Navoiy davlat konchilik institute


Download 96.38 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi96.38 Kb.
#1089497
Bog'liq
Navoiy davlat konchilik institute


Navoiy davlat kon-metallurgiya konbinati
Navoiy davlat konchilik instituti
Energo-mexanika fakulteti
Mustaqil ish
Guruh:11a-20 TJA
Bajardi:Toshmatov H
Tekshirdi: Sodiqov B
Metrologiya va Standartlashtirish fanidan
Mavzu: O’lchashlarda xatoliklar va ularning turlari
Reja:
1. O’lchashlar haqida tushuncha.
2. O’lchash xatoliklari.
3. O’lchash xatoliklari turlari.
O’lchash deb shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o‘lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi.
Birinchidan, o‘lchash bu har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir; uchinchidan - o‘lchash jarayonida o‘lchanadigan kattalikning o‘lchov birligining ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan kattalik bilan uning o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) nisbatni topishdir
O‘lchash ob’ekti (o‘lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan kattalik solishtiriladi. SHunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o‘lchash, o‘lchash jarayoni va o‘lchash usuli.
O‘lchash - bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.
O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin).
O‘lchash usuli esa - bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida, o‘lchash vositalari yordamida va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir.
O‘lchash natijasi - o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi.
O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k.
O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yo‘llari) mavjuddir. Quyida shu yo‘llar bilan tanishib chiqamiz.
O’lchash xatoliklari turlari
Nisbiy xatolik
Absolyut xatolik
Keltirilgan xatolik
O‘lchash natijasi bilan o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farq o‘lchash xatoligi deyiladi.
O‘lchanayotgan kattalik birliklarida ifodalangan o‘lchash xatoligi o‘lchashning mutlaq xatoligi deyiladi:
∆X=X-Xh
Asosan 3 ta o’lchash xatoligi bor
Mutlaq xatolik kattaligining haqiqiy qiymatiga nisbati nisbiyxatolik deb ataladi. Nisbiy xatolik orqali o‘lchashning aniqlik darajasiniifodalash juda qulay.
SHunday qilib, nisbiy xatolikni hisoblashda mutlaq xatolikning asbobning ko‘rsatishiga nisbatini olish mumkin. Nisbiy xatolik % larda ifodalanadi.
Kattalikning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun o‘lchov asbobinnng ko‘rsatishiga tuzatish kiritiladi. Uning son qiymati teskari ishora bilan olingan mutlaq qiymatga teng
T=Xh-Xk yoki T=-∆X
Asbobning xatoligi shkala diapazonining foizlarida ifodalanadi. Bunday xatoliklar keltirilgan xatolik deyiladi va mutlaq xatolikning asbob o‘lchash chegarasiga nisbatiga teng, ya’ni
bu erda, N — asbobning o‘lchash chegarasi.

Atrof-muhiting normal holati deb 20°S harorat va 101325 N/m2 (760 mm sim. ust) atmosfera bosimi qabul qilingan. Atrof-muhiting normal holati deb 20°S harorat va 101325 N/m2 (760 mm sim. ust) atmosfera bosimi qabul qilingan.
O‘lchov asboblarining sifati ularning xatoliklaridan tashqari asboblar variatsiyasi, sezgirligi va sezgirlik chegarasi bilan xarakterlanadi.
Bundan tashqari bir necha 2-darajali o’lchash o’lchash xatoligi bor
Muntazam xatolik deyilganda faqat bitta kattalikni qayta-qayta o‘lchaganda o‘zgarmas bo‘lib qoladigan yoki biror qonun bo‘yicha o‘zgaradigan o‘lchash xatoligi tushuniladi. Ular aniq qiymat va ishoraga ega bo‘ladi, ularni tuzatmalar kirtish bilan yo‘qotish mumkin.
O‘rnatish xatoligi o‘lchov asbobi strelkasining shkala boshlang‘ich belgisiga noto‘g‘ri o‘rnatilishi natijasida yoki o‘lchash vositasini e’tiborsizlik bilan, masalan, vertikal yoki gorizontal bo‘yicha o‘rnatilmasligi natijasida kelib chiqadi.
O‘ziyozar asboblar
a) uzluksiz yozuvli o‘ziyozar asbob; b) nuqtali o‘ziyozar asbob.
Adabiyotlar:
1. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish (N.R. Yusupbekov, B.I. Muhammedov,
SH.M. G’ulomov)
2. Metrologiya va standartlashtirish UUM
Download 96.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling