Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet16/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

K. Shodiyevaga
Ushbu xizmat safari hisoboti asosida bo 'Urn h iso bo tin i tayyorlang.
Muddati 2019.14.10 gacha Musayev 2019.03.10
(imzo)


31


Hujjat turlari va xususiyatlari




Munosabat belgisi tarkibiy bo‘Iinma tuzilishiga qa- rab qo‘yilmaydi (mas. «Reja bo'limiga», «Ishlab chiqarish bo‘limiga» tarzida emas), balki mansabdor shaxsga yoki, odatda, bevosita uni bajaruvchi shaxsga yo‘naltiriladi. Mu­nosabat belgisida ijrochilar soni bittadan oshmagani ma’qul, ayrim hollarda 2—4 ta boMishi ham mumkin:
S. A. Mavlonovga
Bo 'limda ко ‘rsatilgan kamchiliklarni tuzatishga e 'tibor bering.
L. Xodiyevga
Kelgusi ish rejasini tuzishda takliflarni inobatga oling. K.Islomovga
Qayd qilingan kamchiliklarni o'rganib, aybdorlarni toping. Intizomiy jazolash yuzasidan taklif kiriting.


(shahsiy imzo, sana)


Munosabat belgisida ijrochilar soni 2 tadan ortiq bo‘lsa, birinchi shaxs mazkur hujjat uchun mas’ul shaxs hisobla- nadi, boshqa shaxslar hujjatdagi topshiriqlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin. Mas’ul ijrochi boshqa ijrochilardan kerakli ma’lumotlarni olish huquqiga ega. Odatda, mu- nosabat belgisida hujjatda ko‘tarilgan masala mohiyati yuzasidan rahbarning aniq qarori va uni amalga oshirish borasidagi yo‘l-yo‘rig‘i ko‘rsatiladi. Agar bunday yo‘l- yo‘riq bo‘lmasa, uni qanday ijro etish ijrochi ixtiyoriga berilganini bildiradi:


M. Abdullayeva, M. Mirkomilov, S. Sharipovga


(imzo, sana)


32




Hujjat turlari va xususiyatlari


«Bajarishingizni so‘ray man», «Tjro uchun», «Ahmedovni toping» kabi bir qolipdagi mavhum munosabat belgilarini qo‘ymagan ma’qul.
Ba’zida ish yuzasidan ko‘rsatmadan so‘ng rahbar o‘z shaxsiy fikrini «izoh», «eslatma» tarzida yozib qo‘yishi ham mumkin:


Xotin-qizlar kengashi raisi M. Abdullayevaga Aniqlang va menga та jumot bering.
Izoh:
Shu yil fevralda ham shunday masala ко ‘tarilgan edi. Tuman hokimiyatidagi mas ’ul shaxslar bilan bog ‘Lining.
(imzo, sana)


Munosabat belgilari buyruq fe’lida yozilsa ham, sharoit- dan kelib chiqib (asosiy ijro boshqa shaxsga yuklatilayotgan- da) «Iltimos qilaman», «So‘rayman» kabi so‘zlar ishlatilib yozilgani ma’qul:


B. Sharipov,
Ushbu masalani tekshirib berishingizni iltimos qilaman, chunki Siz voqeadan yaxshi xabardorsiz.


(imzo, sana)


Munosabat belgisi aniq ko‘rinib turishi uchun, odatda, birinchi sahifaning yuqori qismidagi bo‘sh joyga, asosan, matnga parallel qilib qo‘l bilan (siyohda) yoziladi. Ba’zida munosabat belgisini hujjat ustiga yozmasdan, alohida varaq- chaga yozma va elektron shaklda yozish ham mumkin.
hujjatning tarkibiy i aniq ko‘rinib turi-


Albatta
qisrj


f*/


bunda varaqcha asosiy
Munosabat belgi
33


Hujjat turlari va xususiyatlari




shi uchun asosiy ko‘rsatma bilan rahbar imzosi o‘rtasiga chiziqcha qo‘yiladi.
lsh yuritish, hujjatlar almashinishi elektron tarzda ham bo‘ladi. Elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlami inter­net orqali jo‘natish va qabul qilib olishdan iboratdir. Elektron hujjat aylanishidan turli xil bitim va shartnoinalar tuzishda, moliyaviy hisob-kiloblami amalga oshirishda, rasmiy va norasmiy yozishmalami olib borishda, umuman, hujjatlami uzatishda foydalaniladi. Elektron hujjat qog‘oz hujjatga teng- lashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi. Elek­tron hujjatlar elektron shaklda qayd etiladi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi va elektron hujjatni identifikatsiya qi- lish imkonini beradigan o‘z rekvizitfariga ega bo'ladi.
Elektron hujjat texnika vositalari, axborot tizimlari xiz- matlari va axborot texnologiyalaridan foydalanib tuziladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Har bir elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining uni idrok etish imkoniyati- ni inobatga olgan holda tuzilishi kerak. Elektron hujjatning quyidagi majburiy rekvizitlardan tashkil topadi: 1) elektron raqamli imzo; 2) elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxs- ning nomi yoki elektron hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxs- ning familiyasi, ismi vaotaismi; 3) elektron hujjatni jo"natuv- chining pochta va elektron manzili; 4) hujjat yaratilgan sana. Qonun hujjatlarida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchi- larining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.
Elektron hujjatni saqlash muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘Isa, shunga o'xshash maqsadlarga mo‘ljallangan qog‘oz hujjat uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi kerak.1
Elektron hujjat aylanish tizimi orqali ish yuritishni va ijro nazoratini amalga oshirayotgan tashkilotlarda munosabat bel-


1 OVbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi Qonuni. 2004-yil 29-aprei.


34


Hujjat turlari va xususiyatlari




gisi elektron shaklda ham ko‘rsatilishi mumkin, Davlat xiz- matlari markazlarida va yagona darcha xizmatlarida elektron hujjat yuritish yo‘lga qo‘yilgan.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling