Davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish


Download 1.3 Mb.
bet28/112
Sana19.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1364438
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112
Bog'liq
Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se (2)

Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va hokazolar. "Toza rux" 4200S temperaturani hosil qilishda ishlatiladi.
O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi.
Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda tutishimiz lozim bo‘ladi:
Ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish etaloni, nusha etalon, ikkilaamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va davlat etaloni.
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o‘lchovlar etalonlardeb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda qo‘llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi.
O‘lchash asbobi deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqarishga muo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi.
Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi: Shkalali o‘lchash vositalari;
Raqamli o‘lchash vositalari; O‘ziyozar o‘lchash vositalari.




    1. rasm. O‘ziyozar asboblar

a) uzluksiz yozuvli o‘ziyozar asbob; b) nuqtali o‘ziyozar asbob.


Takrorlash uchun savollar.

  1. O‘lchashga ta’rif keltiring va uni izohlab bering.

  2. O‘lchash obektlariga misollar keltiring.

  3. O‘lchashlarning qanday turlari bor. Ularga misollar keltiring.

  4. O‘lchash usullariga izoh bering.

  5. O‘lchov va o‘lchash asboblarining farqi qanday?

  1. Download 1.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling