Davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari


Download 0.51 Mb.
bet31/37
Sana10.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1185910
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Bog'liq
Davlat tushunchasi, belgilari, mohiyati va tiplari

7. Huquqiy davlat nazariyasi. Ushbu nazariyaga muvofik. ijtimoiy hayotning barcha sohalarida huquqning hukmron bо`lishi, davlat faoliyatining vosita va usullarini oydinlashtiradi. Mazkur nazariya mualliflari, davlat faoliyati huquqiy maqsadlarda, huquq asoslarida va huquqiy vositalar yordamida amalga oshirilishi tо`g`risida haqli ravishda fikr yuritadilar. Mazkur nazariya hozirgi kunda keng tarqalgan. U eng dolzarb va taraqqiyparvardir. Jamiyatni demokratlashtirish, davlat idoralari ishida о`zboshimchalik va qonunsizlikni bartaraf etishga yо`nalganligi uning ijobiy jihatidir.
Davlat tо`g`risidagi nazariyalar turli-tuman. Ular tо`g`risida gapirganda, davlatning jamiyat siyosiy tizimidagi о`rnini aniqlashga qaratilgan nazariyalar xaqida ham mulohaza yuritish lozim. Shu yerda jamiyatning siyosiy tizimi tushunchasiga e`tibor qaratish joiz.


Davlat tipologiyasi
Davlat tipologiyasi tushunchasi

Davlat — turlituman xususiyat va belgilarga ega bо`lgan murakkab va kо`p k;irrali ijtimoiy hodisadir. Bu esa davlatlarni turlicha tasniflashga imkon beradi. Masalan, davlatlarni hududlarining katta-kichikligiga qarab ulug`, katta, о`rta, kichik davlatlarga bо`lish mumkin.


Davlatga tarixiy yondashuv asosida davlatlarni qadimiy, о`rta asr va hozirgi zamon davlatlariga ajratsa bо`ladi. Tarixiy va madaniy rivojlanishga kо`ra esa davlatlar dehqonchilik bilan shug`ullanuvchi va sanoat bilan shug`ullanuvchi davlatlarga (yoki indо`strial rivojlanishgacha, industrial va postindustrial davlatlar) bо`inadi.
Ma`rifiylik (sivilizatsiya) tavsifiga kо`ra davlatlar — Sharq, Fap6 va aralash (о`rta holatdagi), iqtisodiy rivojlanish darajasiga kо`ra esa — yuksak darajada rivojlangan, о`rta darajada rivojlangan va «qashshoq» davlatlarga bо`linadi.
Ushbu tasniflarning aksariyati davlatdan kо`ra kо`proq jamiyatni tavsiflaydi. Buning ajablanadigan joyi yо`q. Mazkur tasniflarning biror tasi ham davlatni boshqa hodisalardan ajratib turgan bosh omil — siyosiy hokimiyatni amalga oshirishni inobatga olmaydi. Shu bois, hokimiyat munosabatlariga kо`ra tasniflash muhim. Bunda hokimiyatning mohiyati, uning sinfiy va ijtimoiy ahamiyati tavsiflanadi. Davlatlar shunga kо`ra turlarga ajratiladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling