Davlat tuzumi[
Download 42.04 Kb.
|
1 2
Bog'liqИталия
Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Italiya munosabatlari
Italiya (italyancha: Italia), rasman Italiya Respublikasi, Evropaning janubida Appenin yarim oroli va O'rta dengiz havzasida joylashgan eng yirik orollar, Sitsiliya va Sardiniya orollarini o'z ichiga oladi. Italiya o'zining shimoliy chegaralarini Alp tog'lari orqali Frantsiya, Shveytsariya, Avstriya, Sloveniya bilan bo'lishadi. Undan tashqari Italiya hududida San Marino va Vatikan mustaqil davlatlari joylashgan. Italiya juda uzoq va buyuk tarixga ega. U er Etruriya va Rim kabi ko'plab Evropa madaniyatlarining beshigi sanaladi, keyinchalik Buyuk Evropa Renesansi ham aynan Italiyada boshlangan. Italiyaning poytaxti Rim shahri G'arb tsivilizatsiyasining o'choqlaridan biridir, shu bilan birga u Katolik Cherkovining markazi hisoblanadi. Bugungi kunda Italiya demokratik respublika bo'lib, YaIMning hajmi bo'yicha 7-o'rinda, aholining turmush darajasi bo'yicha jahonda 8-o'rinda turuvchi rivojlangan mamlakatdir. Italiya hozirgi Evropa Ittifoqining ilk ta'sischi 6 mamlakatidan biridir (1957-yil imzolangan Rim Bitimi), shuningdek u Buyuk Sakkizlik (G8) mamlakatlari, Evropa Kengashi, G'arbiy Evropa Ittifoqining a'zosi sanaladi. 2007-yil 1-yanvardan Italiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Havfsizlik Kengashining a'zosi hisoblanadi. Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash] Italiya Evropaning janubida joylashgan etiksimon Appenin yarim oroli, Sitsiliya (9.926 km2), Sadrina (9.301 km2), Elba va ko'plab mayda orollardan tashkil topgan bo'lib, 301.323 km2 maydonni egallaydi. Shimoli-sharqdan janubi-g'arbga 1,145 km uzunlikka ega. Italiyaning shimoliy chegaralari Monte-Servino (4.478 m), Monte-Roza (4.634 m) kabi osmno'par cho'qqili Alp tog'lari bilan o'ralgan. Uning eng baland nuqtasi Italiya, Fransiya, Shveytsariya chegarasida joylashgan Mon Blank cho'qqisi hisoblanib, 4.810 metrni tashkil qiladi. Alp tog'lari va Appenin yarim oroli orasida Po daryosi bilan keng Lombardiya tekisligi joylashgan. Italiya o'zining vulqonlari bilan ham mashhurdir: Etna – Evropadagi eng katta harakatdagi vulqon. Undan tashqari Vulkano, Stromboli va Vezuvi vulqonlari ham Italiya vulqonlaridir. Italiyada daryolarga juda boy, ulardan Po va Adige eng mihimlaridir. Po daryosi 652 km uzunlikda bo'lib, shundan 480 km joyida kema qatnovi yo'lga qo'yilgan. Adige daryosining uzunligi 410 kmni tashkil qiladi. Ularning ikkovi ham g'arb tomonga oqadi va Adriatika dengiziga quyiladi. Italiya daryolari ko'p bulishiga qaramasdan mayda va sayozdir. Italiyaning shimoliy qismida ham yarim orol qismida ham bir qancha ko'llar bor. Garda, Magiore, Komo, Trasimeno shular jumlasidandir. Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash] Italiyaning iqlimi juda o'zgaruvchan va boshqa O'rta er dengizi malakatlarinikidan farq qiladi. Shimoliy hududlar, Turin, Milan, Bolonyada iqlim nam subtropikdir. Sohilbo'yi mintaqalarida ichki balandlik va vodiylardan iqlim o'zgachadir, ayniqsa qish oylarida yumshoq va iliq havo, yozda esa quruq va ancha issiq ob-havo hukmrondir. Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash] ISTAT (Italiya Statistika Qo'mitasi)ning so'ngi baholashiga ko'ra 2007-yilning fevral oyi holatiga Italiyada aholisi 59.206.382 kishini tashkil qiladi. Italiya aholi soni bo'yicha Evropada to'rtinchi (Germaniya, Frvntsiya va Buyuk Britaniyadan so'ng), jahonda 22-o'rinda turadi. Aholi sonining o'sishi asosan immigrantlar va 79,81 yilni tashkil qiluvchi o'rtacha hayot uzunligining o'sishi bilan bog'liq. Aholi zichligi bo'yicha Italiya bir kvadrat kilometrga 196 kishi bilan Evropada beshinchidir. Savodxonlik ko'rsatkichi 98% ni tashkil qiladi, majburiy maktab ta'limi 6 yoshdan 18 yoshgachadir. Butun aholining taxminan 2/3 qismi shaharlarda yashaydi, lekin ushbu ko'rsatkich boshqa g'arbiy Evropa mamlakatlaridan ancha kamdir. Viloyat, Provinsiya va Munitsipalitetlari[tahrir | manbasini tahrirlash] Italiya 20 ta viloyatga (regione) bo'lingan. Ulardan beshtasi mahalliy qonunchilikka o'zgartirish kiritish huquqiga ega bo'lgan maxsus avtonom viloyat maqomiga ega. Ular o'z navbatida 109 provintsiya (province) va 8.101 munitsipalitetdan (comuni) tashkil topgan. Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash] Xalqaro Valyuta Fondining ma'lumotlariga ko'ra 2006-yil Italiyaning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi 1.852.585 AQSh dollarni tashkil qilgan va bu ko'rsatkich jahon mamlakatlari orasida 7-o'rinni egallaydi. Iqtisodiyotni strukturaviy jihatdan sanoat mahsulotlari 29%, xizmatlar 69% va qishloq xo'jaligi 3% ni tashkil qiladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining ma'lumotiga ko'ra Italiya 2004-yilda sanoat mahsulotlari eksporti bo'yicha 6-o'rinni egallagan. Shimolda kapitalistik iqtisodiyot sanoatga ixtisoslashgan xususiy kompaniyalardan tashkil topgan bo'lsa, janubiy qismlarda qishloq xo'jaligi rivojlangan. Italiyada Mafiya mamlakat iqtisodiyotida katta ulushga ega, va bu 127 milliard AQSh dollarini tashkil etadi; uyushgan jinoyatchilik Italiya YaIMning 7% ni tashkil qiladi. Xom ashyoning katta qismi va energiya tashuvchilarining qariyb 75% import qilinadi. So'nggi o'n yillikda Iqtisodiyot va Valyuta Ittifoqi talablariga binoan Italiya qattiq fiskal siyosat olib bordi va kichik inflyatsiya ko'rsatkichiga ega bo'ldi. 1999-yil Evro tadbiq etilishi bilanoq Italiya uni qabul qildi. Download 42.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling