Davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari


«Texnokratik davlat» nazariyasi


Download 0.51 Mb.
bet6/37
Sana10.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1185910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Davlat tushunchasi, belgilari, mohiyati va tiplari

«Texnokratik davlat» nazariyasi paydo bо`lishi aksariyat mamlakatlarning texnik vositalar, jumladan, komttyuterlarni, radioelektronikani о`zlashtirish va ulardan foydalanishdagi muvaffaqiyatlarga erishganligi bilan bog`liqdirUshbu nazariyaga kо`ra, texnikaning bundan keyingi rivojlanishi davlat boshqaruvining aksariyat muammolarini yangitdan hal etish imkonini beradi. Masalan, radiotelevizion texnikadan foydalanib fuqarolardan sotsiologik sо`rov, hatto, referendum о`tkazish mumkin. Shunday qilib, kompyuterlar ayrim kishilarning irodasidan mustasno holda yechimlarga kelishning imkonini beradi. Ushbu yechimlar adolatli va okilona bо`ladi.
5. Davlatning bundan keyingi rivojini bashorat qiluvchi nazariyalar orasida «Konvergensiya nazariyasi» ajralib turadi. U XX asrning 50-60 yillarida paydo bо`lgan (D. Gelbreyt, R. Aron, P. Sorokin asarlari). Ushbu nazariyaning moxiyati — insoniyatning x;ozirgi davrdagi rivojlanish bosqichidagi ikki tizim, ya`ni Fap6 —AQSH, Angliya va boshqa davlatlarning sotsialistik lager mamlakatlari bilan о`zaro ta`sirida vujudga kelganligidir. Natijada har bir guruh bir-biridan yaxshi tomonlarni qabul qilib, davlatlarning mohiyatiga, uyushishiga, faoliyat shakllariga va hokazolarga kо`ra yaqinlashuvi yuz beradi. Bu shunga olib keladiki, muayyan vaqtdan sо`ng ular orasidagi tafovut deyarli yо`qoladi va bir xildagi «postindustrial davlatlar» — «umumiy farovonlik» davlatlari paydo bо`ladi.
Mazkur nazariya mualliflarining bashoratlarini tо`g`ri deb baholash mumkin, zero uning aksariyat g`oyalari hozirgi hayotda о`zining tasdig`ini topdi.
6. Davlatning tarixiy-materialistik nazariyasi. Bu nazariya davlat mavjudligi va rivojining kо`pgana jihatlarini tahlil etadi. Ushbu nazariya zaminida tarixiy materializm va sinfiy g`oyar yotdi. Davlat iqtisodiy hukmron sinfining hokimiyat quroli sifatida talqin etiladi.
Davlatning xususiyatlari, eng avvalo, jamiyatning muayyan bosqichdagi iqtisodiy rivojlanishi bilan belgilanadi. Maqsad — sotsialistik, sо`ngra kommunistik jamiyatni qurish, davlatning pirovard taqdiri esa uning kommunistik jamiyat qurishi bilan barham topishidir.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling