Davlat tilida tijorat yozishmalarini amalga oshirish

Download 60.72 Kb.
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi60.72 Kb.
#1047149
1   2   3
Bog'liq
Davlat tilida tijorat yozishmalarini amalga oshirish. Alimov Yo\'lchi

Tijorat xatlari vazifasiga ko‘ra, asosan, 2 turga bo‘linadi: 1.So‘rov - so‘rovga javob; 2.Oferta - taklifga javob. So‘rov xati tijorat hujjati bo‘lib, xaridorning sotuvchiga, chetdan mol oluvchi (importchi)ning chetga mol chiqaruvchi (eksportchi)ga tovar (xizmat va boshqalar) haqida muxtasar ma'lumot berishni so‘rab yoki tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat qilishini o‘zida aks ettiradi. Qoidaga ko‘ra, so‘rovda tovar (xizmat)ning nomi, shuningdek, mol oluvchining tovarni olish shartlari, ya'ni tovarning miqdori va sifati, andozasi, turi (markasi), bahosi, yetkazib berish muddati va to‘lov

shartlari ko‘rsatiladi. So‘rovning bu turi shartnoma hujjatlari guruhiga kiradi va undan bitimni tayyorlash va amalga oshirish jarayonida foydalaniladi Tijoriy xatlarning aynan shu turlari tomonlar o‘rtasidagi hujjat almashtirish jarayonini belgilaydi. Agar sotuvchi xaridorning talabini birdaniga qondirishi, ya'ni unga tovar yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘lsa, xaridorga taklif xat (oferta) yo‘llaydi.

Oferta - sotuvchi yoki eksport qiluvchining ma'lum shartlari ko‘rsatilgan bitim (oldi-sotdi) tuzishga roziligini ifodalovchi hujjatdir. Ofertalar xaridorga, chetdan tovar oluvchiga uning so‘roviga javob sifatida jo‘natiladi yoki sotuvchi tashabbusi bilan xaridorga taqdim qilinishi mumkin. Ofertada, odatda, tavsiya qilinayotgan tovar nomi, miqdori va tovar sifati, bahosi, yetkazib berish muddati, to‘lov shartlari, o‘ram turi va tovar xususiyati bilan bog‘liq boshqa shartlar ko‘rsatiladi. Ofertaga javob qaytarishda xaridor taklifning barcha shartlariga rozi bo‘lsa, sotuvchining taklifini tasdiqlaydi va bitim tuzilgan hisoblanadi. Buyurtma berish yoki shartnoma tuzish taklifning qabul qilinishi hisoblanadi. Agar xaridor taklif shartlariga rozi bo‘lmasa yoki taklif etilayotgan tovarni sotib olishga qiziqmasa, uni qabul qilishdan bosh tortadi. Xaridor taklifning biror sharti (masalan: miqdori, tovar sifati, narxi, yetkazib berish muddati va boshqalar)ga rozi bo‘lmasa, bu haqda sotuvchiga xabar beradi va bitimning barcha shartlari bo‘yicha to‘liq kelishib olguncha, ular o‘rtasida yozishma (muzokara) davom etadi.

Download 60.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling