Boshqaruv qonunlari va tamoyillari
R e j a:
1. Iqtisodiy qonunlarni bilishning axamiyati.
2. Menejment printsiplari (tamoyillari).
3. Ma‘muriy – buyruqbozlik tizimi sharoitidagi boshqarish tamoyillari.
4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekistonda davlatni boshqarish tamoyillari.
5. O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili.
Tayanch so’z va iboralar:
Qonun. Iqtisodiy qonunlar tizimida foydalanishning asosiy unsurlari va bosqichlari, Qiymat qonuni. Talab. Taklif. Raqobat. Naflilik. Tamoyil. Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekiston davlatini boshqarish printsiplari.
1. Iqtisodiy qonunlarni bilishning axamiyati
Qonun falsafa kategoriyasi bo’lib, borliq voqealarning barqaror, takrorlanuvchan aloqasi va munosabatini, xodisalar yuz berishining muayyan tartibda bo’lishiga olib keluvchi tomonlarini aks ettiradi. Qonunlarni bilish rivojlanishning ob‘ektiv yo’nalishlarini aniqlash, amaliy vazifalarni xal etish imkonini beradi. Shu sababli iqtisodiyotni boshqarish qonunlarini bilish, ularni amalga moxirona k°llay olishga asoslanishi kerak.
Iktisodiyotni boshkarishda konunlardan kanchalik t°lik va izchil foydalanilsa, mexnat sarfi shunchalik samarali b°ladi. Va, aksincha, boshkarish jarayonida iktisodiy konunlarni xisobga olmaslik jamiyat uchun kutilmagan, salbiy okibatlarga olib keladi. Shu sababli boshkaruv konunlarini o’rganishda ularga fakat amal kilishni emas, balki boshkaruv jarayonida ongli ravishda foydalanish ko’p jixatdan ularni o’rganish bilan boglik. Konunlar kanchalik chukur o’rganilsa, ulardan amalda to’gri foydalanish imkoniyatlari shunchalik ortadi.
Iktisodiy konunlar tizimida foydalanishning asosiy unsurlari va bosqichlari kuyidagi 11 - chizmada aks ettirilgan.
Iqtiso-diy qonunlar tizimi
Iqtiso-diy qonun-larni bilish
Maqsad-larni belgilash va ularga erishish yo’llarini ani±lash
qaror qabul qilish
Xo’jalik faolyat-ini tashkil etish
Do'stlaringiz bilan baham: |