Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruvchisining ilmiy saviyasi va boshqaruv usullari mundarija


Mudira tomonidan Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish tamoyillari


Download 122.5 Kb.
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi122.5 Kb.
#205906
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Soygul kurs ishi

Mudira tomonidan Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish tamoyillari

Mudira - maktabgacha ta'lim tashkilotining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli hal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni ta'minlaydi. O'z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o'z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksakonglilik va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o'ziga va qo'l ostidagilarga talabchanlik - bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir.1


Lavozim vazifalari:

a) maktabgacha ta’lim muassasasi umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish;


b) pedagogik jamoa va boshqa xodimlarni bolalar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarda yuqori samaraga erishishini tashkil qilish;

v) tarbiyaviy jarayonda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakllaridan foydalanish;

g) bolalarni boshlang'ich sinfda o'qitishga tayyorlash bo'yicha davlat talablariga muvofiq tarbiyalash dasturlarining bajarilishini nazorat qilish; d) bolalar sog'lig'ini mustahkamlash, ularni pedagogika va gigiyena talablariga muvofiq tarbiyalash va o'qitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni ta'minlash;

e) pedagogik kengashga rahbarlik qilish, oilada farzand tarbiyasi masalalari bo'yicha ota-onalar bilan ishlashni tashkil qilish;

j) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash;

z) bolalarning ovqatlanishini, yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish,

i) muassasada tasdiqlangan rejaga muvofiq ish yuritishni tashkil qilish tarbiyalanuvchilar ro'yxati bo'yicha to'ldirilishini amalga oshirish;

y) jihozlardan to'g'ri foydalanish, ularning hisobini yuritish va saqlashni ta'minlash;

k) kadrlarni tanlash, joy-joyiga to'g'ri (optimal, samarali) qo'yishni ta'minlash, ularning ishlashi uchun zarur shartsharoitlar yaratish;

1) byudjet mablag'laridan oqilona foydalanish va muassasa mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo'Iish, korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xo'jalik shartnomalari tuzish maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish, turli yo'nalishlardagi davlat va nodavlat jamg'armalar bilan o'zaro hamkorlikda ish yuritish;

m) ichki mehnat tartib-qoidalarini o'rnatish, maktabgacha ta’lim muassasasi shtatlar jadvalida tarbiyachi-uslubiyotchi lavozimi bo'lmaganda uning vazifalarini bajarish;

n) tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta'minlash va bolalar uchun qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.


Malaka talablari:

a) o'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik;

b) xorijiy tillardan birining boshlang'ich bosqichini va axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

v) uch yildan kam bo'lmagan ish staji.Jamoadagi to'g'ri, o'zaro munosabatlar har bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilishni ta’minlaydi.




Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling