Davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari


Davlat tipologiyasiga Fapbcha va Sharqona


Download 0.51 Mb.
bet34/37
Sana10.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1185910
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Davlat tushunchasi, belgilari, mohiyati va tiplari

Davlat tipologiyasiga Fapbcha va Sharqona yondashuv


Sinfiy yondashuvning tor doiralari kо`p jihatlarda namoyon bо`ladi. Chunki barcha davlatlar ham davlatning sinfiylik yondashuviga asoslangan tipologiyaga sigavermaydi. Shu munosabat bilan Sharq davlatlarining tipologiyasi muammosini kо`rsatish lozim. Afsuski, huquqshunos olimlar о`rtasida mazkur masala yetarlicha о`rganilmagan. Quldorlik yoki feodal davlat tiplarini «Sharq davlati turi» ga taallukli qilib kо`rsatish keng tarqalgan.
Holbuki, Sharq davlatlari о`zining sivilizatsiyaviy mazmuniga kо`ra Fapb davlatlaridan tubdan farq qiladi. Masalan, Fap6 davlatlarida siyosiy hokimiyat iqtisodiy hukmron sinf qо`lida bо`lib, davlat hokimiyati bevosita iqtisod, asosiy ishlab chiqarish vositalariga mulk egaligi tabiatiga bog`liq. Sharq davlatlarida esa ustuvorlik ayni davlat hokimiyatining о`zidadir. Chunki, iqtisodiy sohalardagi xrkimlik, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish imkoni siyosiy hukmronlikka bog`liq bо`ladi. Sharq mamlakatlarida xususiy mulk mavjud bо`lmagan, ayni paytda davlat mulki rahbar doiralar qо`lida bо`lgan.
Shu bois, Sharq davlatlarini Yevropa davlatlari tiplariga mansub deb topish va ularni «kapitalistik davlatlargacha» bо`lgan bir tipga birlashtirish (feodal va quldorlik davlatlariga) tо`g`ri emas. Buning ustiga, Sharq davlatlari Yevropa davlatlaridan farq kdlish bilan birga, о`z mohiyat xususiyatlariga ham ega edilar. Jumladan, Xitoyda quldorlik amalda mavjud bо`lmagan, Misr va Ossuriyada esa davlat ancha muhim mavqega ega bо`lgan. Bu mintaqada davlat hokimiyati tizrtmida ruhoniylar mavqei ham turlicha bо`lgan, huquqiy tizimlar ham bir-biridan jiddiy farq qilgan. Fikrimizcha, davlat tipologiyasiga Fap6cha va Sharqcha yondashuv mavjudligi tо`g`risida gapirish tо`g`riroq bо`lsa kerak.
Davlat hokimiyati aksariyat ijtimoiy guruh deb baholanmaydigan kichik guruh (davlat hokimiyati tepasidagilar, partiya-davlat elitasi va hokazo)lar qо`lida bо`ladi. Albatta, bunday guruh biror sinf yoki ijtimoiy guruhding manfaatlarini ham ifoda etishi mumkin. Aksariyat hollarda shunday bо`ladi ham, u holda hokimiyatning sinfiy mazmuni, binobarin, davlat tipi kо`zga tashlanadi. Biroq kо`pincha bunday guruh faqat о`z manfaatlarinigina ifoda etadi. Shuning uchun davlat hokimiyati hamisha ham faqat sinfiy tabiatga ega bо`lavermaydi.
Kо`p hollarda bunday guruh ijtimoiy tayanchga ega bо`lish maqsadida dinga murojaat qiladi (Sharq davlatlaridagidek), sobiq SSSRda Stalin davrida bо`lganidek jismoniy va mafkuraviy tazyiqni amalga oshiradi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling