Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet7/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Muqaddima


Ish yuritishda, albatta, o‘zbek tilining o‘z qonun-qoidala- riga rioya qilish kerak. Kichkinagina bir misol: bizda o‘zbek tilida bitilgan hujjatlarda uning sanasini ko‘rsatish, masalan, «12-oktyabr 1989-yiI» tarzida yozish rus tilidan ko'chirish oqibatida odat bo‘lib qolgan. Rus tilida «12 октября 1989 года» tarzida yoziladi va bu rus tilining tabiati va qonuniyat- lariga to‘la muvofiq keladi. Ayni iboraning o‘zbek tilidagi ma’nosi ham aslida «1989-yilning 12-oktyabri» demakdir. Shunday ekan, o‘zbek tilining o‘z tabiati va qomm-qoida- lari asosida «1989-yilning 12-oktyabri» yoki juda bo‘lma- ganda, «1989-yil 12-oktyabri» tarzida yozish kerak. Bu-ku - bir misol. Hujjatlarda so‘z va gap tartibi bilan aloqador, so‘z qoilash bilan bog‘liq juda ko‘p muammolar borki, ulami faqat ayni til tabiatidan kelib chiqib hal etmoq lozim. Ak- sincha yo‘l tutish, biron-bir darajada bo‘lsin, o‘zini oqlay olmaydi.
Rasmiy tadbirlardan tashqari, hozirga qadar o‘zbek tilida idoraviy ish yuritish sohasida bir necha amaliy qo‘llamnalar yaratildi.
Qo‘lingizdagi kitob mualliflari 1990-yilda «0‘zbek tili­da ish yuritish» nomli qo‘llanmani tayyorlab, nashr ettirgan edilar. Bu kitob tez tarqaldi. Ammo istiqlol sharofati bilan juda ko‘plab yangi tushunchalar paydo bo‘ldi, ko‘plab tushun- chalar yangi mohiyat kasb etdi, yana ko‘plab tushunchalar esa tamoman eskirdi. Tilimizning lug‘at boyligini tozalash jarayonlari tezlashdu «eskirgan» degan tamg‘a bilan qo‘llani- shi cheklangan so‘zlar qaytadan «tiriltirildi», tilimiz tabiati- ga muvofiq ravishda yangi so‘zlar yasaldi. Ana shu ma’noda mazkur kitobni tamoman yangidan tayyorlash ehtiyoji tug‘il- di. Ana shu ehtiyojni inobatga olgan holda tayyorlangan ki­tob «Ish yuritish (Amaliy qoilanma)» nomi ostida bir nccha marta chop qilindi. Yana shuni ta'kidlash kerakki, ish yuritish haqida boshqa tillarda ham ko‘plab adabiyotlar, qoilanma, yo‘riqnomalar mavjud. Bular tegishli xodimlarga ish yuritish-


12


Muqaddima




da uslubiy yordam berishdan tashqari idoralar ish qog‘oz!ari- da umumiy lik, bir xillikni ham ta’minlaydi. Shu manbalar va amaliy tajribalar, shuningdek, yuqorida tilga olingan «Obzbek tilida ish yuritish» qo‘llanmasi asosida tayyorlangan kitobning so‘nggi 8-nashri 2017-yilda chop etilgan bo‘lib, unda mav- jud muassasalarning deyarli hammasida eng faol qo‘llana- digan hujjatlarga, umumiy ish yuritish faoliyati masalalariga to‘xtalingandi.
Bugun o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirishga jadal kirishilgan bir davr- da ana shunday qo‘llanmaning takomiilashtirilgan yangi nashrini tayyorlashga katta ehtiyoj tug‘ildi. Ana shu eh- tiyojni inobatga olgan holda qoMingizdagi yangi nashr tayyorlandi. «Davlat tilida ish yuritish» amaliy qo‘l- lanmasining ushbu nashrida avvalgi nashrida mavjud bo‘lgan xato va kamchiliklar tuzatildi va bartaraf etildi. U hozirgi kunda amaliyotda ko‘p qo‘llanayotgan hujjat namunalari bilan to‘ldirildi. Xizmat yozishmalari yanada takomillashtirildi. Lug'at qismi ish yuritishga doir va ish yuritishda qo‘llanadigan yangi atamalar bilan to‘ldirildi, shuningdek, ish yuritishga bevosita aloqador bo‘lmagan ayrim atamalar chiqarib tashlandi.
Qo‘lingizdagi kitobning dastlabki boblarida ish yuri­tish hujjatlarining o‘ziga xos xususiyatlari, turlari, umumiy uslubiy tomonlari hamda idoraviy ish yuritish tili, shuning­dek, boshqaruv hujjatlaridagi zaruriy qismlar (rekvizitlar) va ulami rasmiylashtirish, blanka hujjatlari talablari xususida to‘xtab o‘tiladi.
Ushbu takomiilashtirilgan yangi nashmi tayyorlashda qo‘llanma mualliflari avvalgi nashrlar yuzasidan mutaxas- sislar, amaiiyotchilar bildirgan fikr-mulohazalar, takliflami e’tiborga о lib, ularga jiddiy yondashdilar. Shu nuqtayi na- zardan kitob mundarijasi jiddiy o‘zgartirildi, ko‘p hujjatlami yoritishda aniqliklar kiritildi.


13



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling