Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet128/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Tilxat namunalari


1-ilova


TILXAT
Men, 0‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Xo‘jalik ishlari bo‘Iimi mudiri Bahodir Olimov, Toshkent milliy cholg‘u asboblari zavodining tayyor buyumlar ombori mudiri Er­kin Karimovdan institut buyurtmasi asosida tayyorlangan, umu­miy bahosi 6813500 (olti million sakkiz yuz o‘n uch ming besh yuz) so‘m bo‘lgan 30 (o‘ttiz) dona rubobni qabul qilib oldim.

(imzo) B. Olimov 2018-yil 21-fevral

  1. ilova

TILXAT
Men, Toshkent savdo markazi Xo‘jalik mollari bo‘limining mudiri Anvar Mamatovich Sobirov, fuqaro Rahim Karimovich Ra- himovdan bahosi 3122000 (uch million bir yuz yigirma ikki ming) so‘m boigan «Biryusa-б» markali sovutkichni boshqa markali sovutkichga almashtirib berish uchun qabul qilib oldim.
(imzo) A. Sobirov 2018-yil 20-may

  1. ilova

TILXAT
Men, Boysun tumanidagi «Fayz Ramz» fermer xo‘jaligi rah­bari Karim Salimovich Rahimov, fermer xo‘jaligi g‘aznachisi Dil- bar Salimovadan xo‘jalik a’zolarining iyun oyiga tegishii 7164500 (yetti million bir yuz oltmish to‘rt ming besh yuz) so'm miqdorida- gi ish haqini tarqatish uchun oldim.
(imzo) K. Rahimov 2019-yil 16-sentyabr
Ba’zan tilxatda guvohlar ismi, otaismi, familiyalari ham ko‘rsatiladi. В unday hollarda guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.


Ma 'lumot-axborot hujjatlari




TUSHUNTIRISH XATI
Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo4im) rah- bariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llatiuvchi hujjatdir.
Yuqoridagi ta’rifdan ko'rinadiki, tushuntirish xati xuddi ma’lumotnoma va bildirishnoma singari ichki va tashqi xusu- siyatga ega. Keyingi holatda, ya’ni tushuntirish xati yuqori tashkilotga yuborilayotganda, u ko‘pincha biror asosiy hujjat (rejalar, hisobotlar, loyihalar)ga ilova tarzida bo‘lib, mazkur hujjatni umuman yoki uning ba’zi o‘rinlarini qisman izohlab, tushuntirib beradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek, muassasada bo‘lib o‘tgan voqca-hodisaga, rahbaming ba’zi xatli-harakatiga, rejalashtirilgan ishlaming bajarilmay qoli- shiga ham izoh beradi yoki dalillaydi. Demak, bu holda tu­shuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi, shunga qara- may, u muassasa xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rah­bar tomonidan imzolanadi.
Ichki, boshqacha aytganda, shaxsiy tushuntirish xatlari, asosan, xodim (ishchi, xizmatchi, fermer xo4jaligi a’zosi, ta- laba) tomonidan, ba’zan bo‘linmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayoni­da xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba’zi xatti-harakat- lar (masalan, ish yoki o‘qishga kech qolish, kelmay qolish, reja yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik, belgilangan tartib-qoi- dalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ulaming sabablari izohlanadi, dalillanadi. Bevosita xodim (muallif) tomonidan imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy qog‘ozga yozi-


312



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling