Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet17/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

«Hujjat turining no mi» (buyruq, dalolatnoma, ma’lumotnoma va b.) xatlardan tashqari barcha xizmat hujjatlarida koTsatiladi, blanka rekvizitlaridan so‘ng katta harflar bilan yoziladi va matn sarlavhasi bilan bir ibora sifa- tida o‘qiladi.
©. «Nazorat haqida qayd» faqat ijrosi nazorat ostiga olingan hujjatlarga qo‘yiladi. Ushbu qayd rangli qalam yoki maxsus shtamp bilan «N» harfi yoki «nazorat» so‘zi orqali ifodalanadi. Ushbu belgi hujjatning chap chekkasiga, «Matn sarJavhasi» qismi qarshisiga qo'yiladi.
Agar hujjat elektron hujjat aylanish tizimi orqali qabul qilingan bo‘lsa, «Nazoratdagi hujjatlar» yig'majildiga joy- lashtiriladi va «nazorat» belgisi bilan toifalanadi.
«Matn». Hujjat matni mazmuni iinkoni boricha lo‘nda, qisqa iboralar bilan, zarur hollarda, jadval shaklida, qiyin bo‘lmagan gap tuzilishida bayon etiladi. Agar matn- da fainiliyalar, geografik nomlar yoki ayrim teng ma'mu- riy-hududiy birliklar sanab o‘tilsa, ular alifbo tartibida joy- lashtiriladi. Agar uzluksiz bog4angan matn bir nechta qaror, xulosalardan iborat bo‘Isa, ular arab raqamlari bilan raqam- lanadigan bo‘limlarga, kichik bo‘limlarga, bandlarga ajratili- shi lozim.
Hujjatlar matnlarini ikki qismga ajratish tavsiya etila­di. Birinchi qismda hujjat tuzishning asoslari yoki sabablari ko'rsatiladi; ikkinchi qismda taklif, fikriar, xulosalar, iltimos- lar bayon etiladi.
Agar hujjat mazmunini tushuntirish va asoslash zarurati bo‘lmasa, matn faqat xulosa qismdan iborat bo‘lishi mumkin.
«IJova mavjudligi haqidagi qayd». Agar hujjat- da matnda ko‘rsatilgan ilova boisa, u holda ilovalar borligi


35


Hujjat turlari va xususiyatlari



to‘g‘risidagi belgi quyidagi shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi: Ilova 10 varaqda, 2 nusxada.
Agar hujjatda matnda ko‘rsatilmagan ilova bo4Isa, ular­ning nomi, har bir ilovadagi varaqlar soni va nusxalar soni ko‘rsatilgan holda sanab o‘tilishi kerak.
Masalan:
Ilova: 1. Yangi o‘quv yiliga maktablaming tayyorgarligi to^risida ma’lumotnoma - 8 varaqda, 2 nusxada.

  1. Maktablar ro‘yxati - 3 varaqda, 2 nusxada.

Agar ilova hujjatda ko‘rsatilgan barcha manzillarga jo‘natilmayotgan bo‘Isa, u holda ilovalarning borligi to‘g‘risi- dagi belgi quyidagi shaklda rasmiylashtiriladi:
Ilova: 5 varaqda, 2 nusxada birinchi manzilga
Agar hujjatga ilovasi bor boshqa bir hujjat ilova qilinsa, u holda ilovaning borligi to‘g‘risidagi boshqa belgi quyidagi shakl bo'yicha rasmiylashtiriladi:
Ilova: Millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyanining 2015.18.03. dagi xulosasi va unga ilova - jami 21 varaqda, 2 nusxada.
Basharti ilova tikilgan (broshyuralangan) tarzda bo‘Isa, u holda varaqlar soni ko^rsatilmaydi.
«Imzo» rekviziti tarkibiga hujjatni imzolayotgan shaxsning amaldagi lavozimi nomi, uning shaxsiy imzosi va imzoning yoyilmasi (ismi, otaismi bosh harflari va familiyasi) kiradi. Masalan:
0‘zbekiston Respublikasi «El-yurt umidi» jamg‘armasi direktori (imzo) A. Bekmurodov.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling