Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet8/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Muqaddima


Kitobning asosiy qismida ish yuritishda eng faol qo‘lla- nadigan hujjatlar tavsiflanadi, bu hujjatlar amaliyotda qabul qilingan tasnif guruhlari ichida alifbo tartibida berilgan.
Hujjatlarni yoritishda, imkoni boricha, bir xil uslubga rioya qilindi: dastlab har bir hujjatning ta’rifi, o‘ziga xos xususi- yatlari, yozilish tartiboti, zaruriy qismlari, bu qismlaming ay- rim izohlari berildi, so‘ng ularning shakllari yoki amaliyotda ko‘p qoilanadigan namunalari keltirildi. Shakl va namunalar aksariyat hollarda muayyan hujjat yoritilgandan so‘ng yoki muayyan bo‘lim oxirida berildi va matn ichida tegishli joyda ularga havola etildi.
Ma’lumki, muayyan bir hujjat turi turli xizmat vaziyat- larida turli ko'rinishlarga ega bo‘ladi, garchi bunda ularning zaruriy qismlari o‘zgarmasa-da, axborotning bayon tarzi mazkur xizmat vaziyatiga muvofiq ravishda qisman o‘zga- radi. Ana shularni hisobga olib, ayni bir hujjat turining faqat bittagina namunasi emas, balki turli xizmat vaziyatlarini aks ettiruvchi bir necha namunalari berildi. Bu namunalarda- gi familiya, ism va otaismlar, muassasalarning nomlari, ularning manzillari, asosan, shartli ravishda olingan. Ayrim aniq nomlarga ham shartli misol tarzida qarash maqsadga muvofiq.
Ushbu qo‘llanmaning birinchi nashridan keyingi o‘tgan vaqt ichida o‘zbek tilida bu sohada ham atamalar barqaror- lashdi. Shularni e’tiborga olib, ushbu nashr atamalar lug‘atini tuzishda mualliflar o‘zbekcha atamalami asosiy qilib olishdi (alifbo tartibida berildi). Lug‘atning ikkinchi ustunida lotin yozuviga o‘tilishida qandaydir «ko‘prik» bo'lishligi uchun atamalaming o‘zbek-kirill yozuvidagi shakli, uchinchi ustun- da esa so‘z!aming ruscha muqobili berildi.
Qo‘llanmani to‘ldirish, takomillashtirishda 0‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 0‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti xodimlari A.Saidno‘monov, A.Ahmedova, J. Yodgorovlar, uning o‘zbek-lotin yozuvidagi matnini tayyor-


14


Muqaddima




lashda esa L.Mirzajonova, Sh.Ahmedovalar yaqindan yordam berdilar.
Ushbu nashrda ham mualliflar mutlaq mukammallikni da’vo qilmaydilar. Ular qo‘llanmani yanada takomillashtirish yuzasidan bildiriladigan barcha fikr-mulohazalarni bajonidil qabul qiladilar.
Qo'llanma bo‘yicha fikr-mulohazalar quyidagi manzillar- ga yuborilishi mumkin:
100060, Toshkcnt shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz tor ko‘chasi, 5-uy, 0‘zbekiston Respublikasi Fan Jar akademiyasi 0‘zbe'k tili, adabiyoti va folklori instituti.
100129, Toshkcnt shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy, «0‘zbekiston nashriyoti» Davlat unitar korxonasi.


15


Ish yuritish tili va uslubi




ISH YURITISH TILI VA USLUBI
0‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirish- dagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri hujjatlaming tili va uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng awalo, o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoi- dalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur. Har bir rahbar, boshqaruv muassasalarming xodimlari, umuman, faoliyati ish qog'ozlarinituzish bilan bogMiq kishi o‘zbek tilining imlosini, tinish belgilari va uslubiy qoidalarini egallagan boiishi ke­rak. Busiz bugungi taraqqiyotimiz talablariga javob beradigan aniq, lo‘nda va teran mantiqli hujjatchiiikni yaratib bo‘Imaydi. Hisob-kitoblarga qaraganda, boshqaruv sohasidagi xizmatchi- lar o‘z ish vaqtlarining 80 foizgacha qismini hujjatlashtirish ishiga sarflar ekan. Mazkur xodimlar o‘zbek tili qonuniyatlari- dan yaxshi xabardor bo'lmasa, ish vaqtlarining 100 foizini bu ishga sarflaganlarida ham ijobiy natijaga erishish qiyin.
0‘zbek hujjatchiligidagi jiddiy 0‘rganilishi,, amaliy va nazariy tadqiq etilishi lozim bo‘lgan o‘rinlardan biri ayrim hujjatlaming nomlanishi masalasidir. Bir necha tur hujjatlar rus tilida qanday nomlansa, o‘zbek tilida ham shundayligi- cha nomlab kelingan. Sho‘rolar davrida idoraviy ish yuritish, asosan, rus tilida olib borilganligi uchun ham bunga ehtiyoj bo‘lmagan.
Bunday hoi hujjatlaming nomlarida, matnida ham ko‘p kuzatilgan. 0‘zbek tilida uzoq vaqtlar qo‘llanishda bo‘lgan «справка», «рапорт», «инструкция», «акт», «характерис­тика» kabi ko‘plab hujjat nomlari uchun tegishli o4zbekcha muqobil so‘zlar yo‘qmidi?! Izlansa, tariximizga, noyob kitob- larimizga, qo‘lyozmalarga murojaat qilinsa, topilardi. Yusuf


16



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling