11. Nimaning ramzi tushirilgan qog‘ozga yozilgan qanday hujjatda, yo‘llanayotgan mamlakatning nimalari hisobga olinishi zarur?
J: davlat ramzi, diplomatik hujjat, an’analarini
18.1. O‘quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasi modeli
O‘quv soati: 2 soat
|
Talabalar soni: nafar
|
O‘quv mashg‘ulotning shakli va turi
|
Nazariy-amaliy -- to‘liq o‘quv mashg‘uloti
|
O‘quv mashg‘ulot rejasi
|
1.Taqriz, annotatsiya, rezyume matnlari.
2.Fikr ifodasining mantiqiyligi, izchilligi, asosiyligi, fikrni madaniy va mantiqiy ifodalashning usul va yo‘llari.
|
O ‘quv mashg‘uloti maqsadi:
Taqriz, annotatsiya, rezyume matnlarida fikrni mantiqiy, izchil, asoslab madaniy ifodalash haqidagi tushunchalarni shakllantirish
|
Pedagogik vazifalar:
taqriz, annotatsiya, rezyume haqida ma’lumot berish;
matn tuzganda fikrni mantiqiy, izchil, asoslab madaniy ifodalash yo‘llarini o‘rgatish
|
O‘quv faoliyati natijalari:
taqriz, annotatsiya, rezyumeni o‘rganadilar;
hujjatlarning mazmuniy tuzilishini va zaruriy qismlarini biladilar;
fikrni mantiqiy, izchil, asoslab madaniy ifodalagan holda matn tuzadilar
|
O‘qitish metodlari
|
Tushuntirish, namoyish
|
O‘qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, kompyuter, slaydlar, “B/B/B jadvali” test
|
O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari
|
Jamoaviy, guruhli
|
O‘qitish shart-sharoiti
|
Guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan o‘quv xonasi
|
Qaytar aloqaning usul va vositalari
|
Og‘zaki nazorat: savol-javob
|
Do'stlaringiz bilan baham: |