Mavzu: Ezilgan, osilgan tomchi, fiksirlangan va bo’yalgan preparatlar tayyorlash


Download 364.06 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.03.2023
Hajmi364.06 Kb.
#1271891
Bog'liq
Mavzu Ezilgan, osilgan tomchi, fiksirlangan va bo’yalgan prepar



3 - L A B O R A T O R I YA I SH I 
Mavzu: Ezilgan, osilgan tomchi, fiksirlangan va bo’yalgan preparatlar tayyorlash. 
Reja:
Ezilgan va osilgan tomchi preparatlar tayyorlash 
Fiksirlangan preparatlar tayyorlash 
Bo’yalgan preparatlar tayyorlash
Mashg’ulot maqsadi ezilgan, osilgan tomchi, fiksirlangan, bo’yalgan preparatlar tayyorlash. 
Kerakli jihozlar: Mikroskop, o’rtasi chuqur buyum oynasi, qoplag’ich oyna, bakterial ilmoq, spirt
alangasi, vazelin
Ishning borishi: Mikroorganizmlardan osma va ezilgan tomchi preparat tayyorlab, ularni 
mikroskopda o’rganiladi. 
Osma tomchi preparat tayyorlash uchun o’rtasida chuqurchasi bo’lgan maxsus toza buyum oynasi 
olinib, chuqurcha chetlariga vazelin surtiladi. Tozalangan qoplag’ich oyna o’ng qo’lga olinadi va 
spirt alangasi ustidan 2-3 marta o’tkaziladi, ya’ni sterillanadi. Chap qo’lga bakteriologik ilmoqni 
olib, cho’g’ bo’lguncha spirt alangasi ustiga tutib turiladi. Ilmoqni sovitib, u bilan tekshirilayotgan 
mikroorganizmlar suspenziyasidan bir tomchi olib qoplag’ich oyna ustiga tomiziladi. Qoplag’ich 
oynadagi tekshirilayotgan material tomchisi buyum oynasi chuqurchasining markazida qoladigan 
qilib, ustiga buyum oynasi yopiladi. Buyum oynasi ohista siqib bosiladi va tezgina ag’dariladi. 
Preparat to’g’ri tayyorlangan bo’lsa, tomchi chuqurchada bemalol osilib turadi. Vazelin uni qurib 
qolishdan saqlaydi. Osma tomchi preparatdan mikroorganizmlarni tirik holida kuzatish uchun 
foydalaniladi. 
Ezilgan tomchi preparatini tayyorlash uchun esa buyum oynachasiga bir tomchi suyuqlik 
tomiziladi. Suyuqlik quvur suvi (bakteriyalar bilan ishlanganda) yoki etil spirti va glittserinning 
bir xil hajmdagi aralashmasi (mikroskopik zamburug’lar bilan ishlanganda) bo’lishi mumkin. 
Tomchi ustiga tekshirilishi kerak bo’lgan mikroorganizmlar kiritilib aralashtiriladi va qoplag’ich 
oynani sekingina tomchi ustiga qoplanadi. Qoplag’ich oyna atrofidan chiqqan ortiqcha suyuqlikni 
filtr qog’ozga shimdirib olinadi. Qattiq oziq muhitiga o’stirilgan bakteriyalarning tomchisini 
bakterial ilmoq yordamida, mikroskopik zamburug’larni bir-biriga bog’langan ikki igna 
yordamida, suyuq muhitda o’stirilgan mikroorganizmlarni esa tomizgich yordamida buyum 
oynasiga qo’yiladi. Suyuq muhitdan olingan mikroorganizmlardan foydalanib preparat 
tayyorlanganida suyuqlik ishlatilmaydi. Suyuq muhitni quyidagicha tayyorlash mumkin: 20-25 g 
quruq pichanni maydalab 200 ml suvga botiriladi va 30oli termostatda 2-3 kun saqlanadi. 
Mikroorganizmlar neytral sharoitda yaxshi rivojlanishini nazarda tutib, unga ozgina bo’r 
qo’shiladi.
Tirik hujayralarni bo’yash. Hujayralar ba’zi xususiyatlarini va ulardagi qo’shilmalarni aniqlash 
uchun mikroorganizmlar tirik holda bo’yash usulidan foydalaniladi. Bo’yoq moddalarning 
zaxarliligini hisobga olgan xolda, tirik hujayralar neytral qizil, neytral binafsha, metilen ko’ki, 
fuksin, eozin va eritrozinlarning juda kam miqdordagi (0,001 -0,0001%) kontsentratsiyalari bilan 
bo’yaladi. O’rganilayotgan mikroorganizmlar tomchisi buyum oynasida bo’yoq aralashmasi 
tomchisi bilan aralashtiriladi, qoplagich oyna bilan yopiladi va 2-3 minutdan so’ng mikroskopda 
ko’riladi. 
Mikroorganizmlarning tabiiy shakli, kattaligi va tuzilishi, ularning ayrim tuzilmalari (hujayradan 
tashqaridagi shilimshiqlar) to’g’risidagi tushunchalarni negativ preparatlar beradi. Negativ 
bo’yash uchun suyuq tushь, qizil kongoning 3% li suvli eritmasi, nitrozinning 10% li eritmasi va 
mikrob hujayralariga singmaydigan boshqa bo’yoqlar ishlatiladi. Tush yoki boshqa byoq 
eritmasini tomchisi o’rganilayotgan kulьtura tomchisi bilan aralashtiriladi, ustidan qoplagich oyna 
bilan yopiladi. Bo’yoqlar hujayrani o’rab turgan bo’shliqni to’ldiradi. Natijada bo’yalmagan 
mikroorganizmlar preparatning to’q fonida yaxshi yoritilgan rangsiz kamsulalar ko’rinishida aniq 
ajralib turadi. 


Negativ bo’yash boshqacha tarzda amalga oshirilishi ham mumkin. Buyum oynasiga qizil 
kongoning 3% li suvdagi eritmasininig tomchisi tomiladi. Bu tomchiga o’rganilayotgan material 
qo’shiladi va sal aralashtiriladi. Shundan keyin hosil bo’lgan aralashma ilmoq yordamida spiral 
ko’rinishida yoyiladi. Bunda ilmoq har gal yangi joydan olib o’tiladi. Material qon surtmasi 
tayyorlash jarayonidagi singari qoplag’ich oyna bilan ham yopilishi mumkin. Surtma havoda 
quritiladi, fiksirlanmaydi va immersion ob’ektiv bilan mikroskopda ko’riladi. Qizil-jigarrang 
fonda mikroorganizmlarning bo’yalmagan shakllari yaxshi ko’rinadi. 
Fiksatsiya qilingan mikroorganizmlar preperatlarini tayyorlash. 
Yashash jarayoni to’xtatilgan, lekin nozik tuzilmalari to’liq saqlangan mikroorganizmlar 
hujayralari fiksatsiya qilingan hisoblanadi. Fiksatsiya qilingan bo’yalgan hujayralar va ularning 
tuzilish detallari preparatda yaqqol ajralib turadi. Bu hujayralarning shakli va ichki elementlarini 
o’rganishni yengillashtiradi. Fiksatsiya qilingan preparatlar odatda immertsiya orqali ko’rinadi. 
Fiksatsiya qilingan bo’yalgan preparatlarni tayyorlash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 
surtmani tayyorlash, quritish, fiksatsiya qilish va uni bo’yash. 
Surtmani tayyorlash. Surtmalar yog’sizlantirilgan toza buyum oynalarda tayyorlanadi. Buyum 
oynasi pintset yordamida yoki ikki chetidan barmoqlar bilan ushlagan xolda olinadi va gorelka 
alangasiga tutib sal kuydiriladi. Shundan keyin kuydirilgan tomonini tepaga qaratib vannacha 
ustidagi ko’prikchaga (rezina shlang parchalari bilan tutashtirilgan ikkita shisha tayoqcha) 
qo’yiladi. “Ezilgan tomchi” preparati tayyorlanadi, ilmoq yordamida yaxshilab aralashtiriladi va 
hosil bo’lgan suspenziya yupqa tekis qatlam ko’rinishida 1-2 sm maydonga yoyiladi. 
Surtmani quritish. Surtma xona haroratida quritiladi. Agar quritish jarayoni sekin kechsa, surtma 
tepaga qaratilgan preparat gorelka alangasi ustida balandroq ko’tariladi va oynani qizdirmasdan 
iliq havoda quritiladi. Aks xolda hujayralar shakli buzilishi mumkin. 
Fiksatsiya qilish. Fiksatsiya qilish jarayoni mikroorganizm hujayralari o’ldiriladi va 
havfsizlantiriladi. Bu esa patogen kulturalar bilan ishlashga muhim ahamiyatga ega. Fiksatsiya 
qilish natijasida hujayralar oynaga jips yopishib qoladi va keyingi jarayonlarda tushib ketmaydi. 
O’lik hujayralar bo’yoqni o’ziga yaxshi singdiradi, yaьni yaxshi bo’yaladi. 
Fiksatsiya qilish uchun preparat pintset yordamida yoki bosh va ko’rsatkich barmoqlar bilan 
ushlanadi va gorelka alangasi ustidan 3-4 olib o’tiladi. Buyum oynasi barmoq tekkizilganda sal 
kuydiradigan darajada 2-3 sekund mobaynida qizdiriladi. Bundan ortiq termik fiksatsiya mikrob 
hujayralarining tuzilishi va shaklini o’zgartirib yuborishi mumkin. Shuningdek, kimyoviy 
moddalar bilan fiksatsiya qilish ham qo’llaniladi. Buning uchun surtmali buyum oynasi 96% li 
etonol solingan menzurkaga 15-20 min, suvsiz metanolga 3-5 min, atsetonga 5 min, Nikiforov 
aralashmasiga 15-20 min, etanol va 40% li formalinning 95:5 nisbatdagi aralashmasiga 2 minut 
solib qo’yiladi. Fiksatorni bevosita surtma ustiga qo’yish va ko’rsatilgan vaqtgacha tutib turish 
ham mumkin. Fiksatsiya tugagandan keyin surtma distillangan suv oqimi bilan yuviladi va 
shundan keyin bo’yaladi. 
Bo’yash. Mikroorganizmlarni bo’yashning oddiy, murakkab va differentsial usullari mavjud. 
Oddiy bo’yash usulida bitta bo’yoq ishlatiladi va barcha hujayralar bo’yaladi. Murakkab bo’yash 
usulida ikki yoki bir nechta bo’yoqlardan foydalanish ko’zda tutiladi. Masalan, bakteriyalarning 
Gram bo’yicha bo’yashga munosabatini diagnostik aniqlash. Differentsial bo’yash usuli hujayra 
biologik tuzilmalarining turli bo’yoqlarga nisbatan individual munosabatiga asoslangan 
(sporalarni, qobiqni, xivchinlarni, yadroni, kapsulani va h.k ni bo’yash). 
Fiksatordan yuvilgan surtma vannacha ustiga o’rnatilgan ko’prikchaga joylashtiriladi. Surtma 
ustiga bo’yoq eritmasi tomizg’ich bilan quyiladi. Bo’yash davomiyligi har xil bo’ladi: suvli fuksin 
uchun – 1-2 min, ko’k metilen uchun – 3-5 min. Bo’yash jarayoni tugagandan keyin preparat 
oynaning chetidan ushlagan xolda olinadi, qiya xolatda tutiladi va kuchsiz suv oqimi yordamida 
bo’yoq yuvib tashlanadi. Yuvish oqib tushayotgan suvda bo’yoq deyarli qolmagunga qadar davom 
ettiriladi. Shundan keyin preparat havoda yoki oynaga ehtiyotlik bilan filtr qog’ozini tegizib 
quritiladi. Bo’yalgan surtma immertsion ob’ektiv orqali mikroskopda ko’riladi. Puxta 
tayyorlangan va to’g’ri bo’yalgan preparatda ko’rish maydoni toza bo’lib, faqat hujayralar 
bo’yalgan bo’ladi xolos. Toza fon hosil qilish uchun byoq eritmasini surtma ustiga qo’yilgan filtr 


qog’ozga qo’yish yoki oldindan tegishli bo’yoq singdirilgan filtr qog’ozdan foydalanish mumkin. 
Fiksatsiya qilingan surtma ustiga bir necha distillangan suv tomchisi tomiziladi, uning ustidan esa 
surtma o’lchamiga moslab qirqib olingan va tegishli bo’yoq bilan bo’yalgan filtr qog’oz qo’yiladi, 
u oyna sirtiga bosiladi va belgilangan muddatda Shunday ushlab turiladi. Shundan keyin qog’oz 
olib tashlanadi, preparat suv bilan yuviladi, quritiladi va immertsiya orqali mikroskopda ko’riladi. 
Diqqat! Buyum oynasi va qopqoqli oyna alohida yuviladi. Preparat dez. eritmali idishga quyiladi. 
Nazorat uchun savollar: 
Quruq ob’ekt deb qanday ob’ektga aytiladi? 
Immersion ob’ekt qanday tayyorlanadi? 
Nima uchun immersion ob’ekt tayyorlaganda biror bir xil moy tomchisidan foydalaniladi? 
Osma tomchi preparat qayday tayyorlanadi va undan qanday xollarda foydalaniladi?
Ezilgan tomchi preparatchi? 
- L A B O R A T O R I YA I SH I 
Mavzu: Tayoqchasimon bakteriyalar va spiroxetalar, ularning morfologiyasini mikroskopda 
ko’rish 
Mashg’ulotning maqsadi: Bakteriyalar to’g’risida umumiy ma’lumot berish. Tayoqchasimon 
spirilla va spiroxetalardan bo’yalgan preparat tayyorlashni o’rgatish. 
Kerakli jihozlar: Mikroskop, buyum oynasi, bakterial ilmoq, spirt lampa, to’xtab qolgan 
suv yoki tish kiri, filtr qog’oz, turli xil bo’yoqlar va etil spirti. 
Prokariot organizmlarning shakli tayoqchasimon, sharsimon, qiyshiq, burama va hokazo 
ko’rinishlarga ega. Odatda bir hujayrali tayoqchasimon bakteriyalar (bacter — yunoncha 
“tayoqcha”) deb ataladi. Silindrsimon to’g’ri tayoqchalar keng tarqalgan. Ular spora hosil 
qilmaydigan tayoqchasimonlar bo’lib, chin bakteriyalar (eubakteriya), masalan tuproqda ko’p 
uchraydigan Pseudomonas avlodi vakillaridir. Spora hosil qiluvchilarning xarakterli vakillaridan 
“Bacillus” avlodi batsillalaridir.
Ishning bajarilishi: 1. Pseudomonas sp — ingichka 0,3-0,4 x 3-5 mkm, yakka, to’g’ri tayoqchalar, 
sporasiz. Pepton agarida (PA) o’rtacha tekislikda, rangsiz, yaltiroq, tekis holda shtrix bo’ylab 
o’sadi, muhitning rangi ko’kish-yashil rangga bo’yaladi. Kultura suvda oson emulsiya hosil qiladi. 
Tuproqdan ajratib olingan. 
2. Tuproqda, suvda, o’simlik qoldiqlarida va boshqa substratlarda pichan tayoqchasi deb 
ataladigan Bac. subtilis uchraydi. Uning o’lchami o’rtacha 0,6-0,7 x 3-5 mkm teng bo’lib, spora 
hosil qiluvchi tayoqchadir. PA dagi shtrix bo’ylab o’sganda o’ziga xos tashqi ko’rinishga ega — 
tekis, ajinli, xira holatda bo’ladi. Avvalo rangsiz, so’ngra pushti, to’q jigarrang yoki qop-qora 
rangga bo’yaladi. Qiyin emulsiya hosil qiladi. 
3. Katta tayoqchalarga tuproqda keng tarqalgan batsilla Bac. megaterium (yunoncha so’zlardan: 
mega — “katta”, teras — “hayvon”) kiradi. Bu spora hosil qiladigan eni 1,5 mkm, uzunligi 2-5 
mkm bo’lgan tayoqchadir. PA dagi shtrixi moysimon, yaltiroq, sal qavariq, och sariq rangli, suvda 
oson emulsiya hosil qiluvchidir. 
4. Agar 0,5 l lik shisha stakandagi oddiy ariq suviga pishgan tovuq tuximining oqidan solib, 7-10 
kun 28-30 °C harorarda inkubatsiya qilinsa suyuqlik loyqalanadi va ustida parda hosil bo’ladi. U 
stakandagi suyuqlikda yirikligi 1,5-2 x 30-70 mkm li buralgan Spirillum avlodiga kiruvchi 
spirillalarni ko’rish mumkin. Fiksirlangan bo’yalgan preparatlarda 3-4 cho’lg’amga (buralishga) 
ega donador ko’rinishli hujayralarni ko’rish mumkin. 
5. Buralgan, norigid shaklli tayoqchalar bilan tanishish uchun tish kiridan preparat tayyorlanadi. 
Ayniqsa, kasallangan, karies tishlardan tayyorlangan preparatlarda spiroxetalar oson ko’rinadi. 
Preparatni tayyorlash uchun misvok bilan tish kiri olinadi va surtma tayyorlanadi. Alangada 
yaxshilab fiksirlanadi, sovitiladi va ishqoriy fuksin bilan filtr qog’ozi orqali 2 minut davomida 


bo’yaladi. Mikroskopda ko’rilganda ko’rish maydonida og’iz bo’shlig’idagi har xil 
mikroorganizmlar, jumladan: juda ingichka eni 0,3 mkm, uzunligi 10-15 rnkm, turli xil buralishga 
ega bo’lgan tish spiroxetasini ko’rish mumkin. Ular Spirochaetaceae oilasining Treponema 
avlodiga kiradilar. 
Hamma bakteriya va mikroorganizm preparatlari immersiya obektivi orqali ko’riladi, albomga 
suratlari chiziladi, tagiga nomi yoziladi. Ish mikroskopini to’g’ri va ohistalik bilan shkafga 
joylashtirish va o’z ish joyini tartibga solish bilan tugallanadi. Bu qoidalarga mikrobiologiya 
darslarida doimo amal qilinadi. 
Tayoqchasimon bakteriyalarning asosiy formalari: 1- ichak tayoqchasi; 2-diplobakteriyalar; 3-
streptobakteriyalar; 5, 6 - klostridialar; 7-bo’g’ma qo’zg’atuvchisi; 8- difteroidlar; 9-o’lat 
qo’zg’atuvchisi; 10-kokkabakteriyalar; 11-fuzobakteriyalar; 12-mikobakteriya. 
Uyga topshiriq: Mikroskopning immersiya obektivi orqali bakteriyalarni albomga rasmini chizing 
tagiga nomi yoziladi. Mavzuni o’qib kelish. 

Download 364.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling