Davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish


Download 1.3 Mb.
bet24/112
Sana19.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1364438
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   112
Bog'liq
Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se (2)

Xalqaro birliklar tizimining kogerent hosilaviy birliklarini to’zish qoidalari

Xalqaro birliklar tizimining kogerent hosilaviy birliklari (keyinchalik hosilaviy birliklar) odatda kattaliklarni bog‘laydigan sonli koeffitsiyenti 1 ga teng bo‘lgan oddiy tenglamalar (aniqlaydigan tenglamalar) orqali to’ziladi. Hosilaviy birliklarni hosil qilish kattaliklarni bog‘laydigan tenglamalarda kattaliklar belgilarini SI birliklarining belgilari bilan almashtirish orqali amalga oshiriladi.


Misol - Tezlik birligi mo‘g‘pu chiziqli va bir tekis harakatlanuvchi
v s ,
t
bu yerda v - tezlik;
s -o‘tilgan yo‘lning uzunligi;
t - moddiy nuqtaning harakatdagi vaqti.
S va t o‘rniga ularning SI birliklari qo‘yilsa, quyidagi tenglama chiqadi:


[v]=[s]/[t]=1 m/s
Binobarin, SI tizimida tezlik birligi sekundiga metr. U, 1 s vaqtda nuqta 1 m masofaga siljiydigan to‘g‘richiziqli va bir tekis harakatlanuvchi moddiy nuqtaning tezligiga geng.
Agar bog‘lanish tenglamasi 1 dan farqqiluvchi son koeffitsiyentga ega bo‘lsa, unda SI kogerent hosila birliginihosil qilish uchun, SI birliklarining shunday son qiymatlari tanlab olinadiki, uni o‘ng qismidagi koeffitsiyentga ko‘paytirilishi natijasida umumiy son qiymatibirga teng bo‘lishi kerak.
Misol - Agar energiya birligini hosil qilishuchun
E 1 mv2
2
tenglama ishlatilsa,
bu yerda YE- kinetik energiya; t - moddiy nuqta massasi;
v-moddiy nuqtaning harakatlanish tezligi,
u xolda SI tizimidagi kogerent energiyasining birligini hosil qilish uchun quyidagi tenglamadan foydalaniladi.

[ E ] (
1 ) ( 2[ m] [ v] 2 ) (
2
1 ) ( 2 kg )( 1m / s )2
2

1kg m / s 2 m 1 N m I J
yoki

[ E ] 1 [ m]( 2
2 [ v])2 1 ( 1 kg )(
2
2 m / s )2

1kg m / s2 m 1 N m I J
Shunday qilib, SI tizimida energiya birligi joul bo‘ladi (nyuton metrga teng). Ko‘rsatilgan misollarda u massasi 2 kg va harakat tezligi - 1 m/s yoki

massasi 1 kg va harakat tezligi - energiyasiga teng.
m/sharakatlanuvchi jismning kinetik



Takrorlash uchun savollar.

    1. SI birliklar tizimi haqida so‘zlab bering.

    2. O‘lchash birliklariga qo‘shimchalar deganda nimani tushunasiz?

    3. O‘lchash birliklarini yozishda nimalarga e’tibor berish lozim?

  1. MA’RUZA. O‘LCHASHLARNING TURLARI VA USULLARI.
REJA:

  1. O‘lchashlarning usullari va turlari.

  2. O‘lchash vositalari va ularning turlari.

  3. O‘lchash asboblari



Tayanch so‘zlar: o‘lchash obekti, o‘lchash usuli, o‘lchash vositasi, o‘lchov, o‘lchash asbobi.
O‘lchashlarning usullari va turlari

Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘lchash amali bilangina topish mumkin, ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki. unda o‘lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan, miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi.
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o‘lchash bu har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir; uchinchidan - o‘lchash jarayonida o‘lchanadigan kattalikning o‘lchov birligi ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan kattalik bilan uning o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) nisbatni topishdir. YA’ni, o‘lchash jarayonida o‘lchashdan ko‘zda tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik, bu shunday asosiy kattalikki, uni aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maksadi xisoblanadi va o‘lchash obekti ishtirok etadi. O‘lchash obekti (o‘lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan kattalik solishtiriladi.
Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o‘lchash, o‘lchash jarayoni va o‘lchash usuli.
O‘lchash - bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.
O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin).
O‘lchash usuli esa - bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida, o‘lchash vositalari yordamida va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir.
O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida bevosita o‘lchash obekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jarayeni yordamida esa shu o‘lchash obekti to‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik kayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi.
O‘lchash natijasi - o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi.
X=n[x], bu yerda X — o‘lchanadigan kattalik n — o‘lchanayotgan kattalikning qabul . kilingan o‘lchov birligidagi son kiymati; [x] — o‘lchash birligi
O‘lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan o‘lchash natijalari o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik boshqarish tizimlariga berilishi mumkin. Shuning uchun, keyingi paytlarda, ayniqsa, kibernetika sohasidagi mutaxassislarda o‘lchash haqidagi tushuncha quyidagicha ta’riflanadi.
O‘lchash — bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va o‘zgartirish jarayonidir. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad shu o‘lchanayotgan kattalikning ishlatish, o‘zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay formadagi ifodasini ishlab chiqishdir.
O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k.
O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yo‘llari) mavjuddir. Quyida shu yo‘llar bilan tanishib chiqamiz.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling