rsatma va takliflarning ijrosini tekshirishgina emas, balki guruhda ma’lum vaqt bo'lagida qilingan ishlarni solishtirib ko'rish hamdir, Masalan: o'quv yilining boshida bolalarning mashg'ulotlardagi tafakkur faoliyatlarining faolligini tekshirish tarbiyachilar muammoli xarakterdagi savol va vaziyatlardan kam foydalanishlarini bolalarda mustaqillik hamda fikrlarning tanqidiyligini yetarlicha rivojlantirmasliklari va shu kabilarni ko'rsatadi. Bu kamchiliklar sabablarini pedagoglar jamoasida birgalikda muhokama qilib va ularni bartaraf qilish yo'llarini belgilab, mudira yarim yildan so'ng boshlang'ich ma'lumotlarni yangi mashg'ulotlar bilan solishtirib yana tekshiradi. Nazoratning yuqorida ko'rsatib o'tilgan tur va shakllarning amalga oshirilishi mudiraga guruhlarda ta’lim-tarbiyaviy pedagogik jarayonlarni yo'lga qo'yilganligini o'rganish, o'z intilishini tarbiyachilarga murakkab ishlarida yordam berishga aniqroq yo'llash imkonini beradi. Mudira yuqoridagi tekshirish usullaridan foydalanib, maktabgacha ta'lim tashkiloti ishiga to'liq rahbarlik qiladi.

Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari va o'qitish dasturlarining nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan bajarilishini nazorat qilishni O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi amalga oshiradi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o'tkazish, ularning faoliyatini to'xtatib turish va to'xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida, shuningdek, mehnat lozimnomasi (lozimnomajda belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega: maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarishda muassasa ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish; o'z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish; pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur: bolalarni yuqori professional darajada o'qitish va tarbiyalash; pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash; o'z malakasini belgilangan tartibda, har uch yilda oshirib borish; o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish. Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin. Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlariga ish haqi miqdorlari (lavozim maoshlari) qonun hujjatlariga muvofq belgilanadi. Muassasa rahbari rag'batlantirish tusidagi ustamalar, qo'shimcha haq hamda boshqa to'lovlar turi va miqdorla rini ish haqiga yo'naltiriladigan mavjud mablag'lar doirasida belgilaydi.

XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkinki, MTT rahbarlik qilish va ularni boshqarishda samaradorlikka erishish muhim masalalardan biri hisoblanad. Shu boisdan har bir tashkilotda boshqarish muammosi bor. Bu muammolarni hal etish uchun zamonaviy yetakchi kadrlarga bo’lgan talablar ham bugungi kunda yo’q emas. Yosh yetakchi rahbarlarni izlab topish va ularni rag’batlantirib borish bugungi kun talabi hisoblanadi.Mamlakatning umumiy taraqqiyoti individual komillikning yig’indisi, ko’rinishi sifatida namoyon bo’ladi. Xalqimiz mentalitetiga xos bo’lgan ana shu o’ziga xoslik, ya'ni jamoaga qarab fikrlash, qaror qilishdan iborat mazkur tamoyildan kelib chiqib, yoshlarda boshqaruvchilik qobiliyatini shakllantirish va boshqaruv mahoratini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. MTT sohasimi, yoki boshqa tashkilotning rahbari har qanday yoshda ham kuchli, yengilmas va irodali shaxs bo’lishi kerak. Biroq, yosh yetakchilar o’zlariga yuklangan barcha mas'uliyatni tushunmaydilar. Ma'lumki, yosh yetakchilar o’zlariga juda ham ishongan bo’ladilar. Biroq, ularda tajriba yetarli bo’lmaydi. Katta yoshdagi yetakchi yetarlicha tajribaga ega bo’lgani bois o’zi va jamoani boshqarishni, qayerda va qanday harakat qilishni juda yaxshi biladi. Ammo yosh yetakchi boshqalardan o’rganadi, o’z maqsadiga qanday erishishni tasavvur eta oladi.Maktabgacha sohasini rivojlantirishda ijtimoiy boshqaruv mexanizmalarini tahlil etishdan maqsad talabalarda boshqarish muammolariga qiziqish uyg’otish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug’dirishdir. Chunki hozir boshqarish asoslarini va bozor ko’nikmalarini o’rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik va o‘rta, katta jamoalarning rahbarlari, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli sohalarini boshqarish bo’yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiquvchilar bo’lib yetishadilar. Boshqarish tizimini takomillashtirish va ijtimoiy sohada har xil tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasiga tushadi.




Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling