Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
UO‘K 35.077(575.1) KBK 65.050.2
ISBN 978-9943-6520-0-2 ® «O‘zbekiston nashriyoti», 2000,2020
0‘zbekistoiming milliy mustaqilligi hcch bir istisnosiz ona tilimiz rivoji uchun ham keng yo4l ochdi. Davlatimizning aso- siy qonuni - Konstitutsiyamizda, «Davlat tili haqida»gi Qonun va boshqa rasmiy hujjatlarda o‘zbek tilining huquqiy maqomi va istiqboli aniq ko‘rsatib berilgan. Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan, gohida nopisandlik, turtki- lash va kamsitishlardan ezilgan, ammo yorug‘ kunlarga yetmoq umidi so‘nmagan tilimiz chinakam munawar kunlarga bcshi- kast yetib keldi. Ayniqsa, bugungi kunda «Milliy tiklanishdan - milliy yuksa- lish sari» degan ustuvor g‘oya asosida o‘z taraqqiyotining tamo- mila yangi bosqichiga dadil qadam qo‘yayotgan mamlakatimiz- da barcha sohalardagidek davlat tilining o‘mi va nufuzini oshirish borasida ham tub burilish jarayonlari boshlandi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoycv o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ish)angan tantanali marosimdagi nutqi- da bu borada qilinadigan keng ko‘lamli ishlarning to‘laqonli tarhini chizib berar ekan, bu ishlarning pirovard natijalarini quyidagicha ifoda etdi: «Muxtasar aytganda, har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tibomi mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatatiga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasi- ga aylantirishimiz lozim».1 Har bir fuqaroning ong-u shuurida ana shu qoidaning salomatligi va sobitligi yurt yuksalishining ham, mamlakat mustaqilligi muhofazasi muntazamligining ham garovidir. 1 (rzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi // Xalq so'zi, 2019-yil 22-oktyabr.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling