Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
Ish yuritish tili va uslubi
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjat- lari (buyruq, farmoyish, ko‘rsatma kabilar) birinchi shaxs tilidan bo4adi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs, biriiк sonda yoziladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko‘plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda tuziladi: «...ga ruxsat berishingizni so‘raymiz», «...deb hisoblaymiz»; «ma’muriyat talab qiladi», «boshqarma so'raydi» kabi. Hujjatlar matnini tuzishda turg‘unlashgan, qoliplash- gan so‘z birikmalaridan ko‘proq foydalanish lozim. Chun- ki qoliplashgan, yagona doimiy shaklga ega bo'lgan so‘z tizimlari, iboralar, muhandislik psixologiyasi ma’lumotlariga ko4ra, boshqa so'z birikmalariga qaraganda 8—10-marta tez idrok qilinar ekan. Buning ustiga qoliplashgan so‘z birikma- lari hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonla- rini anchagina tezlashtirish imkonini beradi. Tayinki, har bir hujjat turining mohiyati va maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana bora- di. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qollanishi mumkin: «... so‘m maosh bilan ... lavozimiga tayinlansin»; «... o‘z xohishiga ko‘ra ... lavozimidan ozod qilinsin»; «... boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan ... lavozimidan ozod qilinsin». Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan so‘zlardan foydalanish mumkin: «Sizga .,.ni ma’Ium qilamiz»; «Sizga ...ni bildiramiz»; «Sizga ...ni eslatamiz»; «...yordam tariqasida...»; «... munosabati bilan...»; «... qaroriga muvofiq ravishda ...»; «...ga korxona ma’muriyati qarshi emas»; «...ga korxona kafolat beradi» va h.k. 19
0‘zbek tilidagi hujjatchilik takomillasha borgani sari bun- day qoliplashgan birikmalar ham ko‘payib, mukammallashib boradi. Buning natijasida hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish ishi bir qadar yengillashadi. Ana shu qoliplashgan birikma- laming ishtirokiga ko'ra hujjatchilar «hujjatlar yozilmaydi, balki tuziladi» deydilar. Hamonki, bar qanday hujjat, eng avvalo, axborot tashuvchi vosita ekan, uning axborot sig'imini kengayti- rish, fikrning teran, mantiqli bo4ishi muhimdir, Shuning uchun hujjatda tilning ortiqchalik prinsipini chetlab o‘tish, so‘zlarni tejash prinsipidan oqilona foydalana bilish kerak. Buning uchun qisqartmalarni qo‘l!ash yaxshi natija beradi, bunda me’yorga qat’iy va izchil amal qilmoq lozim. Chun- ki qisqartmalar o‘zbek tilining tabiatiga u qadar mos emas, shuning uchun ham qisqartmalar o‘zbek tilida uncha ko‘p kuzatilmaydi. Hozirda bir qadar odatga kirgan qisqartma- larimiz bor: «prof.» (professor), «km» (kilometr), «sh.k.» (shu kabi), «va h.k.» (va hokazo) va boshqalar. Ayni paytda tihmizning so'z va so‘z birikmalaridagi ichki ma’noviy im- koniyatlaridan kengroq va unumli foydalanmoq zarur. Hujjatdagi fikmi aniq, lo‘nda bayon qilishda xatboshinmg ahamiyati ham katta. Har bir yangi, alohida fikr xatboshi bilan ajratilishi, bir xatboshidan ikkinchi xatboshigacha bo‘lgan matn 4-5 jumladan oshmasligi maqsadga muvofiq. Hujjatchilikda imlo va tinish belgilari masalasiga alohida e’tibor qilish kerak. Hujjatning nomini yozishda biz- da har xillik mavjud, xususan, ba’zan kichik harf bilan, ba’zan bosh harf bilan yoziladi. Hujjatning nomi bo‘lgan- ligi uchun uni bosh harf bilan yozgan ma’qul, shuningdek, bosma matnda boshqa usul bilan, masalan, mazkur nom- ni to‘lig‘icha bosh harflar bilan yozish orqali ham ajra- tib ko‘rsatish mumkin. Lekin hujjatning nomi bo‘lganligi uchun (sarlavhalardagi kabi) undan so‘ng nuqta qo‘yish shart emas. 20
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling