Davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari


Download 0.51 Mb.
bet28/37
Sana10.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1185910
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
Davlat tushunchasi, belgilari, mohiyati va tiplari

1. Elitar nazariY. Mazkur nazariya XX asr boshida vujudga kelgan (V. Poreto, T. Moski) va XX asrning о`rtalarida rivoj topgan (X. Lassuel, D. Sartori, T. Day va boshqalar). Bu nazariyaning asosiy g`oyasiga kо`ra, xalq ommasi davlatni idora qilishga qodir emas, binobarin, mazkur boshqaruvni jamiyat tepasida turgan elita amalga oshirishi zarur. Elita kelib chiqishi, ma`lmoti, tajribasi, qobiliyatiga kо`ra ta`riflanadi. Ayni paytda ushbu tabaqaga taalluqli bо`lmaganlar xalq ommasi hisobiga tо`ldirilishi, ya`ni omma orasidagi eng qobiliyatilar ushbu tabaqaga qо`shilishi mumkin.
Mazkur nazariyaning hozirgi kundagi tarafdorlari bir necha elitalar mavjudligi, ular orasida hokimiyat uchun kurash borayotganligi, lekin xalq о`z saylov huquqidan foydalanib elitalarning faoliyatini nazorat qilishi mumkinligini e`tirof etadilar.
Chindan ham hokimiyatni joriy etish о`ta cheklangan kishilar doirasi — deputatlar, davlat mahkamasi xodimlari va hokazolar tomonidan amalga oshiriladi. Aslida mazkur kishilarning xalq turli ijtimoiy guruh va qatlamlar manfaatlarini ifoda etishi muhimdir. Shu maqsadda xalq tanlagan va vakil qilgan kishilarning ishi ustidan faol nazoratni ta`minlash, ularning elitaligini tushunish zarur. Shubhasiz, ushbu nazariyaning salbiy jihatlari ham bor. Masalan, aholining hokimiyatdan uzoqlashtirilishi, hokimiyatning sinfiy tabiatini inkor etish kabilar.
2. Plyuralistax demokratiya nazariyasi. Mazkur nazariya ham XX asrda paydo bо`lgan. Uning vakillari G. Laski, M. Dyuverje, R. Darindorf, R. Dal kabi olimlardir. Ushbu nazariya sotsial-demokratlar, shuningdek, liberallar qarashlarining ham in`ikosidir. Mazkur nazariyaga kо`ra hozirgi jamiyatda sinflar, mohiyatan yо`qolib ketdi, hokimiyat esa о`z sinfiy tabiatidan xalos bо`ldi, jamiyat turli belgilar — yosh, kasbkor, turar joy, manfaatlar doirasi va boshqalarga kо`ra vujudga keladigan kishilarning ijtimoiy birlashmalari (stratlar) yig`indisidan iborat, shunday qilib, qariyalar va yoshlar, sportchilar va qahvahо`rlar kabilarning ijtimoiy birlashmalari mavjud.
Ushbu nazariyaga kо`ra, har bir odam kо`pgina jamoat birlashmalariga a`zo bо`ladi, ular asosida davlat idoralariga «tazyiq» о`tkazadigan va natijada davlat siyosatini yо`naltiradigan siyosiy va ijtimoiy uyushmalar tashkil etiladi. Demak, har bir odam, birlashma davlat hokimiyati «zarrasi»ga ega bо`ladi, davlatni boshqarishda faol ishtirok etadi. Natijada davlat umumiy irodani, butun jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan omilga aylanadi. Ushbu nazariyaning ijobiy jihati uning chinakam demokratik tavsifga egaligidan, barcha fuqarolarning davlatni boshqarishda qatnashuvini asoslashdan iborat.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling