Metrologiya to‘G‘risidagi asosiy tushunchalar
Download 49.49 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metrologik faoliyatni amalga oshirishda qaysi asosiy tushunchalar qo‘llanadi
METROLOGIYA TO‘G‘RISIDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR ► Metrologik faoliyatni amalga oshirishda qaysi asosiy tushunchalar qo‘llanadi? ► Metrologik faoliyatni boshqarishni kim va qanday amalga oshiradi? ► O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi qanday? ► Davlat metrologik tekshiruv va nazoratdan nimalar o‘tkaziladi? ► Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qaysi faoliyat sohalariga tarqaladi? ► Davlat metrologik tekshiruv va nazoratning qanday turlari mavjud? ► O‘lchash vositalari turini tasdiqlash nima? ► O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash o‘rtasida qanday farq bor? ► Majburiy qiyoslovdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari qanday hujjatda aks ettirilgan? ► “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” DK qanday tashkilot? ► “O’zMMI” DKda qaysi o‘lchash vositalarini qiyoslash mumkin? ► “O’zMMI” DKga o‘lchash vositalarini qiyoslashga taqdim etish tartibi qanday? ► Metrologiya sohasidagi ish va xizmatlar xaqi qanday to‘lanadi? Metrologik faoliyatni amalga oshirishda qaysi asosiy tushunchalar qo‘llanadi? Metrologik faoliyatda qo‘llanadigan tushunchalar O‘zR “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunining 2 moddasi bilan belgilangan: «metrologiya» -o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish xaqidagi fan; «yagona o‘lchov birililigi» – o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birlikda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov holati; «o‘lchov vositasi» – o‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normallangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi; «birlik etaloni» – fizik o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi; «davlat etaloni» – vakolat berilgan milliy organning arori bilan O‘zbekiston Respublikasi xududida o‘lchov birligi o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon; «metrologik xizmati» – davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati; «davlat metrologiya nazorati» – metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat; «o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish» -o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui; «o‘lchov vositalarini kalibrlash» – metrologik jihatlarning xaqiqiy qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui; «o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish«– yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi; «metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish» – o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada o‘tkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi; Download 49.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling