Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet6/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Muqaddima


huriyatimizda hujjatchilik bevosita o‘zbek tili negizida rivoj- lantirilmadi. Bu sohadagi asosiy yo‘nalish nusxa ko‘chirish- dan iborat bo‘lib qoldi.1 Ana shuning va boshqa bir qancha omillar natijasida o‘zbek tilining rasmiy ish uslubi yaqin tari- ximizda dcyarli takomil topmadi.
0‘zbek tiliga davlat tili maqomi bcrilgan bugungi kunda hujjatchilikning shakllanishi uchun butun imkoniyatlar ochildi.
Muassasa, tashkilot, korxona va birlashmalardagi ishni ishlab chiqarish taraqqiyotiga muvofiq tashkil etishda, umu- man, boshqaruv sohasida hujjatlaming о‘mi va ahamiyati be- qiyosdir. Ayni paytda, hujjatlar matnini tuzish boshqaruv ap- parati faoliyatidagi eng scrmehnat va sermashaqqat jarayondir. Bu jarayonning oqilonaligi va samaradorligini oshirmasdan turib, umumiy boshqaruv madaniyatini yuksaltirib boMmay- di. Jamiyat hayoti barcha jabhalarining jadal rivoji esa bosh­qaruv madaniyatming darajasiga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham zamonaviy rahbar har qanday zaruriy axborotni rasmiy-ish tilining tegishli shakllarida bemalol ifodalay oli- shi, idoraviy ish yuritish malakalarini puxta egallagan bo‘lishi zarur.
Hujjatshunos A.S. Golovach shunday ta’kidlaydi: «Bosh­qaruv sohasidagi kamchiliklaming asosiy sabablaridan biri ayni soha xodimlarining ko‘pchiUgida nazariy va amaliy tayyorgarlikning bo'shligidir, ular muassasa, tashkilot va kor- xonalarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash yo‘riqlari, usullari va yo‘llari majmuini yetarli darajada bilmaydilar».2 Ba’zan hujjatlarga jiddiy munosabatda bo‘linmaydi, unga shunchaki bir qog‘ozbozlik, nokerak va ortiqeha bir ish sifati­da qaraladi. Bu, albatta, nomaqbul munosabatdir. Mukammal va oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday idoradagi


1 Shu nuqtayi nazardan K. Gromatoviehning 0‘zbekiston Davlat nashriyotida 1930-yilda rus va o‘zbek tillarida nashr etilgan «Ish qog‘ozlari namunalari - Образцы деловых бумаг» nomli qo‘llanmasini ko'rsatish mumkin. Bu qo‘llanma rus tilida gi tegishli hujjatlardan to‘la nusxa ko‘chirish asosida yaratilgan.


2 Qarang: Головач А.С. Оформление документов. Киев - Донецк, 1983, стр. 3.
10


Muqaddima




ish yuritishning asosi ekanligini isbotlab o‘tirishning hojati
y«‘q-
Barchaga ina’lumki, har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladi, demak, har qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy unsur bu tildir. Ayni paytda, hujjatchilikda til axborotni faqat qayd etish vazifasi- nigina bajarib qolmasdan, boshqaruv faoliyatini izchil tartibga soluvchi vosita sifatida ham namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham, avvalo, o‘z qadimiy an’analarimizdan kclib chiqib va dunyo hujjatchiligidagi ilg‘or tajribalardan ijodiy foydalangan holda, hujjatchiligimizni takomillashtirish yo‘lidan bormoq kerak. Hujjatlaming sof o‘zbek tilidagi yagona andozalarini yaratish, bular bilan bog‘liq atamalaming bir xilligiga erishish borasida ish olib borish bugungi kundagi dolzarb muammo- lardandir. Mamlakatimizda bu yo‘nalishdagi ishlar boshlab yuborilgan, ancha-muncha natijalar ham yo‘q emas.
0‘zbek tilidagi hujjatchilikni takomillashtirishda mavjud tajribalardan ko‘z yumib bo‘hnaydi. Hozirgi kunda amali- yotda «qonun», «farmon», «qaror» so‘zlarini ularning nomlaridan keyin ba’zan bosh harf bilan, ba’zan kichik harf bilan yozish holatlari uchramoqda. Aslida, 0‘zbekis- ton Respublikasi va 0‘zbekiston Respublikasi Preziden- ti nomidan e’lon qilingan qonun, farmon va qarorlar oliy tashkilot va oliy mansab cgasi nomidan e’lon qilingani sababli ularning nomlaridan keyin keladigan «qonun», «farmon», «qaror» so‘zlari bosh harfda yozilishi kerak. Masalan: «Davlat tili haqida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi
«O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufu- zi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risi- da»gi Farmoni. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil ll-iyuldagi «0‘zbekiston tarixi» telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida»gi Qarori.


11



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling